Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 6-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 99 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 1 / 25 Qaysi podshoning harakatlari Xudoga xush kelmaydi va bu haqida «... podshohi majoziyni fuqaro yomonlasa, podshohi haqiqiyning achchig‘i kelib, Xudoga malol kelar ekan», deyiladi? A) Odilxon B) Jig‘alixon C) Qovishtixon1 D) Shohdorxon 2 / 25 Qaysi qatorda Alp Er To’nganing o’g’illarining nomi to’g’ri ko’rsatilgan? A) Afrosiyob, Qaz B) Qaz, Barman C) Barman, Barsg’an D) Barsg'an, Qaz 3 / 25 “Qutadg‘u bilig” nomi qanday ma’noni bildiradi? A) “Bilim baxt keltiradi “ B) “Haqiqatlar sovg‘asi” C) “Saodatga eltuvchi bilim “ D) “Baxt kaliti “ 4 / 25 «Qisasi Rabg‘uziy»da qarinchqa Sulaymon payg'ambarning qaysi gapidan keyin unga: «ma'rifat otini min- sang, yaxshiroq bo'lardi, bir soatda Arshga yetar eding», - deb malomat qila- di? A) Dev, parini manga musaxxar qildi B) Yagan so'ngukidan taxt ber C) Yelni tiladimki, manga musaxxar qildi D) Bir yuzuk berdi, qamug' mahlu- qot musaxxar tururlar 5 / 25 Iskandar bacha fanlarni mukammal egallagach, nimani o`rganadi? A) “ Qur’on ” ni B) kamon otishni C) harbiy san’atni D) musiqani 6 / 25 Boburning qaysi she'rida «ko'ngilni tushunmaydigan ulusdan o'zni qutqarish» ohangi mujassam? A) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida C) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida D) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida 7 / 25 Savid Sabohiddin Abdurahmonning “Mo‘g‘iIiv ahd” asarida keltirilishicha, Bobur o‘z diniy e’tiqodini e'zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom qilsa-da, ularga qaysi jihatdan imkon bermas edi? A) harbiy askarlikka olinishi va janglarda qatnashishiga B) davlatda turli xil qarashlami joriy etishiga C) o‘z siyosiy muammolariga doxil bo‘lishlariga D) diniy kurashlaming keltirib chiqarishiga 8 / 25 Ingliz olimi Denison Rossning Bobur haqida bildirgan fikrlarida qo'llanilgan nuqtalar o'miga mos asar nomini qo'ying.«U nazm yo'lida ... atalmish asarini yaratib, shu bilan ko'pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta'limotning muallifi bo'ldi, shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi...» A) «Vaqoye'» B) «Mubayyin» C) «Risolayi volidiya» D) «Tarixi turkiy» 9 / 25 Boburning hukmdor sifatidagi oqilona siyosatini ochib beradigan quyidagi fikrlar muallifi kim?«Bobur nainki mamlakatda siyosiy ahvolni o'zgartirdi, balki saltanatni g'arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi. Kushon rojaliklaridan keyin Afg'oniston va Hindistonning o'zaro aloqalari uzilgan va sobiq «Тигк sultonlari» hukmronligida chegaralar qarovsiz holga tushgan edi. Bobur esa Afg'oniston va Hindiston o'rtasida o'z saltanatini barpo qilib, so'ng o'rtadagi shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma'rifiy markazga aylandi». A) Pirimqul Qodirov B) Denison Ross C) Sayid Sabohiddin Abdurahmon D) N.G'. Nizomiddinov 10 / 25 Ingliz olimi Denison Ross boburning qaysi asarini bequsurlikda yagona hamda jo‘n uslubda yozilgan deb keltiradi? A) “Risolayi volidiya” B) “Devon” C) “Mubayyin” D) “Vaqoye”’ 11 / 25 Boburning qaysi she'rida, ritmik-sintaktik parallelizm hodisasi yuzaga kelib, chiqish kelishigidagi ot, so'ng o'zlik olmoshi, undan keyin izofali birikma, nihoyat fe'lning har ikki misrada bir xil tartibda kelishining o'zi ham ohangdorlikni, musiqiylikni, oxir-oqibat ko'ngillarga huzur beradigan ta'sirchanlikni hosil qiladi? A) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida B) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida C) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida D) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida 12 / 25 Boburning qaysi she'rida «qon yoshim», «sorig' yuzim» ifodalari keltirilgan? A) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida B) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida C) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida D) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida 13 / 25 Xazon vaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ordim, Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Boburning ushbu bavtida qanday san’at qo’llangan? A) irsoli masal B) tanosib C) talmeh D) tashxis 14 / 25 Boburning o’g'li Humoyunga bag'ishlab shariat qonun-qoidaiari haqida bitgan she'riy asarmi ko'rsating A) "Mufassal" B) "Voqeanoma” C) "Mubayyin” D) ''Harb ishi” 15 / 25 Quyidagi ko'chirma qaysi kitobdan olingan?«Aytishlaricha, Bobur juda bahodir sipoh va iqtidorli ilm ahli sirasidan bo'lgan. U hali Afg'onistondalik vaqtidayoq ay rim islohotlarni o'tkazishga qo'l urgan-u, lekin uning natijalari yaxshilik bilan tugamasligini anglagan. Chunki qabilaviy tizimga xos urf-odat va an'analarning ayrim talab-taqozolari kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shu bois и o'z rejalaridan voz kechgan...» A) N.G'. Nizomiddinovning «Boburiylar davri Hindiston turkiy tili va adabiyoti» kitobidan B) Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» kitobidan C) Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitobidan D) Pirimqul Qodirovning «Avdodlar dovoni» kitobidan 16 / 25 Bobur g'azallaridagi qofiyalarning qaysi so'z turkumidan tashkil topganligi uni og'zaki nutqqa yaqinlashtiradi? A) ot so'z turkumidan B) sifat so'z turkumidan C) fe'l so'z turkumidan D) olmosh so'z turkumidan 17 / 25 Bobur lirikasidagi g'azallarning katta qismi necha baytdan tashkil topgan? A) 6 va 7 baytdan B) 8 va 9 baytdan C) 5 va 6 baytdan D) 7 va 8 baytdan 18 / 25 Boburning qaysi she'ridagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog'liq tasvirlar yetakchilik qiladi? A) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalida B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azalida C) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida D) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysida 19 / 25 .Boburning hukmdor sifatidagi oqilona siyosatini ochib beradigan quyidagi fikrlar muallifi kim?«Bobur turkiy she'riyatda Alisher Navoiydangina keyingi o'rinda edi. U sof va nafosatli turkiy da devon tartib etdi... U musiqa va o'zga san'atlarni g'oyatda nozik idrok etardi». A) N.G'. Nizomiddinov B) Denison Ross C) Pirimqul Qodirov D) Sayid Sabohiddin Abdurahmon 20 / 25 Boburning «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azalining birinchi baytida qaysi timsollar orqali inson ruhiyatidagi nozik tebranishlar aks etadi? A) ko'ngil, may B) jon, may C) ko'z, ko'ngil D) ko'ngil, jon 21 / 25 Boburning qaysi g'azalida matla'dagi har ikki misra to'ldiruvchi, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim tarzidagi o'xshash sintaktik tuzilishga ega? A) «Xazon yaprog'i yanglig'» B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» C) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» D) «Ko'pdin berikim, yor-u diyorim yo'qdur» 22 / 25 Boburning qaysi she'ri bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko'rinsa-da, uning mag'iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish mumkin bo'lib, oshiqning o'z yoridan shikoyati bahonasida lirik qahramonning o'z zamoni va zamondoshlariga bo'lgan munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg'onadi? A) «Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!» ruboiysi B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» g'azali C) «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azali D) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» g'azali 23 / 25 Boburning «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida ayriliq onlari qaysi obrazga bog'liq holda tasvirlanadi? A) shamolga B) toshga C) kuzga D) gulga 24 / 25 Ingliz olimi Denison Ross Boburning qaysi asarni tarjima qilganligini ta'kidlaydi? A) «Mubayyin» asarini B) «Risolayi volidiya» asarini C) «Tarixi turkiy» asarini D) «Vaqoye'» asarini 25 / 25 Bobur qalamiga mansub «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azalida umr nimaga o'xshatiladi? A) bog'ga B) oqar suvga C) xazonga D) gulzorga 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz