Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №4 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №4 InfoMaster Iyun 12, 2023 96 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №4 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 1-variant 1 / 30 1. XV asr oxirida Afrika janubini aylanib o'tib Hind okeanigacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Bartolomeu Diash B) Frensis Dreyk C) Fernando Magellan D) Genrix Dengizchi 2 / 30 2. "Duo o‘qi va ishla" shiori quyidagi qaysi ta'limotning asosi bo'lgan? A) provaslav B) katolik C) lyuteranlik D) kalvinizm 3 / 30 3. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; B) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; C) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; D) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; 4 / 30 4. Rossiya Fanlar akademiyasi qaysi shahrda tashil etilgan? A) Moskvada B) Peterburgda C) Qozonda D) Orenburgda 5 / 30 5. Angliyada qaysi qirol davrida absolutizmning inqirozi kuchayib, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy asoslar shakllangan? A) Karl II B) Yakov II C) Karl I D) Yakov I 6 / 30 6. Angliyada uzoq muddatli parlament davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)qirol ministrlari sudga tortildi; 2)Ingliz dehqonlari to'lov evaziga ozodlikka chiqarila boshladi; 3)yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi; 4)soliqlar tartibga solindi; 5)dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan voz kechildi; A) 1, 3 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 5 7 / 30 7. Qaysi voqeadan keyin Hindiston va Shimoliy Amerikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‘tgan? A) Napoleon Bonapart 1815-yilda butunlay tor-mor keltirilganidan keyin B) Yetti yillik urushdan keyin C) Shimoliy urushdan keyin D) O'ttiz yillik urushdan keyin 8 / 30 8. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Yunon sivilizatsiyasi B) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi C) Islom sivilizatsiyasi D) Yevropa sivilizatsiyasi 9 / 30 9. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyatini aniqlang. 1)eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi. 2)huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi. 3)burjua mulkchiligi o‘rnatildi. 4)sanoat to‘ntarishi uchun sharoit yaratildi. 5)feodal mulkchilikka zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi. 6)feodal qoidalar va absolutizm tugatildi. A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6 10 / 30 10. Direktoriya boshqaruvi davrida Fransiyaga qaram respublikaga aylantirilgan davlat xaritada qaysi raqam bilan berilgan. A) 14 B) 15 C) 12 D) 13 11 / 30 11. Rossiyada ... boshlab bir qator maktablar ochilishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. A) XVI asrdan B) XVIII asrdan C) XIX asrdan D) XVII asrdan 12 / 30 12. Osiyoning eng shimoliy chekkasi nima deb ataladi? A) Chelyuskin burni B) Sannikov burni C) Kulibin burni D) Chukotka burni 13 / 30 13. XVII asrda qaysi davlatda kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi,xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. A) Koreyada B) Fransiyada C) Rossiyada D) Turkiyada 14 / 30 14. Quyidagi qaysi shaharda XVIII asrdan boshlab matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari ochilgan? A) Buenos-Ayresda B) Peterburgda C) Amsterdamda D) Moskvada 15 / 30 15. Shimoliy Amerikaga ...boshlab ko'plab qora tanli qullar olib kelindi. A) XVI asrdan B) XVII asrdan C) XV asrdan D) XVIII asrdan 16 / 30 16. Angliyada «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill» qabul qilingan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Prussiya qirolligi tashkil topdi. B) Ispaniya qiroli Karl II vafot etdi. C) Hindiston hukmdori Avrangzeb Olmagirning hukmronligi tugadi D) Ispaniya qiroli Filipp Anjuy Fransiya taxtiga bo‘lgan huquqidan voz kechdi. 17 / 30 17. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida hokimiyatga kelga mulk va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdorlari nima deb ataladi? A) jirondachilar B) royalistlar C) yakobinchilar D) termidorchilar 18 / 30 18. Buyuk fransuz Burjua inqilobi davrida konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament qanday atalgan? A) Konvent B) Ta'sis majlisi C) Direktoriya D) Qonun chiqaruvchi majlis 19 / 30 19. XVI-XVIIIasrlarda Yevropada manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlarni aniqlang. 1) Angliya; 2) Avstriya ; 3) Fransiya; 4) Rossiya 5) Ispaniya; 7) Italiya; A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 7 20 / 30 20. Zamonaviy amerika millati qachon shakllangan? A) XVIII asr oxirida B) XVII asr o'rtalarida C) XVIII asr o'rtalarida D) A)XVIII asr boshlarida 21 / 30 21. 17 asrlarda Yevropa davlatlarining jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. A) XVII-XVIII asrlarda B) XVIII-XIX asrlarda C) XV-XVI asrlarda D) XVI-XVII asrlarda 22 / 30 22. Moskva universiteti (a) va Moskva davlat universitetining O'zbekistondagi filiali tashkil etilgan yillarni aniqlang. A) a-1755-yil, b-2007-yil B) a-1855-yil, b-2007-yil C) a-1855-yil, b-2006-yil D) a-1755-yil, b-2006-yil 23 / 30 23. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Fransiyada jadal iqtisodiy o‘sishga sabab bo'lgan qirol tomonidan amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirilishi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etilishi; 3)manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratishilishi; 4)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qilishinishi; 5)dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarni pul shaklida olinishi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatlanishi; 7)dehqonlarning yerlarini xususiy mulkka aylantirilishi; A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 4, 6, 7 24 / 30 24. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida aholining qaysi tabaqalari parlamentni qo'llab-quvvatlagan? 1) ruhoniylar; 2) savdogarlar; 3) dehqonlar; 4) yangi dvoryanlar; 5) asilzodalar; 6) tadbirkorlar; 7) saroy amaldorlari; A) 1, 4, 7 B) 2, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6 25 / 30 25. Fransiyada Absolutizm qulagan yilni belgilang. A) 1795-yil B) 1789-yil C) 1792-yil D) 1791-yil 26 / 30 26. Angliyada 1714-yilgacha qaysi sulola hukmronlik qilgan? A) tyudorlar B) oranyelar C) gannoverliklar D) styuartlar 27 / 30 27. Napoleon Bonapart tomonidan Italiyada bosib olingan yerlarda amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirdi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etdi; 3)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qildi; 4)inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonunlarni joriy qildi; 5)feodal qaramlikni yo‘q qildi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatladi; 7)dehqonlarning yerlarini o'zlariga xususiy mulk qilib berdi; A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 5 28 / 30 28. Qirolicha Yelizaveta I davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)faqat cherkovni emas, toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirdi. 2)Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi. 3)Amerikadagi birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solindi. 4)Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati –«dengizlar malikasi»ga aylandi. 5)«Uzoq muddatli parlament» chaqirildi. A) 2, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 2, 3 29 / 30 29. Buyuk fransuz inqilobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi yuz bergan yilni aniqlang. A) 1791-yil B) 1793-yil C) 1795-yil D) 1794-yil 30 / 30 30. Yevropa ma'rifatparvarlari haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang. 1)cherkov ta’limoti va umuman, dinning o‘zini tanqid qildilar; 2)absolutizmga va ayrim feodal tartiblarga qarshi chiqdilar; 3)ular ma’rifatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar edilar; 4)feodal tartiblar bilan kurashning inqilobiy usullarini yoqlab chiqdilar; A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz