Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №6 Biologiya olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №6 InfoMaster Avgust 19, 2024 238 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 5 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №6 2023-yil 20-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Siydik ayirish organlari orqali moddalarning filtratsiya jarayoni sodir bo‘ladigan qismdan boshlab harakatlanish yo‘lini aniqlang. Berilgan javoblarni raqamlarini to‘g‘ri ketma-ketlik asosida yozing. 1) kalavasimon kanalchalar; 2) nefron kapsulasi; 3) qovuq; 4) buyrak kosachalari; 5) siydik yo‘li; 6) buyrak jomi (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 2 / 30 2. Maxsus ozuqa muhitida bittadan ichak tayoqchasi va pichan bakteriyasi o‘stirildi. Birinchi bakteriya 25 daqiqada, ikkinchisi 30 daqiqada bo‘linadi. 2,5 soatdan so‘ng ikkala bakteriyaning 25 foizi nobud bo‘lsa, ja’mi qancha bakteriya nobud bo‘lganligini aniqlang. Tekshirish 3 / 30 3. Yo‘sinlarning sporofiti uchun mos keladigan to‘g‘ri javobni aniqlang. A) sporadan rivojlanadi, gametofitda rivojlanadi B) zigotadan rivojlanadi, sporangiyband va sporangiydan iborat C) rizoid, poya va bargga ega D) sporangiyband va sporangiydan iborat, zigota hosil qiladi 4 / 30 4. Odam yuragining chap bo‘lmacha diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 3, 5 B) 2, 3 C) 1, 5 D) 1, 4 5 / 30 5. “osminog – ustritsa – chuchuk suv shillig‘i”. Quyida keltirilgan hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. A) chig‘anoq chetiga nafas teshigi ochiladi B) boshida ko‘zlari va bir juft paypaslagichlar rivojlanadi C) bir necha paypaslagichlari bo‘lib ularda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan D) hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat 6 / 30 6. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini yozing. (Javobni kichik lotin harflarida kriting.) Tekshirish 7 / 30 7. Yassi suyaklar (a) va uzun g‘ovak suyaklar (b) odam tanasining qaysi qismlarida uchraydi? 1) miya qutisi; 2) qo‘l skeleti; 3) oyoq skeleti; 4) yelka kamari; 5) ko‘krak qafasi; 6) umurtqa pog‘onasi. A) a-4, 5; b-2, 3 B) a-1, 4; b-5, 6 C) a-2, 3; b-4, 5 D) a-1, 5; b-4 8 / 30 8. To‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Qo’ng’ir suvo‘ti porfira fotosintez qiladi va undan olinadigan moddadan marmelad tayyorlanаdi. B) Asalarilarning ko‘zi sariq va yashil ranglarni hamda infraqizil nurlarni yaxshi farqlaydi. C) Kollenxima mexanik to‘qima bo‘lib,uning hujayrasi qalin qobiq va xloroplastga ega. D) Chaqaloqlarda to‘sh suyagi orqasida joylashgan bezning massasi 1 gr. 9 / 30 9. Quyidagilarni hayotning tuzilish darajalari bilan moslang. 1)xloroplast; 2) ildiz A) 1 - molekula; 2 - to‘qima B) 1 - molekula; 2 - organ C) 1 - hujayra; 2 - to‘qima D) 1 - hujayra; 2 – organ 10 / 30 10. Prokariot organizmlarga xos xususiyatni aniqlang. A) hujayra qobig‘i xitindan iborat B) ribosomalarida ATF sintezlanadi C) sentriolalar soni ikkita D) hujayra qobig‘i mureindan iborat 11 / 30 11. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 12 / 30 12. DNK fragmentida 56 ta timin nukleotidi mavjud bo`lib, umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etadi. Mazkur DNK fragmentidagi jami nukleotidlar sonini toping? Tekshirish 13 / 30 13. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 14 / 30 14. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xato fikrni aniqlang. A) salamandra suvda yashab quruqlikka tuxum qo`yadi B) baqaning oldingi oyoq skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat C) miyachasi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan D) qurbaqa orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo`lganidan o`rmalab yuradi 15 / 30 15. Batsilla hujayrasi xlorella hujayrasidan farq qilib unda… 1) mitoxondriya yo‘q; 2) sitoplazma mavjud; 3) ribosoma mavjud; 4) yadro yo‘q; 5) hujayra membranasi mavjud; 6) xromatofor mavjud; 7) mitoxondriya va yadro mavjud. A) 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4 D) 2, 3, 5 16 / 30 16. Gormon (a), karbonsuv (b), lipid (c), aminokislota (d) larni aniqlang. 1) tirozin; 2) somatotrop; 3) esterogen; 4) tiroksin; 5) xolesterol; 6) timozin; 7) lipaza; 8) triptofan; 9) laktoza; 10) xitin. A) a-2, 5; b-8, 9; c-3, 7; d-1, 6 B) a-1, 6; b-5, 10; c-2, 5; d-7, 8 C) a-3, 6; b-9, 10; c-3, 5; d-1, 8 D) a-1, 8; b-4, 5; c-9, 10; d-3, 6 17 / 30 17. A vitamin (a), B1 vitamini (b) yetishmaganda kuzatiladigan holatlar to‘g‘ri juftlangan qatorni toping. 1) qorong‘ida ko‘rish qobiliyati pasayadi; 2) organlarning ichki qavati yallig‘lanadi; 3) muskullar uvushib og‘riydi; 4) milklar shishib, qonaydi; 5) aqliy faoliyat pasayadi; 6) umumiy xolsizlik kuzatiladi A) a-3, 5; b-1, 2 B) a-2, 6; b-4, 5 C) a-1, 4; b-3, 6 D) a-1, 2; b-3, 5 18 / 30 18. Oddiy gulqo‘rg‘onga ega, bir urug‘li, quruq mevali o‘simlikni aniqlang. A) g‘o‘za B) chuchmoma C) bug‘doy D) greyg lolasi 19 / 30 19. Quyidagi rasmdagi qo‘l harakati qaysi muskul qisqarishi natijasida amalga oshishini aniqlang. (Javobni kichik lotin harflarida kiriting.) Tekshirish 20 / 30 20. Sxemada organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi jarayoni ko‘rsatilgan. C harfi o‘rniga mos keluvchi organlar sistemasini aniqlang. (Javobni kichik lotin harflarida kiriting.) Tekshirish 21 / 30 21. Sistematik guruhlarni eng kichik taksonomik birlikdan boshlab ketma-ketligini aniqlang. Berilgan javoblar raqamlarini to‘g‘ri ketma-ketlik asosida yozing. 1) suvsarsimonlar; 2) sutemizuvchilar; 3) xordalilar; 4) bo‘rsiq; 5) umurtqalilar; 6) yirtqichlar (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 22 / 30 22. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori o‘simligida 60 ta urug‘ hosil bo‘di. Ushbu jarayonda ishtirok etgan mikrosporotsit hujayralar sonini aniqlang. Tekshirish 23 / 30 23. Quyidagi atamalarni ularga mos keluvchi ta’riflar bilan juftlang. 1)turgor; 2) plazmoliz; 3) deplazmoliz; 4) buferlik; a)vakuolaga suv kirib, hujayraning tarangligini saqlashi; b) hujayra tarangligining yo‘qolishi; c) tarangligi yo‘qolgan hujayraning toza suvda o‘z holatiga qaytishi; d) hujayraning kuchsiz ishqoriy holatni saqlab turishi. A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 24 / 30 24. Oshqozonda sodir bo‘ladigan jarayonni aniqlang. A) o‘t suyuqligining yog‘larga ta’siri B) oqsillarning aminokislotalargacha parchalanishi C) amilazaning kraxmalga ta’siri D) lisotsim ta’sirida bakteriyalarning nobud bo‘lishi 25 / 30 25. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong‘oq; 4) na’matak; 5) yeryong‘oq; 6) yantoq. A) 3, 6 B) 4, 6 C) 1, 5 D) 2, 3 26 / 30 26. Tok shillig‘i, midiya kabi ….. 1) yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 2) ayrim jinsli hayvon; 3) chig‘anoq hosil qiladi; 4) yurakka ega; 5) og‘iz teshigiga ega; 6) maxsus sezgi organiga ega A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 3, 4, 5 27 / 30 27. Sutemizuvchilarning sistematik guruhlarini ularga xos xususiyatlari bilan juftlab ko‘rsating. 1)kloakalilar; 2) xaltalilar; 3) qo‘lqanotlilar; 4) kemiruvchilar; 5) yirtqichlar; a)tishlari charxlanib turadi; b) sut bezlari so‘rg‘ichlari rivojlanmagan; c) kurak tishlari mayda; d) oldingi oyoqlari suzgichga aylangan; e) bolalash uchun quruqlikka chiqadi; f) ultratovushdan foydalanadi; g) bachadoni kuchsiz rivojlangan. A) 1-d; 2-g; 3-f; 4-c; 5-a B) 1-b; 2-g; 3-d; 4-c; 5-a C) 1-b; 2-g; 3-f; 4-a; 5-c D) 1-e; 2-f; 3-g; 4-a, 5-c 28 / 30 28. Suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi turkumlarni ular uchun xos bo‘lgan xususiyatlar bilan juftlang. 1)boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi; 2) toq suzgichlari soni 4 ta: 3) skeleti tuzilishi quruqlikda yashovchi umurtqalilarga o‘xshaydi; 4) tana skeleti suyakdan iborat; 5) tana tuzilishi suv tubida yashashga moslashgan, dumi xivchinga aylangan. a)lassosimonlar; b) karpsimonlar; c) bakra baliqlar; d) skatlar; e) panjaqanotlilar. A) a - 2; b - 4; c - 1; d - 5 B) a - 2; b - 4; c - 1; e - 3 C) a - 2; b - 4; c - 1; d - 5; e - 3 D) a - 4; b - 4; c - 1; e - 5 29 / 30 29. O‘simlik tanasidagi tirik (a) va o‘lik (b) hujayralarni juftlab ko‘rsating. 1) elaksimon nay hujayralari; 2) yog‘ochlik naylari hujayralari; 3) yetuk po‘kak hujayralari; 4) epiderma hujayralari; 5) kambiy hujayralari; 6) sklerenxima hujayralari; 7) kollenxima hujayralari. A) a- 1, 6, 7; b-2, 3, 4, 5 B) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5, 7 C) a-1, 3, 7; b-2, 4, 5, 6 D) a-1, 4, 5, 7; b-2, 3, 6 30 / 30 30. Odam ko‘zidagi to‘r parda uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aniqlang. 1) ko‘z soqqasining optik funksiyasini bajaradi; 2) unda ko‘rish analizatorining periferik qismi joylashgan; 3) qon- tomir parda va fibroz parda oralig‘ida joylashgan; 4) ko‘zning retseptorlik funksiyasini bajarishda ishtirok etadi. A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6