Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 1-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 1-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 563 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 14 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Adabiyot 1-mavzu yuzasida testlar 1-MAVZU : ALPOMISH 1 / 20 "Alpomish" dostonida boshqa dostonlarga nisbatan qanday xususiyat ustunlik qiladi? A) Qahramonlik B) ) Mubolag'aviylik C) Xayolilik D) Hayotilik 2 / 20 “Alpomish” dostonida buzg’unchilik va janjalkashligi bilan tanilgan kim edi ? A) Ko’kaldosh B) Tovka oyim C) Ko’kaman D) Surxayil kampir 3 / 20 "Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi? A) Boysarini B) Kayqubodni C) Alpomishni D) Qalmoqshchni 4 / 20 "Alpomish" dostonidagi zakot masalasi tufayli kimlar o'rtasida sovuqchilik tushadi? A) Boybo'ri va Hakimbek B) Hakimbek va Barchin C) Boybo'ri va Boysari D) Barchin va uning onasi 5 / 20 Boybo'ri va Boysari kim? A) Boybo'ri chambil shohi, Boysari behisob boylik egasi B) O'zbek qo'ng'irot urug'ining boshliqlari C) Boybo'ri va Boysari tengsiz dongdor polvonlar D) Boybo'ri behisob boylik egasi, Boysari Kashal shohi 6 / 20 Poygada Alpomish nomidan Qorajon chopib, Boboxon tog'iga yetgach keyin yetib kelgan qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni boylab o'zlari jo'nab ketganda ularni kim qutqaradi? A) Kayqubod B) Alpomishning Rajabxo'ja eshon degan piri C) Qultoy D) Shohimardon piri 7 / 20 Hakimbek Murodtepada birinchi bo'lib kim bilan uchrashdi? A) Qultoy B) Ko'kaldosh C) Qorajon D) Boyqashqa 8 / 20 ”Alpomish" dostonidagi zakot tushunchasi birinchi marta kimlar o'nasidagi suhbatda tilga olinadi? A) Boybo'ri va Boysari B) Hakimbek va Qaldirg'och C) Barchin va uning onasi D) Boybo'ri va Hakimbek 9 / 20 ”Alpomish “ dostonida “tarzi gul yuzli ,shirin so’zli, bir siyosatli kishi deya ta’riflangan qahramon qaysi ? A) Alpomish B) Shohimardon pir C) Qorajon D) Rajabxo’ja eshon 10 / 20 “Qarichlab ko’rdi : sag’risining ustidan qulog’ining o’rtasigacha to’qson olti ,ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi .Sag’risini silab burnidan naycha qo’yib durbin bilan qarab ko’rdikim ,qo’ltig’ida to’rt yarim gaz qanoti taklam –buklam bo’lib yotar” Ushbu parchada qaysi qahramon ot tasvirlangan ? A) G’irko’k B) Ko’do’nan C) Raxsh D) Boychibor 11 / 20 "Alpomish" dostoni qaysi voqeadan boshlanadi? A) Hakimbek va Barchinning tug'ilishi tasviri bilan B) Yoy tortish marosimi tasviri bilan C) Aka uka Boybo'ri va Boysarilarning farzandsizligi voqealaridan D) Zakot munozarasidan 12 / 20 "Alpomish" dostonidan olingan quyidagi parcha kim tomonidan aytilgan? Maslahat bermaymiz Boysaribiyga, Osilmaymiz Boybo'rining doriga A) Yartiboy B) Qaldirg'och C) Kayqubod D) Qultoy 13 / 20 Hakimbek nima uchun alp deb ataladi? (Alpomish nomini oladi) A) Yetti yoshida Boybo'ridan qolgan o'n to'qqiz botmonlik yoy (kamon)ni ko'targani uchun B) Yakkama yakka olishuvda Qultoyni yenggani uchun C) Boboxon to'gining cho'qqisini uchirib yuborgani uchun D) to’g’ri javob yo’q 14 / 20 Alpomish qalmoq yurtiga ketayotganda ruhlantirib dalda bergan kim? A) Qaldirg'och B) Yartiboy baxshi C) Boybo'ri D) Qultoy 15 / 20 Quyida keltirilgan ta’rif “Alpomish” dostonidagi qaysi personajga taaluqli ? “ Majlisi kun bo’lsa ,to’rdan joy tegmay ,piyoladan choy tegmay ,bo’sag’aning oldida ko’rishga joy bermay kovush bilan aralashib ,it yiqilish bo’lib ,poyga betida yotar edi “ A) Yartiboy oqsoqol B) Qultoy C) Farmonqul D) Kayqubod 16 / 20 ”Alpomish" dostonida Barchinning Alpomishga yozgan maktubini Boybo'ri yashirdi. Uni kim topdi ? A) mahramlar B) Qultoy C) Qaldirg'och D) Alpomishning onasi 17 / 20 “..qariganda bizning molimiz behisobga chiqdi .Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” Bu kimning tashabbusi ? A) Boybo’ri B) Boysari C) Bir chapanitob boyvachcha D) Shohimardon pir 18 / 20 “Tortib olib bo’lmasa ,sotib olib bo’lmasa ,xudo bermasa qayoqdan qilamiz taraddi ?” Bu kimning nutqi gap kim yoki nima haqida? A) Ko’kaldosh ,Barchin haqida B) Boysari ,farzand haqida C) Rajabxo’ja eshon ,Qorajon haqida D) Boybo’ri, farzand haqida 19 / 20 ”Alpomish “ dostonida “ Xudoning yaratgan sheri “ deya ta’riflangan obraz qaysi? A) Shohimardon pir B) Qorajon C) Ko’kaldosh D) Alpomish 20 / 20 "Dunyoda bir kam to'qson alp o tdi. alplarning boshligi ... edi oxiri bu ... alp bo'lsin". "Alpomish" dostonidan olingan jumladagi nuqtalar o'miga tegishlisini toping. A) Alpomish. Yodgor B) Go'ro'g'li. Hakimbek C) Ko'kaldosh, Qorajon D) Rustami Doston, Alpomish 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz