Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 93 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) huquqshunoslik B) adabiyotshunoslik C) geometriya D) geografiya 2 / 10 2. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? A) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo`ladi. B) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. C) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 3 / 10 3. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta 4 / 10 4. Qaysi qatorda qo`shma gap qismlari bog`lovchi vazifasidagi vosita orqali bog`langan? A) Do`st bilan obod uying, gar bo`lsa u vayrona ham. B) Biz qiynalib dalaga bug`doy sepamiz, qushlar esa osonlik bilan ularni terib yeydi. C) Ko`kda na yulduz bor, na bir bulut bor. D) Agar vijdoning toza bo`lsa, hech kim seni yo`ldan ozdira olmaydi. 5 / 10 5. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) menejment B) menejer C) strategiya D) monitoring 6 / 10 6. Eldor bu xabarni eshitib dami chiqmadi. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) hech narsa demadi, indamadi. B) qo`rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo`lib qoldi. C) oshkor bo`lishdan qo`rqib gapirmadi. D) bir so`z ham ayta olmay qoldi. 7 / 10 7. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. B) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. C) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. D) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. 8 / 10 8. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) vergul C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 9 / 10 9. Berilgan so`zlardan qaysilari qo`shib yoziladi? 1) dev sifat: 2) liq to‘la: 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) faqat 1 D) 1, 3, 5 10 / 10 10. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) no’..at, ..ayot B) ..il-..il, sho‘.. C) ba..t, ogo.. D) su..bat, ..il-..il 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29