Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 7-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 94 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: BOBORAHIM MASHRAB 1 / 26 «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi ” dostonida kimning so‘zi yaylovga chiqmadi? «Yaylovga chiqmadi» iborasining ma’nosi qanday? A) Shohdorxonning, chegaradan chiqmadi B) Holmonning, bekor ketmadi C) Holmonning, e’tiborga olinmadi D) Jig‘alixonning, ta’sir qilmadi 2 / 26 "Devoni lug’otit-turk"dan olingan " Erik erni yag’lig’, ermagu boshi qonlig’ " maqoli qanday izohlanadi? A) er kishining labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlig’ B) er kishining labi yog’liq, dangasaning boshi qonlig’ C) erinchoq erning ermagi tang’iq D) tirishqoqning labi yog’liq,erinchoqning boshiq qonlig’ 3 / 26 " Qutadg’u bilig" asari nomini " Baxtga eltuvchi bilim", " Saodatga yo’llovchi bilim" deb tarjima qilish mumkin. Bu asar nomini " Baxtliklanish bilimi" deb kim o’girgan? A) Fitrat B) Qayum Karimov C) Boqijon To’xliyev D) Oybek 4 / 26 «Qisasi Rabg‘uziy»da yozilishicha, shinni, uzumni nima bilan sug'organdan so'ng, paydo bolgan? A) zanjabil bilan B) anjir bilan C) xurmo suvi bilan D) salsabil bilan 5 / 26 Iskandarga kim bo`ysunmay qoladi? A) barchasi B) Kashmir shohi C) Chin xoqoni D) Hind royi 6 / 26 Quyidagi ko'chirma qaysi kitobdan olingan?«Aytishlaricha, Bobur juda bahodir sipoh va iqtidorli ilm ahli sirasidan bo'lgan. U hali Afg'onistondalik vaqtidayoq ay rim islohotlarni o'tkazishga qo'l urgan-u, lekin uning natijalari yaxshilik bilan tugamasligini anglagan. Chunki qabilaviy tizimga xos urf-odat va an'analarning ayrim talab-taqozolari kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shu bois и o'z rejalaridan voz kechgan...» A) Pirimqul Qodirovning «Avdodlar dovoni» kitobidan B) N.G'. Nizomiddinovning «Boburiylar davri Hindiston turkiy tili va adabiyoti» kitobidan C) Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitobidan D) Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» kitobidan 7 / 26 Quyidagi qaysi misrada Mashrab ma'naviy olamining o'zak nuqtasl bo'y ko'rsatlb turibdi deyish mumkin? A) «Soldim tun-u kun nafs itim birla urushni» B) «Ma'rifatnl xonaqosina qadam kelturmisham» C) «Bir xudodin o'zgasi barcha g'alatdur Mashrabo» D) «Qaroqchi qo'rqitar har yerda topsa karvon уolg'iz» 8 / 26 Mashrabning "Hoh inon, hoh inonma" radifli g’azali qaysi shoirning ayni shunday radifli g’azaliga tazmin qilingan? A) Sakkokiy B) Atoiy C) Lutfiy D) Sayfi Saroyi 9 / 26 Mashrabning qaysi she'rida lirik qahramon Yaratganning o'zidan boshqa hamma narsaning xato - g'alat ekanini ta'kidlaydi? A) «Bulbuldayinkim faryod etarman...» B) «Na g'urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...»g'azalidan uramanmi C) «Agar oshiqlig'im aytsam...» D) «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» 10 / 26 Mashrabning xalqimiz orasidagi eng mashhur ijod namunasi qaysi? A) “0‘rtar” radifli g‘azali B) “Xoh inon, xoh inonma” radifli g'azali C) “Qalandar bo‘l” radifli g'azali D) “Ko‘rsat jamoling” g‘azali 11 / 26 Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g'azalidagi qaysi obraz oshiq (solik) qalbida sodir bo'layotgan ilohiy ma'rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador? A) ag'yor B) jonon C) pir D) do'st 12 / 26 Mashrab qalamiga mansub «0'rtar» g'azalining yuqori darajadagi ohangdorlikka ega bo'lgan matla'sini toping. A) Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jon-u jahon o'rtar, Bu ishq sirrin bayon qilsam. taqi ul xonumon o'rtar. B) Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon, Bo'lub besabr-u betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar. C) Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda, Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zabon o'rtar. D) Qayu til birla. ey jono, seni vasfing bayon aylay, Tilim lol-u ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar. 13 / 26 Mashrab qaysi she'rida bir solik (yo'lovchi) sifatida bu uzun yo'lning asosiy bosqichlarini bosib o'tgan solik tilidan «bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq qo'ya» olishini aytadi? A) «Na g'urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...» B) «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» C) «Bulbuldayinkim faryod etarman...» D) «Agar oshiqlig'im aytsam...» 14 / 26 «Otashnafas shoir» sifatida shuhrat qozongan Boborahim Mulla Vali o'gli Mashrab qayerda, qanday oilada tug'ilgan? A) Namanganda, savdogar oilasida B) Namanganda, bo'zchi kosib oilasida C) Farg'onada savdogar oilasida D) Farg'onada, bo'zchi kosib oilasida 15 / 26 Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!Bo'lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Mazkur g’azal bavtida qaysi badiiy san’at qo’Uangan? A) tajnis B) tazod C) tajohuli orifona D) tanosub 16 / 26 Mashrab bir hikmatida “Qaroqchi qo‘rqitar har verda topsa...” nimani voki kimni yolg‘iz, devdi? A) Insonni yolg'iz B) Karvonni yolg‘iz C) Oshiqni yolg‘iz D) Yorni yolg'iz. 17 / 26 Mashrab she'rlarida qo'llangan «lomakon» so'zining ma'nosini toping. A) sermakon B) makonsiz C) nafs makoni D) ishq makonl 18 / 26 Mashrab kimning qo'lida din va falsafa tarixini, fors tilini o'rganadi? A) So'fi Eshon Mavlaviy qo'lida B) So'fi Eshon mullo Bozor Oxund qo'lida C) So'fi Eshon Nasimiy qo'lida D) Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon qo'lida 19 / 26 Mashrabning Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!, g’azalining boshidan oxirigacha qanday holat ustunlik qiladi? A) so‘roq ohangining saqlanishi B) Yorga bo’lgan ishtiyoq C) bir uyada birlashadigan so‘zlar miqdorining ko'pligi D) Xudoga munojot 20 / 26 Mashrabning “Hech ilme siynaga jo bo lmadi takrorsiz” misrasi haqidagi to’g’ri xulosa: A) Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!, g’azalidan olingan B) hayotiy hikmatlar darajasiga yetgan misralaridan C) Na g‘urbatlami chektim charxi bebunyodl dastingdin, muxammasidar. D) Bulbuldayinkim faryod etarman, murabba’sidan 21 / 26 Mashrab qalamiga mansub «0'rtar» g'azalidan olingan quyidagi baytda qo'llanilgan «jovidon» so'zining ma'nosini toping.Bu Mashrab dardini, jonoki, harkim boshig'a sol ma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar. A) go'zal B) makonsiz C) suyak D) abadiy 22 / 26 Mashrab she'riyatning mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba' singari janrlarida ijod qilgan bo'lsa-da, uning shuhratini, ayniqsa, qaysi janrdagi asarlari oshirgan? A) g'azal va murabba'lari B) g'azal va ruboiylari C) g'azal va mustazodlari D) g'azal va muxammaslari 23 / 26 Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma - (Mashrab)Baytning ikkinchi misrasini toping. A) Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma B) Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma C) Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma D) Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma 24 / 26 Mashrab «O‘ttum» radifli g‘azalida nafsni, tanholikni va xomushlikni nimalarga o‘xshatadi? A) mayxona, may, qadah B) kofir, qilich, pichoq C) dunyo, kofir, bolta D) TJY 25 / 26 Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g'azalidagi qaysi baytda ilohiy ma'rlfatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo'qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan? A) Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?! B) Arshning kungurasin ustig'a qo'ydum oyog'im, Lomakondon xabar oldim, bul makonnl na qilay? C) Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, Oshkoro bo'lmasa, sirri nihonni na qilay?! D) Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo'lmasa qoshlmda jonon, bu jahonni na qilay? 26 / 26 Mashrab she’rlarning katta qismida qaysi san’atning yorqin namunalari namoyon bo’Iadi? A) Saj va saraxbori navo B) Tajohuli orifona C) Sahli mumtane D) Raddul-matla 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz