Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 808 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. DNK fragmentida jami 1632 ta vodorod bog‘i mavjud bo‘lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmentidagi adenin nukleotidlari sonini aniqlang. A) 510 B) 408 C) 125 D) 340 2 / 25 2. Gullari to‘g‘ri, murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) shirinmiya; 2) yeryong‘oq; 3) na’matak; 4) partenotsissus; 5) sebarga; 6) yantoq A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 2, 4 3 / 25 3. Pseudomonas va vertitsillium hujayralari uchun umumiy bo‘lmagan tuzilmalarni aniqlang. A) plazmatik membrana va ATF B) ribosoma va hujayra qobig‘i C) RNK va DNK nukleotidlari D) endoplazmatik to‘r va mitotik ip 4 / 25 4. Odam organizmida B1 vitaminining yetishmasligi natijasida …. A) qo‘l-oyoq muskullari uvushib og‘riydi, nerv tolalari falajlanadi B) milklar qonaydi, tishlar to‘kiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi C) nerv tolalari falajlanadi, ko‘rish qobiliyati pasayadi D) bronxlarning shilliq pardasi yallig‘lanadi, epiteliy to‘qimasining yangilanishi buziladi 5 / 25 5. Qaysi organizmlarda xorda (a), nerv nayi (b), jabra yoriqlari (c) faqat embrional davrda mavjud bo‘ladi? 1) triton; 2) salamandra; 3) lansetnik; 4) kasatka; 5) oqbiqin delfin; 6) assidiya; 7) so‘fito‘rg‘ay; 8) alligator A) а-3, 6; b-5, 7; с-1, 8 B) а-1, 7; b-3, 6; с-5, 8 C) а-1, 3; b-7; с-2, 8 D) а-5; b-4, 8; с-5, 7 6 / 25 6. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 24 B) 48 C) 12 D) 76 7 / 25 7. Translatsiya (a) va transkripsiya (b) jarayonlariga mos javoblarni to‘g‘ri juftlang. 1) yadroda amalga oshadi; 2) ribasomada kechadi; 3) fermentlar, DNK molekulasi ishtirok etadi; 4) oqsil molekulasi sintezlanadi; 5) i-RNK molekulasi sintezlanadi. A) a-3, 5; b-1, 2, 4 B) a-1, 3, 5; b-2, 4 C) a-2, 4; b-1, 3, 5 D) a-1, 3; b-2, 4, 5 8 / 25 8. Tuxum yo‘nalishida boqiladigan tovuqlarni aniqlang. A) rus oq tovug‘i, leggorn B) zagorsk, pervomaysk C) nyugempshir, pekin D) kornuel, plimutrok 9 / 25 9. Mog‘or zamburug‘i jinsiy ko‘payganda zigotadan (a) va jinssiz ko‘payganda mitseliydan (b) nima hosil bo‘ladi? A) a - vegetativ tana; b – sporangiy B) a - mitseliy; b - spora C) a - spora; b - gameta D) a - sporangiy; b - sporangiy 10 / 25 10. Odam yuragiga xos bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. A) chap bo‘lmacha qisqarganda ikki tavaqali klapan ochiladi B) o‘ng qorincha qisqarganda venoz qon o‘pka arteriyasi chiqadi C) o‘ng bo‘lmacha qisqarganda uch tavaqali klapan ochiladi D) chap qorincha qisqarganda qon o‘pka venasiga chiqadi 11 / 25 11. Tashqi sekretsiya bezlari mahsulotlari keltirilgan qatorni belgilang. 1) insulin; 2) androgen; 3) testosteron; 4) tripsin; 5) timozin; 6) lipaza A) 4, 6 B) 1, 3 C) 1, 5 D) 2, 5 12 / 25 12. Оdamning orqa miyasi 21-segmentidagi orqa (a), old (b) va yon (c) shoxlardan chiquvchi nervlarni to‘g‘ri juftlang? 1) sezuvchi; 2) harakatlantiruvchi; 3) simpatik; 4) parasimpatik A) a - 2; b - 1; c - 4 B) a - 1; b - 2; c - 4 C) a - 2; b - 1 D) a - 1; b - 2; c - 3 13 / 25 13. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan? A) kornuel, plimutrok B) nyugempshir, pekin C) zagorsk, pervomaysk D) bir xujayrali xivchinlilardan 14 / 25 14. Genlarning pleyotrop ta’sirida sichqon junining rangi qora bo‘lishi qanday holatdagi genotipga bog‘liq? A) AA B) AA, aa C) aa D) Aa 15 / 25 15. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 B) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 C) 1, 7, 3, 5, 2, 4, 6 D) 2, 4, 6, 1, 7, 3, 5 16 / 25 16. Simmental qoramol zotida sut tarkibidagi yog‘ miqdori ikki juft polimer genlarga bo‘g‘liq. Dominant digomozigota genotipli qoramol suti tarkibida 600 g yog‘ bo‘ladi. Agar barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa, sut tarkibida 400 g yog‘ bo‘ladi. Digeterozigata genotipli qoramol zotlari o‘zaro chatishtirilishi natijasida (nazariy jihatdan avlodning barchasi urg‘ochi qoramol tug‘ildi, deb tahmin qilinsa) hosil bo‘lgan avlodning necha foizining suti tarkibida 500g yog‘ bo‘lishini aniqlang? A) 27% B) 45,5% C) 37,5% D) 38,5% 17 / 25 17. Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkum (b) ga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) a-2; b-3 B) a-7; b-2 C) a-5; b-7 D) a-2; b-7 18 / 25 18. DNKning bir zanjiri asosida keltirilgan fragmentdagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang. T-C-G-A-G-T-A-C-C-T-A-T-G-A-T-C-C-C A) 88 B) 46 C) 90 D) 45 19 / 25 19. Gametagenezning uchinchi bosqichida ro‘y beradigan jarayonlarni aniqlang? 1) meyoz bo‘linish kuzatiladi; 2) birlamchi jinsiy hujayralar ozuqa to‘playdi; 3) hujayra o‘lchami ba’zan yuz, ming barobar ortadi; 4) senrtiola oqsil bo‘laklarini o‘zini yig‘ish jarayoni kuzatiladi; 5) gomologik xromasomalar o‘rtasida genlar almashinuvi kuzalatilishi mumkin; 6) translatsiya kuzatiladi; 7) RNK polimeraza fermenti ishlashi amalga oshadi; 8) gaploid to‘plamli xromasomaga ega hujayra hosil bo‘ladi; 9) genetik axboratning nukleotid tilidan aminokislota tiliga tarjimasi amalga oshadi; 10) xromasoma soni o‘zgarmaydi; 11) xromatidlar tetradasi hosil bo‘ladi A) 1, 5, 8, 11 B) 1, 5, 7, 8, 9, 11 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 9, 10 20 / 25 20. O‘simliklarga ziyon keltiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni juftlang. 1) tamaki mozaikasi qo‘zg‘atuvchisi; 2) gommoz qo‘zg‘atuvchisi; 3) bo‘rtma nematoda; 4) nozema; 5) vilt qo‘zg‘atuvchisi; 6) qo‘ziqorin; 7) zang zamburug‘i; 8) mikoz qo‘zg‘atuvchisi. A) a-4, 5, 6; b-2, 8 B) a-3, 5, 7; b-2 C) a-3, 5, 6; b-1, 8 D) a-5, 6, 7; b-1, 2 21 / 25 21. Qaysi organizmlar tallomga ega ekanligini aniqlang? A) lishaynik, zamburug‘lar B) qo‘ziqorin, plaun C) ulva, nitella, kladoniya D) plaun, spirogira, lishaynik 22 / 25 22. Noto‘g‘ri (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqali hayvonlarni aniqlang. 1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) salamandra; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsa; 7) triton; 8) kalxat A) a-4, 6; b-2, 5 B) a-2, 5; b-1, 3 C) a-4, 7; b-1, 8 D) a-2, 6; b-3, 5 23 / 25 23. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong‘oq; 4) na’matak; 5) yeryong‘oq; 6) yantoq. A) 1, 5 B) 3, 6 C) 2, 3 D) 4, 6 24 / 25 24. Kartoshkaning kechpishar navini aniqlang. A) Sanzor B) Obidov C) Samarqand D) Nimrang 25 / 25 25. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 4,7,6 B) 2,3,4 C) 1,4,8 D) 6,7,2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6