Fizika attestatsiya №6

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №6

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Qiya tekislikning qiyaligi 0,6 ga teng. shu qiya tekislik yordamida 10 kg massali yukni qanday kuch (N) bilan qiya tekislik bilan yuqoriga tekis ko’tarish mumkin? Ishqalanish kuchini hisobga olmang? g=10m/s²

2 / 40

Yuzalari 30 sm² va 330 sm² bo’lgan gidravlik press kuchdan necha marta yutuq beradi ? Ishqalanish yo’q.

3 / 40

Suv tubida 1,33 m chuqurlikda yotgan buyum tepadan qaralganda qanday chuqurlida ko’rinadi? n=1,33.

4 / 40

Kichik bir sayyoraning radiusi 300 km zichligi esa 4 gr/sm³. Bu sayyoradan 20 m/s tezlik bilan otilgan toshning maksimal ko’tarilish balandligini (m) toping? π=3

5 / 40

28,8 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 1000 kg massali avtomobil motor o’chirilgach yana 50 m yo’l yurib to’xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi qanday (N)?

6 / 40

Ichki energiyasi 120 kJ bo’lgan geliy gazi 400 l hajmli idishda turubdi. Idishdagi bosimni aniqlang? (kPa) geliy bir atomli gaz.

7 / 40

Hajmi 1 dm³ bo’lgan temir bo’lagi suvga tushlandi. Temirga ta’sir etayotgan Arximed kuchini (N) toping? Suvning zichligi 1000 kg/m³ ga teng. g=10 m/s².

8 / 40

Rasmda ikkita ingichka va cheksiz uzun o`tkazgichlar tasvirlangan. I tok o`tayotgan o`tkazgichning A nuqtada hosil qilgan magnit maydon induksiyasi B ga teng bo`lsa, shu nuqtadagi natijaviy magnit maydon induksiyasi nimaga teng?

9 / 40

Suv bilan limmo lim to’lgan idishga 1 kg massali muz tashlandi. Muz siqib chiqargan suvning hajmini (l) da toping? muz va suvning zichliklari mos ravishda 1 va 0,9 g/sm³ ga teng deb hisoblansin.

10 / 40

Massasi 5 kg va tezligi 20 m/s bo’lgan jismning kinetic energiyasini (J) da toping?

11 / 40

72 km/h tezlik bilan harakatlanganda 40 kN qarshilik kuchini yengadigan avtobus divigatelining quvvatini (kW) toping?

12 / 40

Massasi 2 tonna bo’lgan avtomabil qanday tezlik (m/s) bilan harakatlanganda qavariq ko’prikning eng yuqori nuqtasida vaznsiz holatda bo’ladi? Ko’prikning egrilik radiusi 40 m ga teng. g=10m/s²

13 / 40

Agar shaxta tubida barometr 85 sm sim.ust.ni, yer sirtida 78 sm sim.ust.ni ko’rsatsa shaxtaning chuqurligini aniqlang. (m)

14 / 40

Gorizontga burchak ostida 30 m/s tezlik bilan otilgan jismning 25 m balandlikdagi tezligini (m/s) toping?

15 / 40

Massasi 70 kg bo’lgan odam qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan blok yordamida qanday massali (kg) yukni o’zgarmas tezlik bilan ko’tara oladi? Sistemaning foydali ish koeffitsenti 0,6 ga teng.

16 / 40

4 10⁶ m/s tezlik bilan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga nisbatan 30° burchak ostida uchib kirgan elektronga ta’sir etuvchi lorens kuchini (10-14 N) toping? maydonning magnit induksiyasi 0,2 Tesla.

17 / 40

Yer sirtidan cheksiz uzoqlikda m massali jismga yerga tomon 4 km/s tezlik berilsa u yerga qanday tezlik (km/s) bilan uriladi? Yer uchun birinchi kosmik tezlik 8 km/s ga teng.

18 / 40

Induktivligi 0,2 Genri bo’lgan solenoidning chulg’amidan 10 A tok o’tmoqda. Solenoid magnit maydonining energiyasini aniqlang? (J)

19 / 40

+q hamda +2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 2r masofada turibdi. Ularning o`rtasida joylashgan A nuqtadagi potensial 3 V ga teng. A nuqtadan 2r masofaga Q nuqtaviy zaryad joylashtirilganda esa bu nuqtadagi potensial -3 V ni tashkil etdi. Q zaryadni toping.

20 / 40

Boshlang’ich tezliksiz 4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanishni boshlagan nexia avtomashinasining 4- va 3- sekundlargi bosib o’tgan yo’llar nisbatini toping?

21 / 40

Bir idishda 2 mol geliy (μ=4 g/mol) va 3 mol kislorod (μ=32 g/mol) bor. Aralashmaning izobarik jarayon uchun solishtirma issiqlik sig`imi (J/K·kg) qanchaga teng? Geliy va kislorod mos ravishda bir atomli va ikki atomli gazlar.

22 / 40

Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatni boshlagan moddiy nuqta 10 s da 100 m/s tezlikka erishgan bo’lsa, uning 10- sekundagi bosib o’tgan masofasini toping? (m)

23 / 40

Bosimi 60 kPa va hajmi 1 m³ bo’lgan gaz izotermik ravishda 4 m³ gacha kengaydi. Gazning keyigi bosimini (kPa) da toping?

24 / 40

Nur optik zichligi zichligi 2 ga teng bo’lgan muhitdan optik Zichligi √3 ga teng bo’lgan muhitga tushmoqda. Bu holatda to’la ichki qaytishning chegaraviy burchagini toping?

25 / 40

Agar R₁= R₂= R₃=8 (Ω) bo’lsa, zanjirning umumiy qarshiligini toping? (Ω)

26 / 40

Agar o`quvchining o`rtacha tezligi 1 m/s, uyidan maktabgacha bo`lgan masofa 600 m bo`lsa, u maktabga 750 da yetib borishi uchun uyidan soat nechada chiqishi kerak?

27 / 40

Vertolyot gorizontal ravishda 60 km uchib, 90 0 burchak ostida burildi va yana 80 km uchdi. Vertolyotni bosib o‘tgan yo‘lini toping(km).

28 / 40

Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping.

29 / 40

Jism koordinatasi (1;2) bo`lgan A nuqtadan koordinatasi (4;-1) bo`lgan B nuqtaga ko`chib o`tdi. Bunda jism ko`chish ektorining Ox o`qining musbat yo`nalishi bilan tashkil etgan burchagini toping.

30 / 40

Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi?

31 / 40

an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat?

32 / 40

Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

33 / 40

Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s)

34 / 40

10 kg massali jismni vertikal yuqoriga 2 m/s² tezlanish bilan ko‘tarish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi (N)? g=9,8 m/s²

35 / 40

Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi (kg)?

36 / 40

25,2 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan 600 kg massali avtomobil motor o‘chirilgach yana 50 m yo‘l yurib to‘xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)?

37 / 40

Ikki jism bir nuqtadan bir vaqtda biri yuqoriga , ikkinchisi pastga otildi. Ikkovi ham vertikaldan 60° burchak ostida 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, 2 s dan so’ng ular orasidagi masofa necha metr bo’ladi?

38 / 40

O’lchamlari 0,5x0,4x0,1 m bo’lgan taxta suvli bakda0,6 m masofada turubdi. Suv taxtani pastki qismini qanday kuch (kN) bilan bosadi. Bu yerda 0,1 taxtaning qalinligi deb hisoblang.

39 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

40 / 40

Silindr yon sirti yuzi 24π ga, hajmi 48π ga teng. Silindrning balandligini toping.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

85 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0