Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №8 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №8 InfoMaster Iyun 12, 2023 307 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №8 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 5-variant 1 / 30 1. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo‘llari qayerga ko‘chgan? A) Atlantika okeaniga B) Tinch okeaniga C) O’rtayer dengiziga D) Hind okeaniga 2 / 30 2. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi uchun katta turtki bo‘lgan omil berilgan javobni anilqang. A) Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 3 / 30 3. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Uilyam Shekispir B) Leonardo da Vinchi C) Migel de Servantes D) Rafael Santi 4 / 30 4. Shimoliy Amerikaga ...boshlab ko'plab qora tanli qullar olib kelindi. A) XVIII asrdan B) XVI asrdan C) XVII asrdan D) XV asrdan 5 / 30 5. 1721-yilda Rossiya-Shvetsiya o’rtasidagi shartnoma qayerda imzolangan? A) Finlandiyaning Nishtadt shahrida B) Vengriyaning Budapesht shahrida C) Germaniyaning Nyurnberg shahrida D) Niderlandiyaning Amsterdam shahrida 6 / 30 6. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida kimlar g’alaba qozondi? A) Parlament B) Katta yer-mulk egalari C) Qirol hokimiyati D) Hech kim g’alaba qozonmadi 7 / 30 7. Rossiyada Ivan IV ni G’arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirgan xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan voqea sodir bo’lgan yilni aniqlang. A) 1480-yil B) 1565-yil C) 1547-yil D) 1549-yil 8 / 30 8. Angliyada … natijasida qirolning cheklanmagan hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. A) qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos bo’lishi B) muntazam qo’shnning shakllanishi C) qirolning ingliz parlamenti va puritanlarga qarshi kurashi D) reformatsiya 9 / 30 9. XVII asrdagi Angliya burjua inqilobining natijalariga xos bo'lmagan javobni toping. A) dehqonlar feodal qaramlikdan ozod bo’ldi B) absolutizm yo‘q qilindi C) sanoat to‘ntarishi boshlandi D) qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar tez rivojlana boshladi 10 / 30 10. 1768-yili Rossiyaga qarshi urush boshlagan Usmoniylar sultonini belgilang. A) Mustafo III B) Murod II C) Mahmud II D) Mustafo II 11 / 30 11. XVI-XVII asrlarda Germaniya siyosiy hayotining xarakterli xususiyatlarini ko'rsating. 1)kuchli markazlashgan hokimiyatning mavjudligi; 2)reyxstag barcha knyazliklarga majburiy yakuniy qarorlar qabul qila olmasligi; 3)Imperator o'zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega emasligi; 4)imperiyada yagona fuqarolik yo'qligi; 5)Prussiya qirolligi ostida davlat birlashuvi; 6)konstitutsiyaviy monarxiya tuzumining o'rnatilishi A) 2, 3, 4 B) 4, 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 5, 6 12 / 30 12. Rossiyada Ryurikovlar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetgan va Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlangan yillarni belgilang. A) 1598-yil va 1613-yil B) 1584-yil va 1605-yil C) 1598-yil va 1605-yil D) 1584-yil va 1613-yil 13 / 30 13. AQSH davlati tuzilganligini, uning mustaqilligi va suverenitetini 1783-yilda tan olgan davlatni belgilang. A) Rossiya B) Buyuk Britaniya C) Fransiya D) Ispaniya 14 / 30 14. Qaysi Angliya hukmdori mamlakatda katolik dinini qayta tiklash uchun harakat boshlagan? A) Yakov I B) Karl I C) Yakov II D) Karl II 15 / 30 15. 1688-yilgi «Sharafli inqilob» natijasida taxtdan ag‘darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Karl I B) Yakov I C) Yakov II D) Karl II 16 / 30 16. Angliyada qaysi qirol hukmronligi davrida savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi? A) Karl II B) Yakov II C) Yakov I D) Karl I 17 / 30 17. Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirgan yilda. .. A) Qrim xonligi Rossiyaga qo‘shib olindi B) AQSH konstitutsiyasi qabul qJIindi C) Eronda qojaxlar sulolasi hokimiyatni egalladi D) J.Vashington AQSHning birinchi prezidenti bo'ldi 18 / 30 18. XVI –XVII asrlarda Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyotdagi qoloqligi sabablarini aniqlang. 1)mutlaq monarxiyaning qroe topganligi; 2)siyosiy tarqoqlik; 3)Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltirilishi; 4)burjuaziya sinfining vujudga kelganligi; 5)dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi; 6)nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmasligi; 7)feodal munosabatlarning saqlanib qolganligi; 8)savdo vositasi sifatida oltin tangalar o’rnini mis tangalar egallashi A) 1, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7, 8 C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 2, 4, 6, 7, 8 19 / 30 19. Prussiya mutlaq monarxiyaga aylanishi (a) va Rossiyada mutlaq monarxiyaning to’la qaror topishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Fridrix II; 3) Fridrix I; 4) Pyotr I. A) a-3, b-4 B) a-2, b-1 C) a-3, b-1 D) a-2, b-4 20 / 30 20. Quyida berilganlardan qaysi biri XVII asrda Angliya tarixida sodir bo‘lgan? A) reformatsiya B) respublika tuzumining o‘rnatilishi C) sanoat to‘ntarishining tugallanishi D) parlament vakolatining 6 yil qilib belgilanishi 21 / 30 21. 1700-yilda boshlangan urushni belgilang. A) tarixga «Qrim urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi urush B) rus tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi urush C) Rossiya va Rech-Pospolita o‘rtasidagi urush D) tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirgan Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi urush 22 / 30 22. Quyidagi ijodkorlarni asarlari bilan mos ravishda berilgan javobni toping. 1)V. A. Motsart; 2) L. Betxoven; 3) I. Bax. a)«Fantaziya yo’lida sonata»; b) «Rekviyem»; c) «Makr va muhabbat»; d) « Matto bayon etgan buyuk musibat ». A) 1-c, 2-a, 3-d B) 1-b, 2-a, 3-d C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-b, 3-a 23 / 30 23. Rus yerlarini birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan davrda Buxoroda taxtni qaysi sulola boshqarayotgan edi? A) Mang’itlar B) Arabshohiylar C) Ashtarxoniylar D) Shayboniylar 24 / 30 24. Rossiyaning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan tenglashishi (a) va Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylanishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Pyotr I; 3) Nikolay I; 4) Aleksandr II. A) a-1, b-2 B) a-2, b-3 C) a-1, b-3 D) a-2, b-4 25 / 30 25. Quyidagilardan XVIII asrda Fransiya tarixida bo’lib o‘tgan voqealarni belgilang. 1)Qonun chiqaruvchi Majlis «Vatan xavf ostida» chaqirig’i bilan xalqqa murojaat qildi; 2)Rossiya va Fransiya o‘rtasida «Tilzit shartnomasi» tuzildi; 3)Karl X o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, mamlakat parlamentini tarqatib yubordi; 4)Fransiya birinchi marta Respublika deb e’lon qilindi; 5)M. Robespyer hukumati agdlarildi; 6)Fransiya birinchi marta imperiya deb e’lon qilindi. A) 2, 3, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 26 / 30 26. 1789-yilda «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi » qabul qilingan davlatni aniqlang. A) Italiya B) AQSh C) Fransiya D) Gollandiya 27 / 30 27. XVIII asr oxirida Besh yuzlar kengashi va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasi tuzilgan davlatni belgilang. A) Germaniya B) Fransiya C) Rossiya D) Buyuk Britaniya 28 / 30 28. Quyidagilardan XVII asrning ikkinchi yarmida hukmronligi boshlangan hukmdorlarni belgilang. 1) Fransiya qiroli Genrix IV; 2) Angliya qiroli Villem van Oranye; 3) Rossiya podshosi Pyotr I; 4) Eron shohi Og‘a Muhammad. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3 29 / 30 29. Angliyada qaysi qirol davrida burjua inqilobi boshlangan? A) Yakov I B) Yakov II C) Karl I D) Karl II 30 / 30 30. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida qanday yangi alomatlar paydo bo'la boshladi? A) dehqonlar 3 dalali almashlab ekin ekishga o‘tishi B) fabrika ishlab chigarishiga o‘tishi C) sanoat to'ntarishining amalga oshirilishi D) manufakturalar vujudga kelishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz