Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 16-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 16-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 295 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Adabiyot 16-mavzu yuzasida testlar 16 – MAVZU: O`LJAS SULAYMON 1 / 35 Boybo'ri va Boysari kim? A) Boybo'ri chambil shohi, Boysari behisob boylik egasi B) O'zbek qo'ng'irot urug'ining boshliqlari C) Boybo'ri behisob boylik egasi, Boysari Kashal shohi D) Boybo'ri va Boysari tengsiz dongdor polvonlar 2 / 35 Farhod Xusravning qaysi savoliga "bechora, kech bu iltimosdan" debjavob bergan? A) Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin! B) Dedi: ol ganju qo'y mehrin nihoni C) Dedi: bu ishqdin inkor qilg'il! D) Dedi: dilbaringning de sifotin! 3 / 35 Xojafiing to‘liq ismi qaysi qatorda berilgan? A) Muhammadniyoz Komil Xoja B) Muhammadxo'ja Poshshoxo'ja o‘gii Xoja C) Muhammad Sharif o‘g‘li Xoja D) Poshshoxo'ja Abdulvahobxoja o‘g‘li Xoja 4 / 35 Ogahiyning qaysi tarixiy asari nomi «tarixlar qaymog’i” ma'nosini anglatadi? A) «Zubdat ut-tavorix» B) «Shohidi iqbol» C) ) «Firdavs ul-iqbol» D) «Riyoz ud-davla» 5 / 35 Furqatning risolasi qanday nomlanadi? A) “Chor darvesh” B) “Nuh manzar” C) “Hammoyi xayol” D) “Sabog‘a maktub” 6 / 35 «AI-jome' as-sahih» asari yana qanday nom bilan ham mashhur? A) «At-ta'rix al-avsot» B) «Sahih al-Buxoriy» C) «Kitob al-kuna» D) «At-ta'rix al-kabir» 7 / 35 «Navoiy» romanida Mirzo Yodgorni Xuroson taxti uchun kurashga undagan bilimdon, oqila, davlat ishlarida tadbirli ayol hisoblangan ammasi kim? A) Aqiqa begim B) Века begim C) Poyanda Sultonbegim D) Chand bibi 8 / 35 «Ulug'bek xazinasi» romanida usta Temur Samarqandiy qilich yasab berishdan bosh tortgan hukmdor darg'azab bo'lib, uni dorga osishga buyurganda kim aralashib, temirchini o'limdan olib qolgan? A) Amir Temur B) Said Shohruh Mirzo C) Mirzo Ulug'bek D) Abulqosim Mirzo 9 / 35 «Sohibqiron» dramasida piri komil kim? A) Amir Husayn B) Aloviddin C) Qosimbek D) Said Baraka 10 / 35 Alisher Navoiy g'azaliga bitilgan Omon Matjonning taxmisini toping. A) «Daraxtlar va giyohlar» B) «Eng so'nggi xazina» C) «Awalgilarg'a o'xshamas» D) «Vatan mehri» 11 / 35 H Hudoyberdiyeva qalamiga mansub quyidagi she’rlardan qaysi birini ” muhabbatga bitilgan madhiya “deyish mumkin ? A) “ Dorilomon kunlar keldi “ B) “Shunchaki “ C) “Muqaddas ayol “ D) “Begim sizni tabiat “ 12 / 35 Shavkat Rahmon qaysi she'rida: «Turkda bosh qolmadi» tarzidagi xulosani chiqaradi? A) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» B) «Turkiylar» C) «Baxt so'zi» D) «Tong ochar ko'zlarin...» 13 / 35 «Temir xotin» komediyasida robotga qanday nom qo'yadilar? A) Sharofat B) Alomat C) Qumri D) Sevginator 14 / 35 1599 yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham 4 sonetini kiritib “Otashin ziyoratchi “ nomli kitob chiqargan ,Shekspir ijodini qalbakilashtirib foida topishga uringan tadbirkor noshir kim ? A) F Meres B) Lord Eduard de Ver C) aka-uka Berbejilar D) U Jaggard 15 / 35 “Asrga tatigulik kun” romanini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan ? A) A Rashidov B) A.Qahhor C) I G’ofurov D) Q Mirmuhammedov 16 / 35 O'ljas Sulaymonovning «Arg'umoq» she'rini o'zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping. A) Omon Matjon B) Azim Suyun C) Shavkat Rahmon D) Sirojiddin Sayyid 17 / 35 O'ljas Sulaymonovning «Tungi taqqoslar» she'rini o'zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping. A) Sirojiddin Sayyid B) Azim Suyun C) Shavkat Rahmon D) Omon Matjon 18 / 35 . O'ljas Sulaymonovning qaysi she'rida lirik qahramon o'zini: «E, yo'q, Mening yuragim pati yulingan shunqor», deya e'tirof etadi? A) «Arg'umoq» B) «Tungi taqqoslar» C) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» D) «Ajoyib tun» 19 / 35 Quyidagi satrlar O'ljas Sulaymonovning qaysi she'ridan olingan? O', men nomard, Xayyom bo'lsaydim agar, O', men nokas, Hofiz bo'lsaydim agar, O', Mahambet bo'lsaydim agar, murodimga yetardim balki! A) «Ajoyib tun» B) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» C) «Arg'umoq» D) «Tungi taqqoslar» 20 / 35 O'ljas Sulaymonovning quyidagi qaysi she'hda shoirning sevgisi darajalari aks etgan tasvirlar uchraydi? A) «Tungi taqqoslar» B) «Ajoyib tun» C) «Arg'umoq» D) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» 21 / 35 . O'ljas Sulaymonov qalamiga mansub «Arg'umoq» she'rining tarkibiga kirmaydigan satrni toping. A) «Yashash, kurash nimadir, Bilib qo'ysin arg'umoq». B) «Qiyoq, alaflar qolsin Tuyoqlar to'zonida» . C) «Egarda tug'ilgandim, O'lmoqdaman kishanda». D) «Jasorat bizga taqdir, Guldirab ketsin so'qmoqb 22 / 35 O'ljas Sulaymonovning birinchi asari qaysi? A) «Maymun yili» B) «Az i Ya» C) «Arg'umoqlar» D) «Qoyilmisan insonga, zamin» 23 / 35 O'ljas Sulaymonov qaysi tilda ijod qiladi? A) qozoq tilida B) ingliz tilida C) qirg'iz tilida D) rus tilida 24 / 35 O'ljas Sulaymonov qalamiga mansub «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» she'rining tarkibiga kirmaydigan satrni toping A) «Hayhot, dashtda oy suzar Barxanlarni qiyalab» . B) «Jasorat bizga taqdir, Guldirab ketsin so'qmoq!» C) «Tongda meni it kabi qiladilar sazoyi». D) «Horib terlagan otning hidini unutgayman, So'g'ishlar urhosini unutgayman zindonda». 25 / 35 O'ljas Sulaymonov qaysi dostoni bilan dunyoga mashhur bo'ldi? A) «Sharofatli vaqtlar» B) «Qoyilmisan insonga, zamin» C) «Arg'umoqlar» D) «Az i Ya» 26 / 35 O'ljas Sulaymonovning «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» she'rini o'zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni toping. A) Sirojiddin Sayyid B) Azim Suyun C) Shavkat Rahmon D) Omon Matjon 27 / 35 O'ljas Sulaymonovning qaysi she'hda tutqun dardining miqyosi, fojiasining balandligi bilan turmushning shafqatsiz oddiyligi o'rtasidagi ziddiyat kuzatiladi va botir qo'liga «nonday qo'ngan oy» tasviri chiziladi? A) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» B) «Ajoyib tun» C) «Arg'umoq» D) «Tungi taqqoslar» 28 / 35 O'ljas Sulaymonovning insonning imkoniyatlari va irodasiga bitilgan madhiya bo'lgan qaysi asarida koinotni zabt etib, dunyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushohadalar g'oyat ta'sirchan ifodalanadi? A) «Az i Ya» B) «Sharofatli vaqtlar» C) «Qoyilmisan insonga, zamin» D) «Arg'umoqlar» 29 / 35 O'ljas Sulaymonovning qaysi she'ri «Bismilloh!» so'zi bilan boshlanadi? A) «Arg'umoq» B) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» C) «Tungi taqqoslar» D) «Ajoyib tun» 30 / 35 O'ljas Sulaymonovning qaysi she'hda «yalang'och qilich», «zang bosgan tig'» tashbihlari qo'llaniladi? A) «Tungi taqqoslar» B) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» C) «Ajoyib tun» D) «Arg'umoq» 31 / 35 O'ljas Sulaymonovning qaysi she'rida: «0'zimni unutgayman olis yo'lga tushganda» shaklidagi e'tirof tabiatan kurashchan lirik qahramonning o'ziga xos jihatlarini aks ettiradi? A) «Tungi taqqoslar» B) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» C) «Ajoyib tun» D) «Arg'umoq» 32 / 35 . O'ljas Sulaymonov qalamiga mansub «Arg'umoq» she'rining tarkibiga kirmaydigan satrni toping. A) «Oqib boradi uyur, Kuygan o'tlar selida». B) «Yilqisi bilan mashhur, Qadim qipchoq yerida». C) «Yeldiray misli bo'ron, Ostin-ustin bo'lsin yer». D) «Horib terlagan otning hidini unutgayman». 33 / 35 . O^ljas Sulaymonovning qaysi she'hda «Chalajon bir ilonday tomog'imda yuragim» satri keltiriladi? A) «Ajoyib tun» B) «Tungi taqqoslar» C) «Arg'umoq» D) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» 34 / 35 O'ljas Sulaymonov qaysi asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yowoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asoslaydi? A) «Qoyilmisan insonga, zamin» B) «Sharofatli vaqtlar» C) «Arg'umoqlar» D) «Az i Ya» 35 / 35 O'ljas Sulaymonovning qaysi she'rida: «...ular odanr emas, ular - ayg'irlar!», «Tillarim tishlarni sindirganida, ko'zim kipriklarni kuydirgani-da» tarzidagi iqrorlar uchraydi? A) «Tungi taqqoslar» B) «Arg'umoq» C) «Ajoyib tun» D) «Mambet botirning qatl oldidan aytganlari» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz