Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 9-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 9-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 99 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 9-mavzu yuzasida testlar 9 – MAVZU: BEHBUDIY 1 / 28 “Rustamxon” dostonida kim Huroyim ustidan fitna- g‘iybat to‘la arznoma yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib boradi? A) Ximcha B) Oftoboy C) Momogul D) qozikalon 2 / 28 “To‘nyuquq” bitiktoshini kim topgan? A) V.Radlov B) V. Tomson C) Yelizaveta va Dmitriy Klemenslar D) N. M. Yadrinsev 3 / 28 Sohibquron Amir Temur ulug’ shayx va shoir Ahmad Yassaviyga e’tiqodi hurmati yuzasidan nechanchi yilda qanday ulug’, xayrli ishni amalgam oshiradi? A) 1395-1396 yil Yassi shaxrini obod qiladi B) 1392-1394 yil maqbarani qaytadan tiklaydi C) 1396-1398 yil “Devoni hikmat”ni qayta ko’chirtirdi D) 1395-1397 yil muhtasham maqbara qurdiradi 4 / 28 Atoyining bizgacha yetib kclgan she'riy devoniga nechta g’azal kiritilgan? A) 400 B) 250 C) 260 D) 300 5 / 28 Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas». A) Muhammad Solih B) Abdurahmon Jomiy C) Mavlono Lutfiy D) Zahiriddin Muhammad Bobur 6 / 28 Xalqaro Bobur jamg'armasining ilmiy ekspeditsiyasi nechtadan ortiq Sharq mamlakatlari bo'ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma'lumotlar to'plab, ularni ilmiy iste'molga kiritdi? A) o'ttizdan ortiq B) yigirma beshdan ortiq C) o'ndan ortiq D) yigirmadan ortiq 7 / 28 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «Dizzax» - Jizzaxni tilga oladi? A) «Turdiman...» B) «Yod mandin...» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Bu mulk» 8 / 28 Begona bo'lubtur oshnoin, Begonag 'a oshno bo 'lubtur. Baytda qo'llanilgan she'riy san'atni aniqlang. A) tanosib B) tasdir C) tardi aks D) tazod 9 / 28 Behbudiy o’z asariga nega “Padarkush “ deb nom qo’ygan ? A) Boyni o’z o’g’li Toshmurod o’ldirgani uchun B) Toshmurodning ilmsizligi jaholati va norosoligi otasining o’limiga sabab bo’lgani bois C) Boy o’gli Toshmurodni o’ldirgani uchun D) Boy ziyolini o’ldirib qo’ygani uchun 10 / 28 “Padarkush “ dramasining ilk bor nashri ko’rsatilgan javobni belgilang A) 1913 –yilda “Samarqand “ gazetasida chop etilgan B) 1913-yilda kitob holida nashr qilingan C) 1912 –yilda “Turon “gazetasida e’lon qilingan D) 1912 –yilda “Oyna “jurnalida nashr etilgan 11 / 28 Dramada boy kimga “o’quganning biri - siz, yemoqg’a noningiz yo’q” deydi? A) Domla B) Toshmurod C) Tangriqul D) Xayrulla 12 / 28 “Padarkush” dramasida Boyning xizmatkori boigan o‘n sakkiz-yigirma yoshlardagi yigit kim? A) Xayrulla B) Nor C) Sayfulla D) Artun 13 / 28 Behbudiy 1913-yildan Samarqand shahrida qaysi jurnalni nashr ettira boshlaydi? A) «Turon» jurnalini B) «Оупа» jurnalini C) «Turkiston» jurnalini D) «Samarqand» jurnalini 14 / 28 Behbudiyning “Padarkush yoxud o'qimagan bolaning holi” dramasida Boyning uyidan pul o'g'irlash fikri kimdan chiqadi? A) Nordan B) Toshmuroddan C) Tangriquldan D) Davlatdan 15 / 28 Muallif «Padarkush» asarida qaysi obraz orqali pul, mol-dunyoga ega bo'lgan ammo uni ilm yo'li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o'ylamagan kimsa qiyofasini beradi? A) Davlat B) Boy C) Xayrullo D) Tangriqul 16 / 28 Behbudiyning “Padarkush yohud o‘qimagan bolaning holi” fojiasining ikkinchi pardasida qanday manzara bayon qilinadi? A) Pivaxona manzarasi: boyvacha ila uch nafar o'lturar. B) Boy mehmonxonada olturar Xayrulla ila manzarasi. C) Boy yotar karavot ustig'a Toshmurodning kelishi manzarasi D) Boy va xotini suhbati manzarasi. 