Uy » Attestatsiya testlar » Biologiya attestatsiya » Biologiya attestatsiya №2 Biologiya attestatsiya Biologiya attestatsiya №2 InfoMaster Yanvar 7, 2022 317 Ko'rishlar 220 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Biologiya fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Dastlabki evolutsion o'zgarishlar qaysi bosqichda kuzatiladi? A) Populyatsiya-tur B) Populyatsiya C) Tur D) Organizm 2 / 40 Qaysi xususiyat irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog’liq? A) O’z o’zini tiklash B) Qo’zg’aluvchanlik C) Ko’payish D) Harakatlanish 3 / 40 Qon aylanish sistemasi ochiq(I) va yopiq(II) hayvonlarni koʻrsating 1.dafniya 2.nereida 3.dreysena 4.taroqcha 5.midiya 6.qizil chuvalchang 7.perlovitsa 8.krevetka 9.dengiz koʻp tuklisi 10.langust A) I-2,6,9; II- 1,3,4,5,8 B) I-3,7,10; II-2,6,9 C) I- 1,3,4,7,9,10; II-2,6,8 D) I-1,2,3,7; II- 4,6,9,10 4 / 40 Tirik organizmlar qanday tuzilishga ega? A) Atom B) Hujayraviy C) Organkzmga hos tuzilish D) Molekulyar 5 / 40 Moddalar almashinuvi tashqi muhit va qaysi birlik o'rtasida sodir boladi? A) Hujayra B) Organizm C) Molekula D) to’g’ri javob berilmagan 6 / 40 Molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera. Bular nimalar ? A) Biologik atamalar B) Tiriklikning tuzilish darajalari C) Biologiyaning tarmoqlari D) to’g’ri javob berilmagan 7 / 40 Mezoderma qavati qaysi hayvonlarda rivojlanmagan A) Jigar qurti, exinokokk B) Aktiniya, aureliya C) Oq planariya, askarida D) Molluska, suvarak 8 / 40 Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan hayvonlar nima deyiladi A) Plaktonlar B) Limanlar C) Riflar D) Poliplar 9 / 40 Mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko'p hujayrali tirik tizimdan iborat tiriklik darajasi? A) Organizm B) Tur C) Hujayra D) Biogeotsenoz 10 / 40 Sodda hayvonlar tpida nechta sinf bir(a), qaysi sinf vakillarida hamma oziqlanish turlari namoyon(b) boʻladi, qaysi oziqlanish qaysi sinf vakillariga xos(c) A) a-4; b- infuzoriyalar; c- xivchinli B) a-3; b-sporali; c- kiprikli C) a-4; b- xivchinli; c- sporali D) a-4; b-kiprikli, c-sporali 11 / 40 Qaysi mutatsiyalar oqsil molekulasining funsional faoliyatini oʻzgartiradi A) Dominant B) Nuqtali C) Somatik D) Retsessiv 12 / 40 Organizm jinsini qaysi vaqtdan boshlab bilib olish mumkin? A) Tuxum hujayra urugʻlangandan keyin B) Gastrulatsiya davridan C) Urugʻlanish(zigota) davridan oldin D) Gameta davrida 13 / 40 Biokimyoviy usul yordamida qaysi kasallik belgilari aniqlangan A) Gemofiliya B) Qandli diabet C) Miopiya D) Animiya 14 / 40 Organizmlar fenotipining shakllanishi nimaga bogʻliq A) Genotipga va maʼlum darajada muhit omillariga B) Fizik, kimyoviy omillar taʼsiriga C) Faqat tashqi muhit omillariga D) Belgi va xususiyatlarning kelgusi avlodlarga birlashishiga 15 / 40 Makkajoʻxorining somatik hujayralarida nechta autosoma xromosomalar mavjud A) 4 ta B) 2 ta C) 10 ta D) 18 ta 16 / 40 Odam kariotipidagi autosomalar va jinsiy xromosomalar soni necha juftligi toʻgʻri berilgan javobni aniqlang A) 1 va 22 B) 21 va 3 C) 21 va 2 D) 22 va 1 17 / 40 Qanday genotipli odamlarning sochi taram taram boʻladi A) Gomozigota dominant B) Geterozigota dominant C) Retsessiv gomozigota D) A va B 18 / 40 Reaksiya normasining kengligi nima bilan aniqlanadi A) Fenotip B) Gen C) Irsiy axborot D) Genotip 19 / 40 Digeterezigotalar chatishtirilganda necha xil genotipik sinf hosil boʻladi A) 4 B) 12 C) 8 D) 9 20 / 40 Quyidagi berilgan chatishtirish nisbatlarining Qaysi biri epistaz taʼsiriga tegishli A) 9:06:01 B) 3:12 C) 3:13 D) 7:09 21 / 40 Makkajoʻxori hujayrasida nechta jinsiy xromosomalar mavjud A) 2 ta B) 4 ta C) 10 ta D) 18 ta 22 / 40 Organizmlar karotipining asosiy qismini nima tashkil etadi? A) Tana hujayralari B) X xromosoma C) Autosomalar D) Jinsiy xromosomalar 23 / 40 Nilufarning suvostidagi barglari lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon shaklda boʻlishi qanday oʻzgaruvchanlikka misol boʻladi A) Modifikatsion B) Mutatsion C) Kombinativ D) Rekombinativ 24 / 40 Fenotipik ajralishning miqdoriy nisbati 1:2:2:4:1:2:1:2:1 holatda boʻlishi qachon kuzatiladi A) Diduragay chatishtirishda B) Diduragay chala dominantlikda C) Komplementar taʼsirda D) Epistazda 25 / 40 Ikki belgisi boʻyicha geterozigota genotiplarni aniqlang 1. AabbCcDD 2. AAbbCCdd 3. AaBbCcdd 4. AABBCcDd 5. AABbCcDd A) 1,4,5 B) 1.4 C) 2.3 D) 3,4,5 26 / 40 Odamda nasldan naslga oʻtuvchi dominant belgilarni aniqlang A) Koʻk koʻz, jigarrang soch B) Pakanalik, koʻk koʻz, toʻgʻri soch C) Qoʻy koʻzi, malla soch, pakanalik D) Sepkellilar, pakanalik , qoʻy koʻz 27 / 40 Hashorotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklarning qaysi organlari juda oʻzgaruvchan boʻladi A) Bargi B) Poya C) Ildizpoyasi D) Guli 28 / 40 Digeterezigota organizmni koʻrsating A) aaBbCCdd B) aaBbCCDd C) aaBBCCDD D) AABbCcDd 29 / 40 Nomozshomgul oʻsimligi gulining rangi qanday irsiylanadi A) Retsessiv belgi B) Chala dominantlik C) Noallel genning dominantligi D) Dominant belgi 30 / 40 Quyidagi organizmlarda xromosomalarning birikkan guruhi soni toʻgʻri berilgan javobni aniqlang a- odam b- drozofila c- noʻxot A) a-23; b-8; c-14 B) a-22; b-4; c-8 C) a-24; b-8; c-9 D) a-23; b-4; c-7 31 / 40 Noʻxot oʻsimligining qaysi belgilari dominant holda irsiylanadi A) Oddiy dukkak, burishgan B) Sariq, oddiy dukkak C) Yashil, murakkab dukkakli D) Murakkab dukkakli 32 / 40 Gulli oʻsimliklarda gulining toʻq qizil rangda boʻlishini tamin etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham toʻq qizil rangda boʻlishiga sabab boʻladi. Bu quyidagilardan qaysi birining taʼsiri natijasida sodir boʻladi A) Polimeriya B) Pleyotropiya C) Komplementar D) Epistaz 33 / 40 Qaysi chatishtirishda fenotip boʻyicha xilma-xillik 27:9:9:9:3:3:3:1 nisbatda ajralish kuzatiladi A) AaBbCc x AaBbCc B) AaBbCC x AaBbCC C) AaBb x aabb D) AABBCC x aabbcc 34 / 40 Toʻliq irsiylanishning birinchi bogʻin duragaylar fenotipida namoyon boʻlmaydigan belgini aniqlang A) Analogik B) Retsessiv C) Dominant D) Fomologik 35 / 40 Jinsiy koʻpayadigan organizmlarning somatik hujayralarida mutatsiya roʻy bergan boʻlsa, mutatsiya belgilari qaysi organizmda kuzatiladi A) Shu organizmda namoyon boʻladi, ham keyingi avlodlarga oʻtadi B) Hech qanday oʻzgarish kuzatilmaydi C) Shu organizmda namoyon boʻlmaydi, keyingi avlodlarga oʻtmaydi D) Shu organizmda namoyon boʻladi, keyingi avlodlarga oʻtmaydi 36 / 40 Organizmdagi oʻzgaruvchanlikning qanday turlari bor? 1.kombinativ 2.gen 3.rekombinativ 4.mutagenez 5.somatik 6.modifikatsion A) 3.6 B) 1,4,6 C) 3,1,4,6 D) 2,5,6 37 / 40 Qaysi hayvonlar guruhida urgʻochilar geterogametali (XY), erkaklari esa gomogametali (XX) boʻladi? A) Baqa, koʻrshapalak B) Morj, sichqon C) Qoʻngʻiz, tovushqon D) Ipak qurti, timsoh 38 / 40 Organizmlarning fenotipini belgilovchi biokimyoviy belgilarni aniqlang A) Hujayrani shakli, toʼqima va organlar joylashishi B) Ferment faolligi, qondagi gormonlar konsentratsiyasi C) Oqsilning tuzilishi, fermentlar faolligi, organlar joylashishi D) Ferment faolligi, tana tuzilishi, organlar joylashishi 39 / 40 Noʻxot urugʻining qanday belgilari allengen hisoblanadi A) Sariq, burishgan B) Yashil, silliq C) Silliq, burishgan D) Sariq, silliq 40 / 40 Uchta belgisi boʻyicha farq qiladigan lekin ikkita belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi A) 6 B) 8 C) 2 D) 4 O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz