Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 7-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 325 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: AKA – UKA GRIMLAR 1 / 25 Topishmoqlar qancha hajmda va qanday shaklda bo’ladi ? A) nasriy va she’riy ,to’rt misragacha va undan ko’p B) lirik ,ikki –to’rt misrali C) nasriy ,hajmi chegaralanmagan D) dramatik ,to’rt misragacha 2 / 25 Imom Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», - degan gaplarni aytgan? A) Buxoro amiri Ahmad ibn Xorunning B) Qo'qon xoni Nasrulloning C) Qo'qon xoni Xudoyorxonning D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning 3 / 25 “Ovqat va kiyimning yangisi, do’stning eskisi yaxshi”. Mazkur xalq maqoliga mos keluvchi g’oya Ezopning qaysi masalida ifodalangan? A) “Yovvoyi echkilar va cho’pon” B) “Burgut, zag’cha va cho’pon” C) “Ustiga tuz yuklangan eshak” D) “Eshak bilan baqalar” 4 / 25 Uch og'ayni botirlar ertagida ota og'illarga uchta narsa-ga katta e'tibor berganini aytadi va yana uchta narsani og'illariga oldindan uqtiradi. Bular qaysilar? A) «To'g'ri bo'ling», «Maqtanchoq bo'lmang»,”Dangasalik qilmang” B) «Mehnatkash bo'ling», «Hamisha salom bering», «Hunarli bo'ling» C) «Hushyor bo'ling», «Vaqtida dam oling» ,”Sabrli bo’ling “ D) «Rahmdil bo'ling», «Yaxshilik qiling», «Yolg'on so'zlamang» 5 / 25 Xirs va hirs so’zlarining ma’nosi? A) xirs-polvon, hirs-ochko’zlik B) xirs ayiq, hirs-insonning xunuk nafsi C) xirs-bo’ri, hirs-insonning xunuk yuzi D) xirs-ilon, hirs-insonning nafsi 6 / 25 Aka-uka Grimmlar qaysi xalq og'zaki ijodining gullab- yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo'shdilar? A) ispan B) ingliz C) olmon D) fransuz 7 / 25 Podhsoh ,ularga qarashga odamning yuragi dov bermaydigan changalzor o'rmondagi ikki qaroqchini yo'q qilish uchun Gansga yordam uchun nechta suvoriyni qo'shib jo'natadi ? A) 40 nafar B) 100 nafar C) 10 nafar D) 7 nafar 8 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida: «Bu pahlavondan biz nima yaxshilik ko'rardik? Axir jahli chiqqanda yettitasini o'ldiradi-ku... Agar jahli chiqib ketsa, bizning hammamizni qirib tashlaydi», - deya qiroldan uyiga ketishga javob so'ragan kimlar edi? A) qirol musiqachilari B) qirol jangchilari C) saroy oshpazlari D) saroy vazirlari 9 / 25 Gansning oxirgi qahramonligi .... A) ikki qaroqchini yo'q qilish B) yakkashoxni yo'q qilish) C) qora yo'rg'ani tutish D) yovvoyi eshakni yo'q qilish 10 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, mushtumida siqadi va go'yo toshdan suv chiqqandek ko'rinadi? A) sariyog'ni B) tuxumni C) olxo'rini D) pishloqni 11 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida yakkashox qanday tasvirianadi? A) «Dahshatli ko'zlari o'tkir, o'tkir shoxi qilichday keskir, kecha-kunduz tortguday shabgir...» B) «Qo'rqinchli, junlari hurpaygan, o'tkir shoxi qilichday...» C) «Afsonaviy Humodek oppoq qanotli, burgut ko'zli, o'tkir shoxi qilichday...» D) «Afsonaviy otlarday baquvvat, qanotlari burgutnikiday uzun,o'tkir shoxi qilichday...» 12 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obrazlar tikuvchiga yomonlikni, hatto o'limni ravo ko'rishadi, natijada esa, o'zlari qazigan chohga o'zlari tushishadi? A) qaroqchilar, ulkan odamlar, qirol B) qirol, ulkan odamlar, qirol oshpazlari C) ulkan odamlar, qirol va uning askarlari D) qaroqchilar, ulkan odamlar, qirolning askarlari 13 / 25 Gans ulkan odamga nimani taklif etadi? A) o'ziga shogird tushishini B) jang qilib kuch sinashishni C) birga ovga chiqishni D) birga dunyo kezishni 14 / 25 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi jumla kim tomonidan kim haqida aytilgan? «Men kuchsizman-u, aqlliman, sen bo'lsang ahmoqsan-u, kuching ko'p. Men seni har vaqt aldab keta olaman...» A) tikuvchi tomonidan yakkashox haqida B) tikuvchi tomonidan ulkan odam haqida C) qirol askari tomonidan qaroqchi haqida D) qirol askari tomonidan tikuvchi haqida 15 / 25 Tikuvchi Gans o'rmondagi ikki qaroqchini yo'q qilishni qanday uddaladi ? A) uyqudagi qaroqchilarga tosh otib uyg'otib ,bir -biri bilan urishtirib B) ularning ovqatiga uyqu dori solib C) sehrli ignasi yordamida D) 100 nafar suvoriy yordamida 16 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz tikuvchini temir gurzi bilan o'ldirmoqchi bo'ladi? A) ulkan odam B) qirol C) qirol askari D) yakkashox 17 / 25 Botir tikuvchining ismini toping A) Gans B) Vilgelm C) Yakob D) A va B 18 / 25 Grimmlarning dunyoga mashhur qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so'kish eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo'lib, ertak davomida o'zlarining halol mehnati, yoqimli so'z va odoblari bilan baxtiyor bo'ladilar? A) «Qor malikasi», «Duymchaxon» B) «Zolushka», «Qorqiz» C) «Duymchaxon», «Qorqiz» D) «Zolushka», «Qor malikasi» 19 / 25 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi ashula qaysi obraz tomonidan ijro etilgan? Bolalar yo'l oldi chopishib, chaqqon, Darvozadan to'g'ri polizga tomon. A) ulkan odam tomonidan B) Gans tomonidan C) Jeyms tomonidan D) qirol askari tomonidan 20 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida katta daraxtga qo'shib o'zi bilmagan holda tikuvchini ham ko'targan obraz(lar) qaysi? A) qirol B) qaroqchi(lar) C) ulkan odam D) qirol askar(lar)i 21 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz: «...dahshatli yirtqich», -deya tasvirlanadi? A) qaroqchi B) ulkan odam C) qirol D) yakkashox 22 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, yuqoriga uloqtiradi va go'yo «tosh» «to'ppa-to'g'ri osmonning o'ziga» borib tushgandek ko'rinadi? A) qushni B) momaqaymoqni C) sariyog'ni D) sharni 23 / 25 Gans daraxtning qaysi qismini ko’tarishini bildiradi? A) tanasini B) barglarini C) tomirini D) shox-shabbalarini 24 / 25 Botir tikuvchi sotib olgan murabbo nimadan tayyorlangan edi? A) anor B) o’rik C) olxo’ri D) gilos 25 / 25 “Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi bahaybat odamni qayerda uchratadi? A) cho'lda B) tog'da C) dalada D) bog'da 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz