Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular testlar InfoMaster Aprel 11, 2022 2885 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 13 15 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular yuzasida testlar 1-mavzu.ZOOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFALARI 2-mavzu.HAYVON ORGANIZMINING TUZILISHI,HAYVONLARNI KLASSIFIKATSIYA QILISH. 3-mavzu.SOXTA OYOQLILAR SINFI. 1 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) bir hujayralilar tipi,infuzoriyalilar sinfi B) bir hujayralilar tipi,xivchinlilar sinfi C) bir hujayralilar tipi,soxta oyoqlilar sinfi D) bir hujayralilar tipi,sporalilar sinfi 2 / 50 Qaysi olimlar umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish asosida katta tadqiqotlar olib borishgan? A) M.A.Sultonov, A.T.To‘laganov B) V.V.Yaxontov, R.O.Olimjonov C) barcha javoblar to‘g‘ri D) A.M.Muhammadiеn,S.N. Alimuhamеdov 3 / 50 Hayvon hujayralari qanday shakillarda bo’lishini ko’rsating1.kubsimon 2.yumaloq 3.yulduzsimon 4.duksimon 5.to’g’ri to’rtburchakli6.tuksimon 7.kiprikli 8.ko’p qirrali 9.cho’ziq A) 1.2.6.7.8 B) 3.4.5.6.7.8.9 C) 1.2.3.4.7 D) 2.3.4.6.7.8.9 4 / 50 O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti, leyshmaniya kabi parazit hayvonlarning tugatilishiga qaysi olimlarning tadqiqotlari asos bo‘ldi? A) J.A.Asimov, M.A.Sultonov B) D.N.KashKarov,V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov C) D.N.Kashkarov, V.V.Yaxontov D) L.M. Isayev, P.F.Borovskiy 5 / 50 Amyob qachon sista hosil qiladi1.sovuq tushganda 2.kislorod yetishmaganda 3.havo soviganda 4.suv qurib qolganda A) 1.2 B) 1.4 C) 2.3 D) 3.4 6 / 50 1-raqam bilan ko’rsatilgan hujayra mansub bo’lgan to’qimaga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. A) Yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. B) Alohida hujayralar va organlar oralig‘ini to‘ldirib turadi. C) Qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul tolalardan iborat. D) Zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. 7 / 50 O‘rta Osiyo hududida uchramaydigan (a) va asosan shu hududda tarqalgan (b) hayvonlarni juftlab ko‘rsating? 1)ingichka barmoqli qo‘shoyoq 2) ko‘k sug‘ur 3) triton 4) soxta kurakburun 5) salamandra A) a-3,5 b-1,2,4 B) a-1,3,4 b-2,5 C) a-2,5 b-1,3,4 D) a-1,2 b-3,4,5 8 / 50 Biriktiruvchi to’qimaning suyuq…(1),tig’iz…(2), va g’ovak…(3), xillari mavjud a.parenxima b.pay c.qon d.suyak e.tog’ay A) 1.c 2.d 3.b B) 1.c 2.d.e 3.a C) 1.c 2.b 3.a D) 1.c 2.b.d.e 3.a 9 / 50 Qaysi olimlar umurtqali hayvonlarni o’rganishgan A) Isayev. Borovskiy B) Azimov. Yaxontov C) Kashkarov D) Zohidov. Bogdanov 10 / 50 Kremniy skeletli sodda hayvonni aniqlang. A) ichburug amyobasi B) foraminifera C) nursimonlar D) nozema 11 / 50 5-raqam bilan ko’rsatilgan hujayra mansub bo’lgan to’qimaga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. A) Qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul tolalardan iborat. B) Alohida hujayralar va organlar oralig‘ini to‘ldirib turadi. C) Zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. D) Yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. 12 / 50 Noqulay sharoitda amyoba nima hosil qiladi? A) spora B) finna C) kapsula D) sista 13 / 50 Qushlar, ko’rshapalaklar va baqalarning o’xshashlik xususiyatlarini belgilang A) o’rmon va qishloq xo’jalik zararkunadalarini qirib foyda ketiradi B) issiq qonli C) qanotining bo’lishi D) sovuq qonli 14 / 50 Og’irligi 150 tonna bo’lgan hayvon nechanch raqam bilan ifodalangan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 15 / 50 O’simliklarning hayvonlardan farqli tomonini toping1.tayyor oziqa bilan oziqlanmaydi balki o’zlari fotosintez qilishadi 2.hujayralardantashkil topganligi 3.hujayralarning kimyoviy tarkibi ham o’zaro o’xshash 4.po’sti qalin bo’lishi 5.faol harakatlanishi 6.yashil rang beruvchi xloroplastlar bo’lishi A) 1.4.5.6 B) 1.6.4 C) 1.2 D) 2.3 16 / 50 Dеngizlarda uchraydigan sodda hayvonlarni bеlgilang. A) forominifеra, nursimon soxta oyoqlilar B) oddiy amyoba, infuzoriya, bezgak paraziti C) leyshmaniya, triponosoma D) oddiy amyoba, evglеna 17 / 50 Hayvont olamidagi eng yuqori sistematik guruh A) tip B) fauna C) sinf D) ajdod 18 / 50 O’rta Osiyo hududida tarqalgan bo’lib, boshqa o’lkalarda deyarli uchramaydigan baliqlarni toping 1.orol bakra balig’i 2.soxta kurakburun baliq 3.ingichka barmoqli qo’shoyoq 4.ko’k sug’ur 5.turkiston agamasi 6.turkiston gekkoni 7.qum bo’g’ma iloni A) barcha javoblar to’g’ri B) 1.2 C) 7.3.5 D) 3.4.1.6 19 / 50 Qaysi to’qima tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan ta’sirni qabul qilish, o’tkazish va ularga javob berish vazifasini bajaradi A) nerv B) muskul C) epiteliy D) biriktiruvchi 20 / 50 Qon so’ruvch hashorotlar va kanalar qanday kasalliklarni odamlarga yuqtiradi A) vabo, sil, bezgak B) o’lat, bug’ma, vabo C) qorin tifi va ichburug’ D) o’lat, terlama, bezgak 21 / 50 Yunon…(1), golland…(2), shved…(3), ingliz…(4), olimlarini ko’rsatning a.Anton Levenguk b.Arastu c.Charlz Darvin d.Karl Linney A) 1.b 2.c 3.d 4.a B) 1.b 2.a 3.d 4.c C) 1.b 2.d 3.a 4.c D) 1.b 2.d 3.a 4.c 22 / 50 Ichak qanday xildagi to’qimlardan tashkil topgan1.muskul 2.nerv 3.biriktiruvchi 4.epiteliy A) 1.2.3.4 B) 4 C) 4.2 D) 1.4 23 / 50 Taroqli hayvon nechanchi raqam bilan ifodalangan? A) 7 B) 8 C) 5 D) 6 24 / 50 Soxta oyoqlilar uchun xos bo`lgan belgilar ?1) qattiq hujayra qobig`i bo`lmaydi 2) shakli o`zgaruvchan 3) tanasi duksimon4) tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan 5) soxta oyoqlar hosil qiladi 6) asosanjinsiy ko`payadi A) 1,2,3. B) 1,2,5. C) 4,5,6. D) 1,2,6. 25 / 50 Ichburug’ amyobasi kimda parazitlik qiladi? A) odam va sutemizuvchilarda B) odam, sutemizuvchi, qushlarda C) odam va umrtqalilarda D) faqat odamda 26 / 50 Hayvonlar sistematikasiga asos slogan olimni ko’rsating. A) Karl Linney B) Arastu C) Anton Levenguk D) Kashkarov 27 / 50 Mamlakatimizda quyida bеrilgan hayvonlarning nechtaga yaqin turlari tarqalgan? 1) baliq; 2) suvda ham quruqlikda yashovchilar; 3) sudralib yuruvchilar; 4) hasharotlar a) 11000 dan ortiq; b) 60 ga yaqin; g) 4ta; d) 70 ga yaqin; e) 3 ta; j) 972 ga yaqin A) 1-b; 2-g; 3-d; 4-j B) 1-j; 2-b; 5-d; 4-g C) 1-g; 2-b; 3-d; 4-j D) 1-d; 2-е, 3-b; 4-a 28 / 50 Sodda hayvonlar tipiga qaysi sinflar kiradi ?1) soxta oyoqlilar 2) poliplar 3) meduzalar4) xivchinlilar 5) infuzoriyalilar6) qorinoyoqlilar 7) sporalilar A) ,2,3,6. B) 1,2,5,7. C) 1,4,5,6. D) 1,4,5,7. 29 / 50 Amyobaning ko’payishida qanday jarayonlar kuzatiladi ?Ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.a) yadro hajmi ortadi b) yadro qobig’i yemriladi c) yadro qismlari hujayraning ikki tomoniga teng taqsimlanadi d) hujayraning ikki tomonida yadro hosilbo’ladi e) amyoba tanasi cho’ziladi va ikkiga bo’linadi f) yadro hajmi kamayadij) yadro qobig’i qalinlashadi k) yadro va amyoba tanasi barobar cho’ziladi vaikkiga bo'linadi l) hosil bo'lgan hujayralarda qo'shimcha yadro hosil bo'ladi A) a, c, d, k, l B) f, j, k, b C) a, b, c, d, e D) f, j, k, l 30 / 50 Qaysi sinf vakillari tanasining shakli doimiy bo`lmaydi ? A) soxta oyoqlilar. B) infuzoriyalar. C) xivchinlilar. D) sporalilar. 31 / 50 Amyoba organoidlari va ularning vazifasini juftlab ko`rsating ?1) soxta oyoqlari 2) yadro hazm vakuola 4) qisqaruvchi vakuola ortiqcha suv, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan mahsulotlarni chiqarish b) harakatlanish, oziqni qamrab olish c) hazm qilish d) ko`payishda ishtirok etish A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a. C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d. D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b. 32 / 50 Bir hujayralilar tipi qanday sinflarga bo’linadivchinlilar 1.xivchinlilar 2.sporalilar 3.infuzoriyalilar 4.soxta oyoqlilar A) 1.3.4 B) 1.2.3 C) 1.4 D) 1.2.3.4 33 / 50 Qaysi hayvon soxta oyoqlari bilan harakat qiladi ? A) volvoks. B) amyoba. C) tufelka. D) yashil evglena. 34 / 50 Biriktiruvchi to’qima organlarni o’zaro bog’lash…(1), kislorod va oziq moddalarni tashish…(2), zaxira oziq moddalar to’plash…(3), tayanch…(4), vazifasini bajaradia.parenxima b.qon c.pay d.suyak e.tog’ay A) )1.c 2.b 3.a 4.d.e B) 1.c 2.b.a 3.a 4.d.e C) 1.c 2.b 3.b 4.d.e D) 1.c 2.b 3.d 4.d.e 35 / 50 Amyoba tanasidan ortiqcha suv va zararli moddalar qaysi organoid ishtirokida chiqarib yuboriladi ? A) qisqaruvchi vakuolalar B) soxta oyoqlar C) hazm vakuolalari D) anal teshigi 36 / 50 Suv hayvonlari uchun xos bo’lmagan xususiyatlarni toping1.gavdasi suyir shakilda 2.oyoqlari yaxshi rivojlangan 3.oyoqlari eshkakka aylangan 4.tanasi yapaloq A) 3.4 B) 2.4 C) 1.2 D) 1.3 37 / 50 Moslikni toping va juftlab yozing 1.19 asrda 2.16-17 asrda 3.18 asrda a.hayvonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o’rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi b.Ch. Darvin hayvonlarni o’rganish orqali o’zining olamshumul evolutsion ta’limotini yaratdi c.Anton Levenguk mikroskopda ko’rinadigan hayvonlarni kashf etdi d.Karl Linney hayvonlarni sistematikaga solib o’rganishni taklif etdi A) 1.a 2.c.b 3.d B) 1.a 2.c 3.d.b C) 1.a.b 2.c 3.d D) 1.b 2.c 3.d.a 38 / 50 Qaysi javoblar bir hujayralilar sinfiga mos keladi ? A) murakkab tuzilgan. B) hujayralar yirik. C) mustaqil oziqlanish, o`sish va ko`payish xususiyatlariga ega. D) tanasi bitta hujayradan iborat mustaqil oziqlanish, o`sish va ko`payish xususiyatlariga ega 39 / 50 Karl Linney hayvonlarni qandaysistematik guruhlarga solib o’rganishni taklif qilgan1.tur 2.urug’ 3.oila 4.turkum 5.sinf 6.tip A) 1.2.4.5 B) 1.2.3.4.5.6 C) 1.2.3.4.5 D) 1.2.3.5 40 / 50 Ohak chig'anoqli soxta oyoqlilar vakilini aniqlang. A) nursimonlar B) foraminifera C) nozema D) ichburug' amyobasi 41 / 50 Quyida 4-rasmda keltirilgan organoidga xos bo’lgan ma’lumotni toping A) ortiqcha moddani chiqarib tashlaydi B) hujayra ichidagi bosimni meyorga soladi C) bo’linishni ta’minlaydi D) hazm qilish funksiyasiga ega 42 / 50 Bir hujayrali hayvonlarni kim kashf etgan? A) Arastu B) A. Levenguk C) R. Guk D) K. Linney 43 / 50 Rasmda organizmni noqulay sharoitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradigan to’qima hujayralari qaysi raqamlar bilan ifodalangan? A) 1,2,3 B) 4,5,6 C) 2,3,4 D) 5,6,7 44 / 50 Hayvonlarning o’simliklarga o’xshash tomonini ko’rsating1.tayyor oziqa bilan oziqlanishi 2.hujayralardan tashkil topganligi 3.hujayralarning kimyoviy tarkibi ham o’zaro o’xshash 4.po’sti yupqa bo’lishi 5.faol harakatlanishi 6.yashil rang beruvchi xloroplastlar bo’lmasligi A) 3.4 B) 1.2 C) 2.3 D) 1.4.5.6 45 / 50 Amyobaning soxta oyoqlari deganda nimani tushunasiz ? A) tana qoplovchi qobiqning o`simtasi. B) sitoplazma oqimi hisobiga hosil bo`lgan o`simta. C) sitoplazma membranasining o`simtasi. D) sitoplazmaning ipsimon o`simtasi. 46 / 50 Umurtqasizlar va umurtqalilar nechta tipdan iborat A) 8 ta, 1 ta B) 1 ta, 20 ta C) 20 ta, 1 ta D) 20 ta, 8 ta 47 / 50 Amyoba shaklini o’zgaruvchan bo’lishiga sabab nima? A) soxta oyoqlar hosil qilishi B) qisqaruvchi vakuolaning o’zgarib turishi C) hujayrasida sitoplazma harakatlanib turishi D) hujayrasi sirtida qattiq qobiq bo’lmasligi 48 / 50 Rasmda qaysi sinfga kiruvchi hayvonning mikraskop ostidagi tasviri ko’rsatilgan? A) ]sporalilar sinflari B) Infuzoriyalar sinfi C) Soxtaoyoqlilar sinfi D) Xivchinlilar sinfi 49 / 50 Qaysi hayvonlarda to’qima va organlar rivojlanmagan A) umurtqasizlarda B) bir hujayralilarda C) bir ko’p hujayralilar va tuban ko’p hujayralilarda D) ko’p hujayralilarda 50 / 50 Amyobalarda oziq moddalar nima ta'sirida hazm bo'ladi ? A) yadro shirasi B) hazm shirasi C) gormonlar D) sitoplazma shirasi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar