Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 InfoMaster May 2, 2024 176 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) muovin, maxfiy B) sharoit, taraqqiyot C) qanoat, madad D) xushmuomila, tushinmoq 2 / 10 2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. B) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. C) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. D) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. 3 / 10 3. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. B) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. C) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. D) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. 4 / 10 4. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. B) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. C) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. D) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. 5 / 10 5. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) taxlab chiqildi B) qurildi C) barpo qilindi D) farovon qildi 6 / 10 6. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qishlog’im, ko’rinar B) qo’ynidadir, ko’rinar C) qishlog’im, olam D) osha, ko’rinar 7 / 10 7. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) teleskop, sazoi B) mushoyira, mansabdor C) diversifikatsiya, birifing D) tavakkal, taqriz 8 / 10 8. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq B) sog’aymoq, tuzalmoq C) ravnaq topmoq, rivojlanmoq D) qizg’in tus olmoq, qizimoq 9 / 10 9. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. B) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. C) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. D) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. 10 / 10 10. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) hamma//yoq, taklif//noma B) tim//qora, har//zamon C) dev//sifat, sovuq//mijoz, D) to’q//qizil, dardi//sar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29