17 / 28 M. Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi” fojiasining birinchi pardasida Boy va domla nima haqida bahslashishadi? A) Toshmurodning Rossiyada o'qishini davom ettirish, ettirmasligi haqida. B) Boyning o‘g‘li Toshmurodning savdo-sotiq qilishi haqida. C) Kambag'al bechoralarg'a mablag' ajrab ularni ilmli qilish haqida. D) Boylikning ilmdan ustunliklari haqida. 18 / 28 M. Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi” fojiasida domla “Bu badbaxtlik va musibatg'a sabab jaholat va nodonlikdur,” - deb qachon, kimga ay tadi? A) Boyni pichoqlab o'ldirishgan paytida boyvachchaga aytadi. B) Toshmurodning o‘qishi haqida bahslashayotgan paytida boyga aytadi. C) Pivoxonada orloqlar kayf-u safo qilib o‘tirishgan paytida Nor, Davlat, Toshmurod va Tangriqulga aytadi. D) Ziyoli domlanmg ilm haqida aytayotgan fikrlariga qo'shilmayotgan paytida aytadi. 19 / 28 M. Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi” fojiasida “qordan qutulub, vog‘murga uchraymiz”. Ushbu maqolni, kim-kimga aytadi? A) Domla Artunga B) Toshmurod boyga C) Pristuf boyvachchaga D) Boy Ziyoliga 20 / 28 Behbudiyning «Padarkush» dramasi yozilganidan so'ng necha yil o'tib nashr qilingan? A) uch yil o'tib B) ikki yil o'tib C) to'rt yil o'tib D) Yozilgan yili nashr qilingan. 21 / 28 «Padarkush» dramasida: «Bu shaharda boylarg'a amri ma’ruf qilaturgan mullo bor ekan, xudoga shukur. Ul janob haqqoniy domlani topib zlyorat qilmak kerak, boy afandim - deb boyga kim aytgan? A) hokim B) mirza C) ziyoli D) domla 22 / 28 «Padarkush» dramasida qaysi obraz Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, beparvo va loqayd javob qaytaradi? A) Davlat B) Boy C) Tangriqul D) Xayrullo 23 / 28 «Padarkush» dramasida boyning xotini Toshmurodning bolaligida qaysi kasal bilan og'riganini eslaydi? A) chechak B) bavosir C) sil D) qizamiq 24 / 28 Mahmudxo'ja Behbudiy arab tilini kimdan o'rganadi? A) kichik amakisi Muhammad Siddiqdan B) kichik amakisi Mulla Odildan C) kichik tog'asi Muhammad Siddiqdan D) kichik tog'asi Mulla Odildan 25 / 28 M. Bchbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi” fojiasida kim “...odamlar boyni mulladan, ziyoda izzat qiladurlar”, — deb aytadi? A) Pristuf B) Toshmurod C) Boy D) Boyvachcha 26 / 28 Behbudiy 1913-yildan Samarqand shahrida qaysi gazetani nashr ettira boshlaydi? A) «Turon» gazetasini B) «Samarqand» gazetasini C) «Оупа» gazetasini D) «Turkiston» gazetasini 27 / 28 «Padarkush» dramasida muallif qaysi qahramonlarning nutqini hikmatlar ibratli gaplarga boy tarzda beradi? A) Eshon va Ziyoli B) Ziyoli va Domla C) Domla va Pristuf D) Artun va Davlat 28 / 28 Behbudiyning “Padarkush “dramasida qanday kamchiliklar seziladi ? A) Tangriqulning ichkilikka berilganini bayon qilish B) Toshmurodning otasiga gap qaytarishi C) Toshmurodning maktabga bormasligini ko’rsatish D) Qotillik epizodi suniy 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz