Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » On tili va adabiyot attestatsiya №8 Ona tili va adabiyot attestatsiya On tili va adabiyot attestatsiya №8 InfoMaster Mart 4, 2022 120 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l 2 / 40 Quyidagi qaysi gapda qattiq so`zining ko`chma ma`nosi bilan antonimlik hosil qiladigan so`z qatnashgan? A) Samandar nafis qo`llari bilan testni bo`yayapti. B) Mohinur yumshoq ko`rpachaga cho`zilib o`tiribdi. C) Mohinur mustahkam shisha bilan Mushtariyning boshini yorib qo`ydi. D) Guruhimizdagi eng saxiy o`quvchi –menga ikki kilogram tandir olib kelgan o`quvchi. 3 / 40 Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? A) Goh ko`chada, goh maktabda uni ko`rib turardim-u, hech yurak yutib gaplasholmasdim. B) Agar birov xafa qilgan bo`lsa ayt, mana shu tayog`im bilan gardaniga bir tushiray. C) Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin xayollarimdan asar ham qolmay, ko`nglim g`ash bo`ldi. D) O`sha kezlarda men shularning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rib yurgan bo`lsam ham, ammo tub mohiyatiga uncha tushunib yetmagan edim. 4 / 40 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar qaysilar? 1)shevaga xos so`z, ibora, grammatik shakllar, urg`u va talaffuz; 2)o`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari (varvarizmlar); 3)dag`al, haqorat so`z va iboralar (vulgarizmlar); 4)“ishlamaydigan” yoki parzit so`zlar; 5)idoraviy so`z va iboralar (kanselyarizmlar). A) 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5 5 / 40 Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan? A) Boshimg’a yoqqan g’am toshi mingdin biricha bo’lmag’ay, Gardun agar ming Besutun yog’dursa farhod ustina, B) Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun, Mehribon munis o’shal dildoridan ayrilmasun. C) Sendek menga bir yori jafokor toipilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. D) Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar, Solurlar el ani suvg’a yalang’och. 6 / 40 Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping. A) Sondan yasalgan sifat qatnashgan B) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan C) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan D) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan 7 / 40 “Farhod va Shirin “ dostonida Farhod kimlardan ishq sirlarini o’rganadi? 1) Boniy; 2) Moniy; 3)Qoran; 4) Suhaylo; 5) Suqrot. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 8 / 40 Og’ilxonada o’nga yaqin tuyoqlarimiz bor. Ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan? A) vazifadoshlik B) metafora C) metonimiya D) sinekdoxa 9 / 40 Darhaqiqat, shunday illatlar borki, ular harom: jamiyatning olg’a qadam qo’yishiga to’sqinlik qiladi. Barcha yomonliklar kaliti va odam umrining kushandasi – “oq ajal”ga ruju qo’yish qanchadan qancha oilalarning buzilib, farzandlarini yetim qolishiga sababchi bo’ladi. Hali balog’at ostonasidan o’tmagan bolalarning qing’ir ish va bezorilikka qo’l urishi esa ota-onalar qaddini egib, sha’nini toptaydi. Bugun raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining tezlashishi natijasida taraqqiyot kushandasining payi qirqilmoqda. Yoshlarimiz halol va haromnni farqlab olishlari, shubhasiz jamiyatga tushkan qurtlar olamining kamayishiga olib keladi. Insoniyat kelajagiga qora tamg’a bo’lgan bu illatlarni oynayi jahon va hayot ko’zgusi orqali ayovsiz fosh qilish, adolat qo’rg’oni hukmiga topshirish davr talabidir. Ushbu matnda necha o’rinda tasviriy ifoda qo’llangan? A) 9ta B) 7ta C) 6ta D) 8ta 10 / 40 Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Quyoshday nur sochsin chashming-qarog’ing, Magar chinor bo’lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. Ushbu satrlarda nechta tovush o’zgarish mavjud? A) 2ta B) 5ta C) 4ta D) 3ta 11 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Matn mazmuniga mos bo`lmagan xulosani aniqlang. A) Hukmdor poraxo`r bo`lsa, yurtni parokanda qiladi. B) Kishining mol-u dunyosi emas, ezgu amallari unga abadiy ziynatdir. C) Inson har qancha qudratli bo`lsa ham, dunyoga mutlaq hukmron bo`la olmaydi. D) Umr o`tkinchi, ezgu ishlarni o`z vaqtida qilib qolishga shoshilish lozim. 12 / 40 “Kecha va kunduz” asaridagi qahramonlarni kasblari bilan to`g`ri moslashtiring. 1)rus mirzasi; 2) inoq mirzasi; 3) musulmon mirzasi; a)Sokolov; b) Hakimjon; c) Mirzabobo A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c 13 / 40 Ko`pdin berikim yor-u diyorim yo`qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo`qtur. Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo`qtur. Ushbu she`riy misralar haqidagi qaysi ma`lumot to`g`ri emas? A) Qofiyadosh so`zlarda “r” tovushi raviy bo`lib kelgan B) Radifi bir so`zdan iborat C) Ushbu misralarda talmeh san`atidan foydalanilgan D) Ushbu misralarda tazod san`atidan foydalanilgan 14 / 40 Hayotsevarlik shoir ijodida asosiy mavzulardan biri edi. Uning umumijodida bu g`oya bosh masala yanglig` ilgari suriladi. “______” dagi mashhur: Xushdurur bog`i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli, – degan bayt yorqin misoldir. Adib va asar nomi to`g`ri berilgan qator? A) Navoiy “Sab`ayi sayyor” B) Navoiy “Saddi Iskandariy” C) Sa`diy “Guliston” D) Sa`diy “Bo`ston” 15 / 40 Jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratgan adibning asari berilgan javobni toping. A) “Qutbdagi gunafsha” B) “Bochka cho`pchagi” C) “Bulbul” D) “Zolushka” 16 / 40 Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko`makchini unga ma`nodosh bo`lgan kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`ladi? A) Sodiq yugurib kelib koptokni zarb bilan tepdi. B) U Miyonko`lda bo`lgan jangda sher yanglig` kurashdi. C) Suvga egilib turgan jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. D) Biz har yili dam olish uchun shu yerga kelamiz. 17 / 40 Tiniq osmon o`zining bor go`zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug`vorlik bilan bizga ko`z-ko`z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so`zlar sonini aniqlang. A) 5 B) 3 C) 6 D) 4 18 / 40 Avstraliyada ajoyib yurt vakillari yashagan. Materikka kelgan yevropaliklar bu yerning o‘zgacha xalqini yovvoyi odamlar deb hisoblashgan. Chunki ularning davlati ham, uyi ham yo‘q. Ular jamoa tarzida yashab, oziq-ovqatni ov orqali topishadi. Aborigenlar hayoti va turmush tarzi bilan yaqindan tanishuv ularning yovvoyi emasligini ko‘rsatadi. Aynan aborigenlar aqlli bumerang nomli o‘roqsimon qurol o‘ylab topishgan. Buni qarangki, otilgan qurol mo‘ljalga olingan jonzotga tegmasa, yana aylanib ovchiga qaytib kelardi. Berilgan matnda fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta? A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta 19 / 40 Qaysi gapda tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan? A) Naqadar go`zal jonivor bular. Sevaman, ko`ngildan, chindan sevaman otlarni!.. B) Temur insoniylik xususiyatlariga ega bo`lgan buyuk shaxs edi. C) Hovlimizda ko`cha eshikdan kiraverishda kichkina, g`ishtin uycha bor. D) Bog`imizdan nafis va chiroyli gullarning xushbo`y hidlari anqiydi. 20 / 40 “Ravshan” dostonida “O`z holini bilmas” ma`nosida ishlatilgan so`z? A) tingjiramoq B) taraqqos boylamoq C) chengnamoq D) sinlamoq 21 / 40 Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi? A) “Qo`ng`iroqli yolg`onchi” B) “Dahshatli Meshpolvon” C) “Masxaraboz bola” D) “ Qorinbotir” 22 / 40 Qaysi javobda yuklamaning ikki ma`no turi qatnashgan? A) Nosir oxun eski bo`lsa-da, ozoda libosda edi. B) Mevani gullata bilishgina emas, undan mo`l va shirin hosil olish ham san`at. C) Na so`ngiga yetoldi ishning Na dunyoni anglab ulgurdi. D) Charchadim. Siz ham meni o`ylamaysiz-da. 23 / 40 Qaysi javobdagi ma`lumot Saida Zunnunova haqida? A) “Quyoshli qalam” nomli poema muallifi B) “Xandon pista” deb nomlangan hajviy to`plami bor. C) Uning ilk she`ri “Salom senga” nomi bilan “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. D) Bolalarga bag`ishlangan “Dunyo bolalari” nomli hikoyalar to`plamini nashr qildirgan. 24 / 40 Kitob Xalqaro kenglik Stansiyasi dunyodagi 5 ta yirik rasadxonalardan biridir. AQSHda ikkita, Yaponiya va Italiyada bittadan ana shunday obyekt allaqachon muzeyga aylantirilgan. Kitobdagi bu maskanda esa asteroidlar himoyasi dasturi hamda kosmik ekologiya doirasida izlanishlar olib borilmoqda. Stansiyaga kuniga yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy say yohlar tashrif buyuradilar. Astronomik tadqiqotlarni o‘rganishga qiziqqan yoshlar uchun hududda koinotga sayohat qilish va yulduzlarni kuzatishga moslash tirilgan pavilyon ham qurilgan. („kitobsayyoh.uz“ dan) Berilgan matnda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning nechtasining oxirgi bo`g`ini urg`uli bo`g`in hisoblanadi? A) 6 tasi B) 5 tasi C) 7 tasi D) 4 tasi 25 / 40 “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasida Shoikromning kasbi? A) muovun B) quruvchi C) qarovul D) montyor 26 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to`g`ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… . A) o`z xazinalari, boyliklari bilan birga ko`mishlarini vasiyat qilibdi. B) umrining so`ngida dunyoning ko`plab xalqlarini o`ziga tobe qilganidan g`ururlanibdi. C) bitmas xazina, ko`p boylik o`z hayitining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. D) umrining so`ngida bu dunyoning o`tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. 27 / 40 Bolala... o‘z otalari...an ...eros qi...ib ola...igan uch a...zal na...sa bor, bular: ...ushmuomalalik, odo..., s...doqat. Yuqoridagi hikmatli gap tarkibidagi nuqtalar o`rniga qo`yilishi kerak bo`lgan undoshlar undoshlarning uch tasnifidan qaysi biri ularni birlashtiradi? A) uch tasnifidan birortasi ularni birlashtirmaydi B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra C) hosil bo`lish o`rniga ko`ra D) hosil bo`lish usuliga ko`ra 28 / 40 Hukmdorlikni o`rnatadigan, himoya qiladigan va ko`paytiradigan narsalar – katta boylik, qo`shin, adolatli siyosatdir, ularni bir-birovisiz tasavvur qilish qiyin.Ushbu gapda qatnashgan fe`llar haqida berilgan qaysi fikr to`g`ri? A) Ushbu gapda barcha yasama fe`llar tarkibida ikkitadan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha qatnashgan. B) Ushbu gapda barcha fe`llar o`timli fe`llar sanaladi. C) Ushbu gapda tarkibida lug`aviy shakl yasovchilar qatnashgan tub fe`l mavjud. D) Ushbu gapdagi sodda yasama fe`llar bir xil so`z turkumidan yasalgan. 29 / 40 Qaysi gapdagi eganing asosi fe`l bilan shakldosh bo`la oladi? A) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani. B) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o`tgan anhor bo`yidagi tolzor uning sevimli maskani edi. C) Bog`bon yosh nihollarni avaylab parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi. D) Yozgi ta`tilda men badiiy kitoblar o`qishni rejalashtirganman. 30 / 40 Tire tushirib qodirilgan qo`shma gapni aniqlang? A) Do`kondorlar orasida faqat bir kishi o`ttiz besh-qirq yoshlardagi qandolatfurush sergak edi. B) Osmonda, darxtlarda, toshlarda, bog`otlarda hamma yerda chumchuqlar chirqillashadi. C) Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo`yab ko`rdi yulduzlar o`z rangida xira miltillab turaverdi. D) Yigitlar daraxtlarning tagini yumshatdilar qizlar maktab hovlisini supurdilar. 31 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Matndagi tagiga chizib ko`rsatilgan so`zlardan birortasining ham ma`nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. A) egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo`jayinlik qilmagan B) obod, yashnagan, baxtiyor C) faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan narsa D) koinot, olam, falak, osmon 32 / 40 Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`zlar soni ikkita? A) O`rtadagi xontahtada kechadan qolgan kabop va meva- cheva bor edi. B) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasta tozalab qo`yadi. C) Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. D) Zebi yuragida tugulib yotgan zo`r tugunni yechib yuborgan edi. 33 / 40 Asosida unli va jarangli undoshlargina ishtirok etgan yasama otlar berilgan javobni aniqlang. A) g`azalxon, supurgi B) bezak, bo`yoq C) arrani, lolani D) suzgich, tuzdon 34 / 40 “O`lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har holda , yashamoq – o`lmoqdan afzalroqdir”, – degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida yoshida o`n besh yillik mahkumlikka rozi bo`lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang. A) Anton Chexov B) Jek London C) Robindranath Thakur D) Alfons Dode 35 / 40 Bokschilarimiz jahon chempionatlarida o`z raqiblarini ilk raundlardayoq yutmoqda. Qaysi gapda tagiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qatnashmagan. A) Shifokor bergan dorisini qoldirmasdan ichishni buyurdi. B) Ko`rinmas dushman ustidan zafar quchgan yurtdoshlarimiz bilan faxrlanamiz. C) Muzaffar bo`l, g`olib bo`l, o`lkam, Do`st-u yor-u qardoshing bilan! D) Biz bu gal ham, albatta, g`alaba qozonamiz, do`stim. 36 / 40 “Aql qayrog`i” tasviriy ifodasining ma`nodoshi qaysi qatorda berilgan? A) hayot ko‘zgusi B) ilm bulog`i C) ma`rifat nurxonasi D) ziyo maskani 37 / 40 Millatning o`zligini tayin etadigan eng so`nggi va bebaho xazina - milliy g`urur ekani voqeaband yo`sinda aks ettirilgan “Eng so`nggi xazina” she`ri qaysi shoir qalamiga mansub? A) Omon Matjon B) Muhammad Yusuf C) Halima Xudoyberdiyeva D) Shavkat Rahmon 38 / 40 Berilgan so`zlardan qaysilarida chiziqcha notog`ri qo`llangan? 1) abri-bahor; 2) abri-navbahor; 3) abri-nayson; 4) adabiy- madaniy; 5) adabiy-ma`rifiy; 6) adabiy-nazariy. A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 39 / 40 Tarkibidagi ikkinchi qo`shimchasi faoliyat-jarayon otini yasashga xizmat qilgan so`zlar qatorini toping? A) bilimdonlik, odamgarchilik B) yuzakilik, terimchilik C) bog`dorchilik, chidamsizlik D) gulchilikni, to`kinchilik 40 / 40 Nahot mening yuragimni zanglatguvchi – sen, Ko`klam oshiq gulzorimni sarg`aytguvchi – sen. (H.Xudoyberdiyeva) Yuqoridagi misrada qatnashgan shakl yasovchi qo`shimchalar miqdori? A) 10 ta B) 6 ta C) 9 ta D) 7 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 18 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11