Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 7-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 315 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: AKA – UKA GRIMLAR 1 / 25 Topishmoqning javobini toping: «Otasi uzun xo'ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar». A) yil, oy, kunlar B) anjir daraxti, bargi, mevalari C) quyosh, oy, yulduzlar D) tok, bargi, uzumi 2 / 25 Qaysi javobda Al-Buxoriy asarlarining nomi to'g'ri ko'rsatilgan? 1) "Al jomi’ as-sahih"; 2) "Al-adab al-mufrad"; 3) "Kanz ul-haqoyiq"; 4)"Nafohot-ul uns". A) 2, 4 B) 1.3 C) 3, 4 D) 1, 2 3 / 25 Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi.Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar mqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar.Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) «Yovvoyi echkilar bilan chopon» B) «Ustiga tuz ortilgan eshak» C) «Bo‘ri bilan laylak» D) «Eshak bilan baqalar» 4 / 25 Ertaklar qaysi hududda qanday nom bilan ataladi? 1.Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona 2.Buxoro atroflari 3.Xorazm 4.Toshkent a) cho’pchak b) ushuk d) matal e) varsaki A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-e B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d D) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a 5 / 25 Hamid Olimjon qalamiga mansub tarixiy mavzudagi she'riy drama qaysi? A) «Muqanna» B) «Semurg'» C) «Mashrab» D) «Jinoyat» 6 / 25 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi jumla kim tomonidan kim haqida aytilgan? «Men kuchsizman-u, aqlliman, sen bo'lsang ahmoqsan-u, kuching ko'p. Men seni har vaqt aldab keta olaman...» A) qirol askari tomonidan qaroqchi haqida B) tikuvchi tomonidan yakkashox haqida C) tikuvchi tomonidan ulkan odam haqida D) qirol askari tomonidan tikuvchi haqida 7 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz tikuvchini temir gurzi bilan o'ldirmoqchi bo'ladi? A) yakkashox B) qirol C) ulkan odam D) qirol askari 8 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, mushtumida siqadi va go'yo toshdan suv chiqqandek ko'rinadi? A) olxo'rini B) tuxumni C) pishloqni D) sariyog'ni 9 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida: «Bu pahlavondan biz nima yaxshilik ko'rardik? Axir jahli chiqqanda yettitasini o'ldiradi-ku... Agar jahli chiqib ketsa, bizning hammamizni qirib tashlaydi», - deya qiroldan uyiga ketishga javob so'ragan kimlar edi? A) qirol musiqachilari B) saroy oshpazlari C) qirol jangchilari D) saroy vazirlari 10 / 25 Botir tikuvchi sotib olgan murabbo nimadan tayyorlangan edi? A) gilos B) anor C) o’rik D) olxo’ri 11 / 25 Gans daraxtning qaysi qismini ko’tarishini bildiradi? A) shox-shabbalarini B) tomirini C) barglarini D) tanasini 12 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz: «...dahshatli yirtqich», -deya tasvirlanadi? A) qaroqchi B) ulkan odam C) qirol D) yakkashox 13 / 25 Botir tikuvchining ismini toping A) Gans B) Vilgelm C) Yakob D) A va B 14 / 25 Aka-uka Grimmlar qaysi xalq og'zaki ijodining gullab- yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo'shdilar? A) ingliz B) fransuz C) ispan D) olmon 15 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida yakkashox qanday tasvirianadi? A) «Dahshatli ko'zlari o'tkir, o'tkir shoxi qilichday keskir, kecha-kunduz tortguday shabgir...» B) «Afsonaviy Humodek oppoq qanotli, burgut ko'zli, o'tkir shoxi qilichday...» C) «Afsonaviy otlarday baquvvat, qanotlari burgutnikiday uzun,o'tkir shoxi qilichday...» D) «Qo'rqinchli, junlari hurpaygan, o'tkir shoxi qilichday...» 16 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida qaysi obrazlar tikuvchiga yomonlikni, hatto o'limni ravo ko'rishadi, natijada esa, o'zlari qazigan chohga o'zlari tushishadi? A) qaroqchilar, ulkan odamlar, qirol B) qirol, ulkan odamlar, qirol oshpazlari C) ulkan odamlar, qirol va uning askarlari D) qaroqchilar, ulkan odamlar, qirolning askarlari 17 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida katta daraxtga qo'shib o'zi bilmagan holda tikuvchini ham ko'targan obraz(lar) qaysi? A) qaroqchi(lar) B) ulkan odam C) qirol D) qirol askar(lar)i 18 / 25 Podhsoh ,ularga qarashga odamning yuragi dov bermaydigan changalzor o'rmondagi ikki qaroqchini yo'q qilish uchun Gansga yordam uchun nechta suvoriyni qo'shib jo'natadi ? A) 7 nafar B) 40 nafar C) 100 nafar D) 10 nafar 19 / 25 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi ashula qaysi obraz tomonidan ijro etilgan? Bolalar yo'l oldi chopishib, chaqqon, Darvozadan to'g'ri polizga tomon. A) Gans tomonidan B) ulkan odam tomonidan C) Jeyms tomonidan D) qirol askari tomonidan 20 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, yuqoriga uloqtiradi va go'yo «tosh» «to'ppa-to'g'ri osmonning o'ziga» borib tushgandek ko'rinadi? A) qushni B) sharni C) momaqaymoqni D) sariyog'ni 21 / 25 Tikuvchi Gans o'rmondagi ikki qaroqchini yo'q qilishni qanday uddaladi ? A) sehrli ignasi yordamida B) 100 nafar suvoriy yordamida C) uyqudagi qaroqchilarga tosh otib uyg'otib ,bir -biri bilan urishtirib D) ularning ovqatiga uyqu dori solib 22 / 25 “Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi bahaybat odamni qayerda uchratadi? A) dalada B) bog'da C) tog'da D) cho'lda 23 / 25 Gansning oxirgi qahramonligi .... A) yakkashoxni yo'q qilish) B) qora yo'rg'ani tutish C) ikki qaroqchini yo'q qilish D) yovvoyi eshakni yo'q qilish 24 / 25 Gans ulkan odamga nimani taklif etadi? A) birga dunyo kezishni B) jang qilib kuch sinashishni C) o'ziga shogird tushishini D) birga ovga chiqishni 25 / 25 Grimmlarning dunyoga mashhur qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so'kish eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo'lib, ertak davomida o'zlarining halol mehnati, yoqimli so'z va odoblari bilan baxtiyor bo'ladilar? A) «Zolushka», «Qorqiz» B) «Zolushka», «Qor malikasi» C) «Duymchaxon», «Qorqiz» D) «Qor malikasi», «Duymchaxon» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz