Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy №4 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy №4 InfoMaster May 2, 2024 105 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. B) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. C) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. D) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. 2 / 10 2. Qaysi gapdagiso’zlarning barchasi o’z ma’nosida qo’llangan? A) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinay demasdi. B) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. C) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? D) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi. 3 / 10 3. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) qaratqich, chiqish B) tushum, chiqish C) chiqish, tushum D) qaratqich, tushum 4 / 10 4. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. B) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. C) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. D) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. 5 / 10 5. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan? A) tamom\bo’l, yangidan\yangi B) Boltiq\bo’yi, oltin\gugurt C) umum\jahon, ish\yoqmas D) obro’\e’tibor, qo’l\arra 6 / 10 6. Bu kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida har kuni og’ziga mayda toshlarni soladi va she’rlar, turli matnlarni o’qish bilan…… .Ushbu gapdagi ko’p nuqta o’rniga qaysi birlikni qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) erishadi B) shug’ullanadi C) qiziqadi D) harakat qiladi 7 / 10 7. Og’zi qulog’iga yetmoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) B) og’zi qiyshayib qolmoq B) saxiylik qilmoq C) xursand bo’lmoq D) beparvo bo’lmoq 8 / 10 8. To’ldiruvchi ajratib ko’rsatilgan gapni aniqlang. A) Ukasiga ham shu to’pni sovg’a qildi. B) Bajarilgan ishlar haqida hisobot berildi. C) Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo’l. D) Biz shaharda baland binolarni ko’rdik. 9 / 10 9. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ravishdosh B) ravish C) ot D) fe’l 10 / 10 10. Quyida berilgan nechta gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatoliklarga yo’l qo’yilgan? 1)Jayron tog’dan tog’ga o’tib, qayerga borishini bilmasdi. 2)Mahsulot o’ramiga yarog’lilik muddati yozib qo’yilgan. 3)Shiroq xiyla bilan dushmanni mag’lub qildi. 4)Quyosh hamal yulduzlar burchiga o’tishi bilan kunlar isiy boshladi. A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29