Biologiya attestatsiya №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №9

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Sodda hayvonlar tpida nechta sinf bir(a), qaysi sinf vakillarida hamma oziqlanish turlari namoyon(b) boʻladi, qaysi oziqlanish qaysi sinf vakillariga xos(c)

2 / 40

Makkajoʻxori hujayrasida nechta jinsiy xromosomalar mavjud

3 / 40

Yog’ bezlari funksiyasi pasayganda terida qanday holat paydo bo’ladi. 1) teri quruqlashadi 2) tarangligi ortadi 3) tarangligi yo’qoladi 4) terida mayda ajinlar paydo bo’ladi 5) teri yog’lanadi

4 / 40

Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi 1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam

5 / 40

Hidni yaxshi sezuvchi, o‘ljasini ta'qib qilib tutiboluvchi hayvonni aniqlang.

6 / 40

Diafragmaga ega bo`lgan entomofag va fitofag bo`lgan organizmlarni aniqlang. 1) tuvoloq 2) ko`rshapalak 3) to`ng`iz 4) qashqaldoq 5) tulki 6) tuyaqush 7) oq laylak 8) mayna

7 / 40

Odamda meyoz I da hosil bo`lgan hujayralarning biriga birlamchi hujayradagi xromosomalarning ona organizmga tegishlilaridan faqat 13 tasi o`tgan, ikkinchi hujayraga otaga tegishli xromosomalardan nechtasi o`tgan?

8 / 40

Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze

9 / 40

Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang.

10 / 40

Mamlakatimizda qanchadan ortiq tabiat yodgorliklari ro'yxatga olingan?

11 / 40

Ko’richak o’simtasi uzun zotlarni ajrating.

12 / 40

Qaysi hashorotlarda xartumi og’iz organini qo’shilishidan (a) va o’zgarishidan (b) hosil bo’lgan? 1) kana; 2) asalari; 3) uy pashshasi; 4) tut ipak qurti kapalagi; 5) podoliya; 6) gelikonius

13 / 40

Qon ivishini ta’minlaydigan o’simlikni meva turini aniqlang.

14 / 40

Bitta turkumga mansub bo’lmaganlarni belgilang.

15 / 40

Noto’g’ri ma’lumotni belgilang. 1) yexidna va qum bo’g’ma ilonida ikkita siydik yo’li kloakaga ochiladi; 2) mo’ylovi ikki juft bo’lgan hayvon ayrim xususiyatiga ko’ra yomg’ir chuvalchangiga o’xshaydi; 3) jayra juft tuyoqlilar turkumiga mansub; 4) Hindiston alligatori va gavialda yurak kameralari soni bir xil; 5) bitinyaning yuragida 2 ta klapin mavjud; 6) qoramol terisidan teri-galanteriya buyumlari tayyorlanadi

16 / 40

Tugunchasida bitta urug'kurtak bo'ladigan magnoliyasimonlarni ko'rsating. 1) na'matak; 2) shaftoli; 3) olxo'ri; 4) olma; 5) shirach; 6) o'rik; 7) olg'i; 8) xarduma

17 / 40

Rishtaning qizil chuvalchangidan farqli jihatlarni aniqlang. 1) erkin hayot kechiradi; 2) yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan; 3) noto’g’ri metamarfoz bilan rivojlanadi; 4) parazit organizm; 5) ichki organlari tana bo‘shlig‘ida joylashadi; 6) erkagining jinsiy sistemasi

18 / 40

Burun teshigi og`iz teshigi bilan bog`langan (I) va bog`lanmagan (II) sovuqqonli hayvonlarni toping?

19 / 40

Sutemizuvchilar sinfining barcha vakillariga mos keladigan belgilarni aniqlang. 1) diafragma; 2) ona qornida rivojlanish; 3)to‘rt kamerali yurak; 4) bolasini sut bilan boqishi; 5) o‘pka bilan nafas olishi; 6) qoziq tishning bo‘lishi; 7) jun qoplamining bo‘lishi

20 / 40

Ochiq urug‘lilar bo'limi(a), bir urug`pallalilar sinfi(b) va ikki urug’pallalilar sinfi(c)ga mansub o'simliklarni aniqlang.

21 / 40

Tovon qismida ilmoqchalari (a) va tanasida bo’rtmachalari (b) mavjud organizmlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi?

22 / 40

Jo’ka va bo’ka uchun umumiy bo’lgan tuzilmalarni belgilang. 1) vakuola; 2) sentriola; 3) yadro; 4) ribasoma; 5) xloroplast; 6) mitaxondriya; 7) endoplazmatik to’r; 8) mikronaycha

23 / 40

Exinokokk bilan mantiqiy bog‘liq bo'lgan tushunchalarni aniqlang. 1)so‘rg‘ichlar; 2)qizilo‘ngach; 3)pilla; 4)analteshigi; 5)germafrodit; 6)zigota; 7)kutikula

24 / 40

Maturning sistematik birliklari to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. 1)loladoshlar oilasi; 2)bir urug‘pallalilar sinfi; 3)piyozdoshlar oilasi; 4)ikki urug`pallalilar sinfi; 5)magnoliyatoifalilar bo'limi; 6)qarag‘aytoifalilar bo`limi.

25 / 40

Gultojbarglari erkin (a) va gulkosachabarglari erkin (b) dorivor o’simliklarni aniqlang. 1) yerbag’ir tugmachagul; 2) cherkez; 3) oddiy jag’-jag’; 4) na’matak; 5) sachratqi; 6) dorivor gulxayri

26 / 40

Yo’sinlarning gametofiti uchun xos bo’lgan to’g’ri javoblarni aniqlang. 1) sporadan rivojlanadi; 2) sporafit hisobiga rivojlanadi 3) jinssiz bo’g’in; 4) ko’p hujayrali; 5) poya-bargli o’simlik; 6) zigota hosil qiladi; 7) spora hosil qiladi

27 / 40

Zohid qisqichbaqasi uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1. korall poliplari bilan simbioz holda yashaydi 2. yakka o`troq yashovchi bo`shliqichlilar bilan simbioz holda yashaydi 3.birgalikda yashash faqat bitta organizm uchun foydali 4. nafas olish organi traxeya 5. yuragi kameralarga bo`linmagan 6. dengizlarda uchraydi 7. buyragi bitta tasmasimon 8. u kiradigan sinfda 300 000 tur hayvon bor 9. murakkab ko`zga ega

28 / 40

Yozish, yugurish, biror bir jismoniy mashq bajarish markazi yarimsharlar po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan?

29 / 40

Oqquray o‘simligiga xos belgilarni aniqlang. 1)burchoqdoshlar oilasi vakili; 2)gullari, to`g`ri; 3)gullari shamol yordamida changlanadi; 4) barglaripoyada qarama- qarshi joylashgan; 5)mevasi dukkak; 6)gullari qiyshiq; 7)barglari yonbargchali

30 / 40

Erkaklarida bitta (a), bir juft (b) va juda ko’p (c) urug’donlarga ega hayvonlarni juftlang. 1) bolalar gijjasi; 2) trixogramma; 3) podolariy; 4) askarida; 5) kolorado qo’ng’izi; 6) bitinya; 7) qoramol tasmasimoni; 8) cho’chqa tasmasimoni; 9) forel; 10) gorbusha

31 / 40

Kvaksha va sargan uchun umumiy bo'lmagan xususiyatlarn ibelgilang. 1)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 2)ayirish organi uzun tasmasimon buyraklar hisoblanadi; 3)tuxum hujayrasi tashqi muhitda urug‘lanadi; 4)o'pka bilan nafas oladi; 5)yuragi 1 tayurak qorinchasi va 2ta bo'lmachadan iborat; 6) tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq

32 / 40

Qoziq tishlari kuchli rivojlangan sutemizuvchilar keltirilgan javobni belgilang.

33 / 40

Cho’l va dashtlarda (I), cho’l va adirlarda (II) va cho’l va sahroda (III) tarqalgan hayvonlarni juftlang.

34 / 40

Bargi oddiy, uzunchoq, tuxumsimon bo’lgan o’simlik turkumiga mansub o’simlikni belgilang.

35 / 40

Exinakokk va cho’chqa tasmasimoni uchun umumiy bo’lgan qaysi belgi cho’chqa tasmasimonini qoramol tasmasimonidan farq qilishga imkon beradi?

36 / 40

Ovqat tarkibidagi oqsil, yog` va uglevodning massa nisbati 1:1:5 ga teng bo`lib, ovqatdan ajralgan umumiy energiya 14450 k.J ga teng bo‘lsa, yog`dan ajralgan energiya oqsildan ajralgan energiyadan qanchaga (kj) farq qiladi?

37 / 40

Qisman suvga botgan holda o’sadigan, mevasi bir tutam popuklari yordamida tarqaladigan o’simlik:

38 / 40

Amudaryoning o’rta va quyi oqimida (a) Amudaryoning faqat quyi oqimida (b) tarqalgan organizmlarni aniqlang. 1) g’oz; 2) mo’ylov baliq; 3) bakra baliq; 4) moybaliq; 5) oqcha; 6) qilquyruq; 7) soxta kurakburun

39 / 40

Odam qon aylanish sitemasiga doir noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

40 / 40

Miqqiy uchun mantiqiy bog'liq bo'lgan tushunchalarni aniqlang. 1)muguz tumshuq; 2)to'rt kamerali yurak 3)quloq suprasi; 4)tish; 5)metamorfoz; 6)bosh miya katta yarimsharlari

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0