Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy №4 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy №4 InfoMaster May 2, 2024 105 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. B) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. C) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. D) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. 2 / 10 2. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) qaratqich, tushum B) qaratqich, chiqish C) tushum, chiqish D) chiqish, tushum 3 / 10 3. Terakzorlar xushbichim, bog’larda hamma yoq jim. Ushbu gapda nechta so’z turkumiga mansub yasama so’zlar qo’llanganligini aniqlang. A) 5 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta 4 / 10 4. Afsuski, endi men ketaman. Yuqorida keltirilgan gap qaysi so’z turkumlaridan tashkil topgan? A) modal so’z, ravish, olmosh, fe’l B) kirish so’z, ravish, olmosh, fe’l C) undov so’z, hol, ega, kesim D) undov so’z, ravish, olmosh, fe’l 5 / 10 5. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. B) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. C) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. D) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. 6 / 10 6. Imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan so’z qatnashgan gapni toping. A) Fitrat fors shoiri Bedil haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. B) Bulbul Arabiston yarim orolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi C) Metall idishlarda ovqat saqlab yeyish sog’liq uchun zararlidir. D) Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. 7 / 10 7. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ravishdosh B) ot C) fe’l D) ravish 8 / 10 8. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) inshoot, manba B) milliyon, musoboqa C) tanaffus, halol D) suhbat, tamoyil 9 / 10 9. Og’zi qulog’iga yetmoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) saxiylik qilmoq B) beparvo bo’lmoq C) B) og’zi qiyshayib qolmoq D) xursand bo’lmoq 10 / 10 10. Qaysi gapdagi so’zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan. B) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimda o’zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi C) Barmog’ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og’rig’i darrov to’xtaydi. D) U endi podshoning topshirig’ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29