Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 85 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) huquqshunoslik B) geografiya C) geometriya D) adabiyotshunoslik 2 / 10 2. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. B) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. C) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. D) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. 3 / 10 3. Qaysi qatorda qo`shma gap qismlari bog`lovchi vazifasidagi vosita orqali bog`langan? A) Agar vijdoning toza bo`lsa, hech kim seni yo`ldan ozdira olmaydi. B) Biz qiynalib dalaga bug`doy sepamiz, qushlar esa osonlik bilan ularni terib yeydi. C) Do`st bilan obod uying, gar bo`lsa u vayrona ham. D) Ko`kda na yulduz bor, na bir bulut bor. 4 / 10 4. Hammadan balanddir ona mansabi. Yuqoridagi gapdagi gap bo`laklari tartibini toping? A) ega, aniqlovchi, ega kesim B) to`ldiruvchi, kesim, aniqlovchi, ega C) to`ldiruvchi, kesmi, ega, ega D) ega, kesim, aniqlovchi, ega 5 / 10 5. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 6 / 10 6. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 7 / 10 7. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) monitoring B) menejment C) strategiya D) menejer 8 / 10 8. Berilgan so`zlardan qaysilari qo`shib yoziladi? 1) dev sifat: 2) liq to‘la: 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 5 D) faqat 1 9 / 10 9. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) vergul D) tire 10 / 10 10. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) ..il-..il, sho‘.. B) su..bat, ..il-..il C) ba..t, ogo.. D) no’..at, ..ayot 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29