Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 15-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 15-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 123 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar 15 – MAVZU: CHINGIZ AYTMATOV 1 / 34 Quyida keltirilgan ta’rif “Alpomish” dostonidagi qaysi personajga taaluqli ? “ Majlisi kun bo’lsa ,to’rdan joy tegmay ,piyoladan choy tegmay ,bo’sag’aning oldida ko’rishga joy bermay kovush bilan aralashib ,it yiqilish bo’lib ,poyga betida yotar edi “ A) Farmonqul B) Yartiboy oqsoqol C) Kayqubod D) Qultoy 2 / 34 Alisher.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi mashhur Farhod va Xusrav mubohasasi (dialogi) da Farhod Xusravning qaysi savoliga “Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!” deb javob beradi? A) “Shahga bo'lrna shirkatandesh”! B) “Qay chog‘din o'ldung ishq are mast?” C) “Joningg‘a hijron kinakashdur” D) "Nedur sanga olamda pesha?” 3 / 34 Qaysi qatorda Xoja qalamiga mansub asarlar berilgan? 1. “Miftoh ul-adl" 2. "Sabot ul-iqbol” 3. "Gulzor” 4. ‘‘Shajaravi Turk” A) 2,4 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,3 4 / 34 Ogahiy tarjima qilgan “Shoh va gado” asari kimning qalamiga mansub? A) Munis B) Shayx Sa’diy C) Forobiy D) Hiloliy 5 / 34 Furqatning «Savding qo‘yaber savyod, savyora ekan mendek», deb boshlanuvchi musaddasida qaysi san'atkor do stining nomi eslanadi? A) Akrom B) Nodir C) Sa’dullo D) Muhammad 6 / 34 Infoq qilishning fazilati haqidagi hadisda Rasululloh (s.a.v.) bandalar tong ottirgan har bir kunda ikki farishta tushishi, ulardan biri: «Allohim! Infoq qiluvchiga o'mini qoplaydigan narsa ato et», - desa, ikkinchisi Allohdan kimlarga talafot berishini so'rashi ta'kidlanadi? A) ilmsizlarga B) nodonlarga C) ziqnalarga D) axloqsizlarga 7 / 34 «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro Murg'ob suvi bo'ylab, o'zining qancha suvorisi bilan shaharni yashirin bosib olish uchun yo'lga chiqadi? A) to'qqiz yuz oltmish B) sakkiz yuz ellik C) besh yuz ellik D) yetti yuz oltmish 8 / 34 «Ulug'bek xazinasi» romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab,Ulug'bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko'p yaxshiliklar ko'rgan iste'dodli shoir, arslonyurak jangchi kim? A) Abdulla B) Ali Qushchi C) Abdulaziz D) Qalandar Qarnoqiy 9 / 34 «Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o'ylarim» misralarida Abdulla Oripov nimani aks ettirgan? A) o'zbek xalqining yig'ma obrazini B) qurg'oqchilik paytidagi ruhiy holatini C) pokiza yoshligini D) suv toshqini paytidagi ruhiy holatini 10 / 34 Omon Matjonning qaysi she'ri jumboqsimon tugallanadi? A) «Eng so'nggi xazina» B) «Vatan mehri» C) «Awalgilarg'a o'xshamas» D) «Quyosh soati» 11 / 34 Halima Xudoyberdiyevaning qaysi she'riy kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin chop etilgan? A) «lssiq qor», «Yuragimning og'riq nuqtalari» B) «Bu kunlarga yetganlar bor», «Turkiston onasi» C) «Bobo quyosh», «Bu kunlarga yetganlar bor» D) «Turkiston onasi», «Yuragimning og'riq nuqtalari» 12 / 34 Shavkat Rahrhonning vafotidan so'ng nashr etilgan kitobini toping. A) «Uyg'oq tog'lar» B) «Rangin lahzalar» C) «Eng qayg'uli shodlik» D) «Saylanma» 13 / 34 «Temir xotin» komediyasida kim kimni gipnoz qilib yig'latadi? A) Alomat Qo'chqorni B) Alomat Olimjonni C) Olimjon Alomatni D) Olimjon Qo'chqorni 14 / 34 1599 yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham 4 sonetini kiritib “Otashin ziyoratchi “ nomli kitob chiqargan ,Shekspir ijodini qalbakilashtirib foida topishga uringan tadbirkor noshir kim ? A) aka-uka Berbejilar B) F Meres C) Lord Eduard de Ver D) U Jaggard 15 / 34 “Asrga tatigulik kun “ romanida Ona Bayit qabristonigacha Bo’ronli bekatdan eng yaqin yo’ldan yorilganda boorish-u kelish uchun qancha masofa ketar edi? A) 60 chaqirim B) 30 chaqirim C) 40 chaqirim D) 10 chaqirim 16 / 34 Nayman ona bir yosh va navqiron manqurtning o’zi Sario’zak dashtida tuyalar podasini kimdan eshitadi ? A) cho’ponlardan B) o’tkinchi darveshlardan C) Kazangapdan D) savdogarlardan 17 / 34 “Asrga tatigulik kun” romanida muallif kimlarni zamonaviy manqurtlar deb tasvirlagan? A) Qozongapni kuyovi bilan Qalibek B) Letenant Tansiqboyev biln Sobitjon C) Jo’lamon bilan Jumag’ali D) Letenant Saydullayev bilan Qalibek 18 / 34 Ch Aytmatovning “ Asrga tatigulik kun “ romanida ezgu insoniy tuyg’ulardan mahrum ,odamning ko’nglini his etmaydigan ,bobolar qo’llagan udumlarni mensimaydigan kechagi kunidan uzilgan ,ammo o’zini ilg’or fikrli ziyoli hisoblaydigan “zamonaviy manqurt “ deb ta’riflangan ? A) Abutolib B) Kazangap C) Edigey D) Sobitjon 19 / 34 Qaysi javobda Chingiz Aytmatovning romanlari berilgan? A) «Kassandra tamg‘asi», «Tog‘lar qulaganda» B) «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» C) «Qiyomat», «Tungi parvoz» D) «Asrga tatigulik kun», «Yuzma-yuz» 20 / 34 “Asrga tatigulik kun “ romanida asar pafosi ,ayniqsa qaysi timsol tasvirida yaqqol bo’y ko’rsatgan ? A) Nayman ona B) Edigey C) Kazangap D) Jo’lomon 21 / 34 Manqurt Nayman onani o’ldirgandan so’ng onaning nimasi qushga aylanib ketadi ? A) ko’ylagi B) baldog’i C) tuyasi D) oq ro’moli 22 / 34 Bu qushning nomi nima ? A) Tustovuq B) Jo’lomon C) Musicha D) Do’nanboy 23 / 34 “Asrga tatigulik kun” romaninig Nayman ona dafn etilgan joy qanday nomlanadi? A) Enasoy B) Sangtosh o’rmoncilik C) Issiqko’l D) Sario’zakdagi Ona Bayit qabristoni 24 / 34 Tabiatan qo’rsroq ,qiziqqonroq edi u- shuning uchun ham uni “Bo’ron “ deb atashadi-da “ Bu qaysi qahramon ta’rifi ? A) Kazangap B) leytenat Tansiqboyev C) Edigey D) Sobitjon 25 / 34 “O’ladigan odamning o’lgani yaxshi ,ketadigan odamning ketgani yaxshi .Munchalik cho’zib ,bosh qotirib o’tirishning kimga keragi bor ? O’lgan odamga qayerga ko’milishining nima keragi bor ?” Ushbu fikrlar qaysi qahramonga tegishli ? A) Kazangapga B) Edigeyga C) Sobitjonga D) Oyzodaga 26 / 34 Manqurtda qanday xotira saqlanib qolganini ko’rgan jungjanglar hayratga tushadi ? A) qo’lida mo’ljalga olish xotirasi B) onasining tuyasini taniganligi C) ovqat yeya olish xotirasi D) onasining ro’molini eslaganligi 27 / 34 Ch Aytmatov “Asrga tatigulik kun “ romanida olingan ushbu parcha qaysi personajga tegishli “Yerdan mahrum etish mumkin , mol-dunyodan mahrum etish mumkin .Insonni yashashdan mahrum etish mumkin lekin xotirdan mahrum etishni kim o’ylab topgan ..“ A) Abutolib B) Edigey C) Kazangap D) Nayman ona 28 / 34 “Asrga tatigulik kun” romanida Nayman onaning jungjanglar manqurtga aylantirib qo’ygan o’g’lining ismi? A) Jo’lamon B) Jumaguli C) Do’nanboy D) Sobitjon 29 / 34 “Asrga tatigulik kun” romanida manqurtlik deganda nimani nazarda tutilgan? A) O’tmishni unutgan buguniga befarq ertasini o’ylamaydigan yeyish ichishidan bo’lak g’ami bo’lmagan boshliqlarga qul kishililar keltiradigan fojia B) Jo’lamonning o’z onasini o’ldirib qo’ygani C) Urushning insoniyatga fojialar keltirishi D) Sotqin kishilar zarari 30 / 34 “Asrga tatigulik kun” romanini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan ? A) A Rashidov B) Q Mirmuhammedov C) A.Qahhor D) I G’ofurov 31 / 34 “Asrga tatigulik kun “romaniga qaysi so’zlar epigraf qilib olingan ? A) ) “Nomusni yoshlikdan asra “ B) ) “Hamal keldi ,amal keldi “ C) ) “Takabburlik bilan ham mehr muhabbat qozonish mumkin “ D) ) “ Bu kitob jismu fig’onimdir mening ,Bu kalom jonu jahonimdir mening “ 32 / 34 ”Asirga tatugulik kun” romanida kechagi kunini unitmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o’zida kuch topa oladigan chin inson kim? A) Kazangap B) Nayman ona C) Sobitjon D) Bo’ronli Edigey 33 / 34 “Asrga tatigulik kun “romaning bosh qahramoni kim ? A) Manqurt B) Edigey C) Kazangap D) Abutolib Quttiboyev 34 / 34 Asrga tatigulik kun” romanidagi zamonaviy va xavfli nusxasi kim ? A) Sobitjon B) Jo’lomon C) Edilboy D) Oyzodaning eri 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz