Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 6-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 194 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: HAMID OLIMJON 1 / 25 Maqolning davomini toping: «Xalqqa xizmat -...». A) asl saodat B) eng oliy baxt C) eng oliy saodat D) oliy himmat 2 / 25 Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko'ra zamonaviy va an'anaviy topishmoq kabi turlarga bo'linadi? A) yaratilishiga ko'ra B) zamonaviyligiga ko'ra C) tuzilishiga ko'ra D) shakliga ko'ra 3 / 25 «AI-jome' as-sahih» asari yana qanday nom bilan ham mashhur? A) sunnat B) kalom C) sanad D) musnad 4 / 25 Qaysi qatorda do'stga sodiq qolishni o’rgatuvchi masal berilgan? A) «Bo'ri bilan Laylak» B) «Eshak bilan baqalar C) «Kiyik bilan tokzor». D) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» 5 / 25 “Uch og‘a - ini botirlar” ertagidagi botirlarning yoshi qaysi qatorda to‘g‘ri va tartib bilan berilgan? A) 23, 19, 18 B) 21, 18, 16 C) 20, 18, 16 D) 22, 18, 17 6 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida Oygul ,qonxo’r xondan qutulgan Jambil eliga kimni rahbar etib tayinlaydi ? A) Tarlonni B) o’zini C) Darxonni D) Bahtiyorni 7 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» ertagida zolim xonni qayerda ushlashadi? A) bog'da B) bozorda C) saroyda D) og'ilda 8 / 25 Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Ushbu dostonda Oygul tabiatida o‘zbek qizlariga xos mardonalik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. B) Oygul: «Tiriklikda to‘ymovding sira qon-yoshga, Mana endi to‘yib ol, boshing ko‘mib ich», deya zolim xonning tanasidan uzilgan boshini chuqurga otadi. C) Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon Oygulni qutqarishga jazm qiladi. D) Ushbu dostonda Oygulning xalqni xon zulmidan xalos qilish niyatida katta qo‘shin bilan Jambilga hujum qilishi va g‘alabaga erishishi tasvirlanadi. 9 / 25 Hamid Olimjon xotirasiga ehtirom tarzida yozilgan «0'riklar gullar...», “Haykal “ she'rlarining muallifi kim? A) Zulfiya B) Anvar Obidjon C) Abdulla Oripov D) Usmon Azim 10 / 25 Oygul bilan Baxtiyor ertagida Darxon kim? A) В, С B) qo’zg’olon boshlig’i C) Oygulning otasi D) xizmatkor 11 / 25 Hamid Olimjon qalamiga mansub tarixiy mavzudagi she'riy drama qaysi? A) «Muqanna» B) «Mashrab» C) «Semurg'» D) «Jinoyat» 12 / 25 Qaysi javobda «Oygul bilan Baxtiyor» dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan? A) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi. B) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi. C) U Oygulning ko‘z o'ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi. D) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi. 13 / 25 Susambillik savdogar Oygul cholga sotish uchun bergan ikki halqa gavharni anday ta’riflaydi ? A) “Dunyodagi eng chiroyli gavhar “ B) “Yetti iqlimning boji “ C) “Sehrli gavhar “ D) “Bahosi yeti shahar bahosiga teng “ 14 / 25 Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramoni Oygul qayerlik edi? A) Naymanlik B) Matansoylik C) Susambillik D) Jambillik 15 / 25 H.Olimjonning "Oygul bilan Bahtiyor" ertagining yozilishiga sabab bo'lgan ertakni belgilang A) "Uch og'a ini botirlar" B) "Malikai Husnobod" C) "Guliqahqah" D) "Zumrad va Qimmat" 16 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan? A) 1940 B) 1937 C) 1930 D) 1909 17 / 25 "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida (H.Olimjon) uch oy sandiqda oqib yurgan Oygulni kim qutqargan edi? A) jurjonlik dehqon B) susambillik baliqchi C) Bahtiyor D) jambillik kampir 18 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonidagi xon zulmiga qarshi bosh ko‘targan xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan, kuchlar teng emasligi uchun mag‘lub bo‘lib, qizining ko‘z o‘ngida xon tomonidan qatl etilgan qahramon nomini aniqlang. A) Tarlon B) Baxtiyor C) Qoraxon D) Darxon 19 / 25 Oygul bilan Baxtiyorda Oygulni zindondan qutqargan qul? A) Dehqon B) Tarlon C) Baxtiyor D) Darxon 20 / 25 H.Olimjonning "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida susambillik savdogar "yetti iqlimning boji" deb nimani ta'riflagan? A) Jurjonlik podshohini B) Oygulni C) Ikki sirg’asini D) Ikki halqa gavharni 21 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida keltirilgan joy nomlarini aniqlang 1 Jambil 2 Jurjon 3 Susambil A) faqat 3 B) 1,2,3 C) 2.3 D) 1.2 22 / 25 Xirs va hirs so’zlarining ma’nosi? A) xirs ayiq, hirs-insonning xunuk nafsi B) xirs-ilon, hirs-insonning nafsi C) xirs-polvon, hirs-ochko’zlik D) xirs-bo’ri, hirs-insonning xunuk yuzi 23 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida “xirs”(ayiq)ga o’xshatilgan inson? A) Darxon B) Jambilning zolim xoni C) Jarjon shoxi D) o’tinchi chol 24 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramoni Baxtiyor qayerlik edi? A) Susambillik B) Jambillik C) Naymanlik D) Matansoylik 25 / 25 "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida Oygulni sandiqqa solib, oqizib yuborgan kim edi? A) Bahtiyor B) Darxon C) Xon D) Tarlon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz