Biologiya attestatsiya №2

0%
0

Biologiya fanidan attestatsiya savollari №2

1 / 40

Tur turg’unligi nima tufayli ta'minlanadi?

2 / 40

Tiriklikning qaysi darajasida irsiy axborot berilishi, modda va energiya almashinuvi va tiriklikning bir butunligi ta'minlanadi?

3 / 40

Uy pashshasining tam bilish organi qayerda joylashgan

4 / 40

Qaysi hayvonlar halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan

5 / 40

Tiriklikning qaysi tuzilish darajasida modda va energiya almashinuvi, irsiy axborot berilishi boshlanadi?

6 / 40

Qaysi xususiyat irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog’liq?

7 / 40

Qaysi daraja tiriklikning ancha yuqori darajasidagi tuzilmasi husoblanib, tur tarkibi bo'yicha xilma-xil organizmlarni ularning yashash sharoitlari bilan bog’liq holda birlashtiradi?

8 / 40

Berilgan hayvonlarni nafas olish organlari bilan juftlab yozing 1.kalima 2.biy 3.chupchik 4.chayon 5.tovuskoʻz 6.midiya 7.yonsuzar a) jabra b) oʻpka c) traxeya

9 / 40

Sayyoramizdagi hayotning barcha korinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizim bu?

10 / 40

Molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera. Bular nimalar ?

11 / 40

Qaysi chatishtirishda fenotip boʻyicha xilma-xillik 27:9:9:9:3:3:3:1 nisbatda ajralish kuzatiladi

12 / 40

Nomozshomgul oʻsimligi gulining rangi qanday irsiylanadi

13 / 40

Quyidagi organizmlarda xromosomalarning birikkan guruhi soni toʻgʻri berilgan javobni aniqlang a- odam b- drozofila c- noʻxot

14 / 40

Makkajoʻxorining somatik hujayralarida nechta autosoma xromosomalar mavjud

15 / 40

Uchta belgisi boʻyicha geterozigota formani koʻrsating

16 / 40

Reaksiya normasining kengligi nima bilan aniqlanadi

17 / 40

Qanday genotipli odamlarning sochi taram taram boʻladi

18 / 40

Qaysi mutatsiyalar oqsil molekulasining funsional faoliyatini oʻzgartiradi

19 / 40

Organizmlar fenotipining shakllanishi nimaga bogʻliq

20 / 40

Gulli oʻsimliklarda gulining toʻq qizil rangda boʻlishini tamin etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham toʻq qizil rangda boʻlishiga sabab boʻladi. Bu quyidagilardan qaysi birining taʼsiri natijasida sodir boʻladi

21 / 40

Nasldan naslga oʻtuvchi irsiy kasalliklarni aniqlang

22 / 40

Toʻrtta belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi

23 / 40

Organizmdagi oʻzgaruvchanlikning qanday turlari bor? 1.kombinativ 2.gen 3.rekombinativ 4.mutagenez 5.somatik 6.modifikatsion

24 / 40

Uchta belgisi boʻyicha farq qiladigan lekin ikkita belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi

25 / 40

Quyidagi berilgan chatishtirish nisbatlarining Qaysi biri epistaz taʼsiriga tegishli

26 / 40

Noʻxot urugʻining qanday belgilari allengen hisoblanadi

27 / 40

Fenotipik ajralishning miqdoriy nisbati 1:2:2:4:1:2:1:2:1 holatda boʻlishi qachon kuzatiladi

28 / 40

Biokimyoviy usul yordamida qaysi kasallik belgilari aniqlangan

29 / 40

Odamda nasldan naslga oʻtuvchi dominant belgilarni aniqlang

30 / 40

Jinsiy xromosomalarining XO holatda boʻlishi qaysi kasallikda vujudga keladi

31 / 40

Toʻliq irsiylanishning birinchi bogʻin duragaylar fenotipida namoyon boʻlmaydigan belgini aniqlang

32 / 40

Quyidagi AaBbCc genotipga ega boʻlgan organizm necha tipdagi gametalarni hosil qilishini belgilang

33 / 40

Hashorotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklarning qaysi organlari juda oʻzgaruvchan boʻladi

34 / 40

Noʻxot oʻsimligining qaysi belgilari dominant holda irsiylanadi

35 / 40

Qaysi hayvonlar guruhida urgʻochilar geterogametali (XY), erkaklari esa gomogametali (XX) boʻladi?

36 / 40

Klaynfelter sindromida jinsiy xromosomalar holatini belgilang

37 / 40

Makkajoʻxorining kariotipida nechta jinsiy xromosomalar mavjud

38 / 40

Digeterezigotalar chatishtirilganda necha xil genotipik sinf hosil boʻladi

39 / 40

Makkajoʻxori hujayrasida nechta jinsiy xromosomalar mavjud

40 / 40

Odam kariotipidagi autosomalar va jinsiy xromosomalar soni necha juftligi toʻgʻri berilgan javobni aniqlang

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

220 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0