Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Noyabr 22, 2023May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 ga 1 fikr bildirilgan 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) qanoat, madad B) muovin, maxfiy C) sharoit, taraqqiyot D) xushmuomila, tushinmoq 2 / 10 2. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) taxlab chiqildi B) farovon qildi C) barpo qilindi D) qurildi 3 / 10 3. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. B) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. C) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. D) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. 4 / 10 4. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) ravnaq topmoq, rivojlanmoq B) qizg’in tus olmoq, qizimoq C) sog’aymoq, tuzalmoq D) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq 5 / 10 5. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. B) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. C) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. D) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. 6 / 10 6. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qo’ynidadir, ko’rinar B) qishlog’im, olam C) osha, ko’rinar D) qishlog’im, ko’rinar 7 / 10 7. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) tim//qora, har//zamon B) to’q//qizil, dardi//sar C) dev//sifat, sovuq//mijoz, D) hamma//yoq, taklif//noma 8 / 10 8. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) tavakkal, taqriz B) teleskop, sazoi C) diversifikatsiya, birifing D) mushoyira, mansabdor 9 / 10 9. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. B) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. C) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. D) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. 10 / 10 10. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. B) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. C) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. D) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Ona tili va adabiyot majburiy blok