Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №9 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №9 InfoMaster Aprel 7, 2023 726 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 6 15 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №9 41-44-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Eneolit B) Mezolit C) Neolit D) Bronza 2 / 30 2. Quyidagilardan Misr xudolari bilan bog’liq to’g’ri javobni aniqlang. 1)Tot 2) Anubis 3) Maat 4) Xatxor a)haqiqat va adolat ilohasi b)marhumlar va mumiyolanganlar xudosi c)oy, donishmandlik va tabobat xudosi d)musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 3 / 30 3. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang. 1)«Uch yuz spartalik jasorati»; 2)Misrning bosib olinishi; 3)Lidiyaning istilo qilinishi; 4)Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks; A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 4 / 30 4. Qaysi qadimiy dinda dastlab xudo bo'lmagan, chunki xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan? A) zardushtiylik dinida B) qam (shomoniylik) dinida C) nasroniylik dinida D) buddaviylik dinida 5 / 30 5. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi? A) gʻarbiy B) shimoliy C) shimoli-sharqiy D) shimoli-gʻarbiy 6 / 30 6. Quyidagi qaysi tarixiy obida eng a’lo marmar toshlardan qurilgan bo‘lib, yorug‘lik tushishiga qarab rangini o‘zgartirib turgan? A) Avliyo Sofiya ibodatxonasi B) Parfenon C) Panteon D) Kolizey 7 / 30 7. Milodiy III asrda Kushon davlati qanday sabab oqibatida zavolga yuz tutgan? A) yirik xalq qo‘zg‘oloni oqibatida B) to’xtovsiz urushlar oqibatida C) bosqinchi xalqlarning tinimsiz hujumlari natijasida D) mamlakat xo'jaligidagi ketma-ket hosilsizliklar sababli 8 / 30 8. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davridan beda ekini ekila boshlangan bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Xitoy bo'ylab keng tarqalgan? A) Xan sulolasi B) Sin sulolasi C) Chjou sulolasi D) Shan sulolasi 9 / 30 9. Qaysi davlatda astlab qo‘shinga yer-mulkka ega bo‘lganlar olingan. A) Karfagen B) Rim C) Makedoniya D) Salavkiylar 10 / 30 10. Qaysi Rim imperatori o'limidan so'ng davlat uning ikki o'g'li o'rtasida taqsimlab olingan edi? A) Trayan B) Feodosiy C) Sezar D) Konstantin 11 / 30 11. Yuliy Sezar qaysi daryodan kechib oʻtish jarayonida “Qur’a tashlandi!” deb aytgan edi? A) Reyn B) Dunay C) Rubikon D) Po 12 / 30 12. Qadimgi Rim tarixchilarini aniqlang. 1) Poliyen; 2) Kvint Kursiy Ruf, 3) Strabon; 4) Plutarx; 5) Tatsit; 6) Arrian; 7) Tit Liviy. A) 1, 2, 5, 6 B) 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5, 7 13 / 30 13. Qadimgi Rimda ta’lim tizimi rivojlangan bo'lib, qaysi tilni o'rganishga alohida e’tibor qaratilgan? A) yunon B) lotin C) hind D) fors 14 / 30 14. Qachon Rim eng yirik va aholisi koʻp shaharga aylanadi? A) Mil. avv. II asrda B) Milodiy III asrda C) Milodiy I asrda D) Mil. avv. I asrda 15 / 30 15. Qadimgi Rim davlatida qaysi davrga kelib, muntazam qo'shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylanadi? A) Milodiy I asrda B) Miloddan avvalgi I asrda C) Miloddan avvalgi II asrda D) Milodiy II asrda 16 / 30 16. Misr qachon Rim imperiyasi provinsiyasiga aylanadi? A) mil.avv 31-yilda B) mil.avv 29-yilda C) mil.avv 30-yilda D) mil.avv 27-yilda 17 / 30 17. Qaysi javobda quyidagi tarixiy shaxslarning kim bo`lganligi to`g`ri berilgan? 1) Romul; 2) Attila; 3) Alarix; 4) Pontiy Pilat; 5) Mark Krass a) Italiyaga bostirib kirgan xunnlar sardori; b) Falastindagi Rim noibi; c) so`nggi Rim imperatori; d) Rimga bostirib kirgan got qabilalari boshlig`i; e) Spartak qo`zg`olonini bostirgan Rim sarkardasi; A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-d D) 1-a, 2-d, 3-e, 4-c, 5-b 18 / 30 18. Qadimgi Rim “termalar”iga xos boʻlmagan xususiyatni aniqlang. A) bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi B) Termalar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shugʻullanish uchun kutubxona ham boʻlgan C) Devorlaridagi bitiklar yunon tilida bitilgan D) Arzimas toʻlov evaziga har bir rimlik termalarga tushish imkoniyatiga ega boʻlgan 19 / 30 19. Rivoyatlarga ko`ra qaysi Rim imperatori o`z askarlari qalqoniga xristianlik ramzini chizishni buyurgan va jangda g`alabaga erishgan? A) Feodosiy B) Konstantin C) Romul D) Trayan 20 / 30 20. Rimni roppa-rosa uch kun talagan xalqni aniqlang. A) daklar B) xunnlar C) vandallar D) gotlar 21 / 30 21. Xato ma’lumotni toping. A) Panteon yunonchada «barcha xudolar ibodatxonasi» ma’nosini anglatadi. B) Miken davlatini axeylar vayronaga aylantirganlar. C) Oktavian va Mark Antoniy flotlari o'rtasida jang Yunoniston qirg'oqlarida sodir bo'ladi. D) Attika viloyati O'rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 22 / 30 22. Quyidagi voqealar qaysi Rim imperatoriga xos? 1) Trayan; 2) Oktavian; 3) Sezar; 4) Konstantin; a) Galliyaning zabt etilishi; b) Uning davridan so‘ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmaganlar; c) Rim imperiyasiga asos solinishi; d) Buyrug‘i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlanadi; A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 23 / 30 23. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi suv havzasi yonida joylashgan edi? A) Dardanel bo‘g‘ozi B) Adan ko'rfazi C) Bosfor bo'g'ozi D) Fors ko'rfazi 24 / 30 24. Rim respublikasida mayda yer ijarachilari nima deb atalgan? A) apostollar B) ilotlar C) kolonlar D) kulbali qullar 25 / 30 25. Qachon va qaysi Rim imperatori tomonidan xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng din deb e’lon qilingan farmon chiqarilgan? A) milodiy 98-yilda, imperator Trayan tomonidan B) milodiy 313-yilda, imperator Konstantin tomonidan C) milodiy 323-yilda, imperator Konstantin tomonidan D) milodiy 395-yilda, imperator Feodosiy tomonidan 26 / 30 26. Nechanchi asrga kelib Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi? A) Mil. III asrda B) Mil. avv. I asrda C) Mil. I asrda D) Mil. avv. II asrda 27 / 30 27. Quyidagilar qaysi Rim hukmdori davriga xos? 1) Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borilgan; 2) Rimda ko‘plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi.; 3) Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri qaytadan qurilgan; a) Oktavian Avgust; b) Trayan; c) Konstantin. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a 28 / 30 28. Qadimgi Rimdagi o'rta maktab - grammatikalarda qaysi fanlar o'qitilgan? 1) hisob va yozishni o'rganish; 2) tarix; 3) geometriya; 4) ritorika; 5) geografiya; 6) musiqa; 7) mantiq; 8) astronomiya. A) 2, 3, 5, 6, 8 B) 1, 2, 3, 5, 6, 8 C) 2, 3, 4, 5, 6, 8 D) 2, 3, 5, 6, 7, 8 29 / 30 29. Prokonsullar qancha muddatga saylanardi? A) 1 yil B) 5 oy C) 6 oy D) 2 yil 30 / 30 30. Xristian dini tarqalishi oqibatida... A) qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilmasdan qoldi. B) germanlarning Rimga bostirib kirishlariga yo'l ochildi. C) Rim hukmdorlari boshqa dinlarni ta’qib eta boshladilar. D) Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga ko'chirildi. Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz