Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №7 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №7 InfoMaster Aprel 7, 2023 189 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №7 31-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) O'rta paleolit B) Ilk paleolit C) So'nggi paleolit D) Mezolit 2 / 30 2. 19 birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar. A) hindlar B) xitoyliklar C) misrliklar D) shumerlar 3 / 30 3. Shumerlardan tashqari yana qaysi qadimiy xalqning yozuvi ham mixxatsimon shaklda bo'lgan? A) forslarning B) urartlarning C) xitoylarning D) hindlarning 4 / 30 4. Mil. avv. VIII-VII asrlarda qaysi omildan foydalanib, chekka viloyatlar aholisi Chjoudan ajralib chiqib, o'z davlatlarini tashkil eta boshladi? A) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan B) Chjou va Xan sulolalari o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan C) Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan D) «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan 5 / 30 5. Marafon tekisligida yunonlar qancha vaqt o’tgandan so’ng forslarga qarshi hujum boshlagan? A) 3 kun B) ikki hafta C) bir oy D) bir hafta 6 / 30 6. Qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar ichidan donishmandlik xudosi hisoblanganlarini aniqlang. 1) Apollon; 2) Afina; 3) Yupiter; 4) Ganesha; 5) Ishtar; 6) Tot; 7) Shamash. A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4, 5, 6 D) 2, 4, 5, 7 7 / 30 7. Surxko'tal yodgorligidan qanday yozuv namunalari topilgan? A) yunon alifbosidagi kushon yozuvi namunalari B) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari C) kushon shaklli yozuvi namunalari D) oromiy yozuvi asosidagi su'g'd va xorazm yozuvi namunalari 8 / 30 8. Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashda tayanch bir manzilga ega bo'lish maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida «Aleksandriya Esxata» qal’asini barpo ettirgan? A) Xo'jand yaqinida B) O'ratepa yaqinida C) Toshkent yaqinida D) Jizzax yaqinida 9 / 30 9. Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi topilmasi bilan muhim ahamiyatga ega? A) Jahon tarixidagi eng qadimiy shaxmat donalari topilganligi bilan B) O'rta Osiyodagi dastlabki ibodatxona qoldiqlari topilganligi bilan C) O’rta Osiyodagi eng qadimiy tangalar topilganligi bilan D) O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilganligi bilan 10 / 30 10. Qadimgi Xorazmga oid Oybo'yirqal’a yodgorligi qaysi asrlarga oidligini belgilang. A) miloddan avvalgi IV-III asrlar B) miloddan avvalgi VI-V asrlar C) miloddan avvalgi V-IV asrlar D) miloddan avvalgi VIII-VII asrlar 11 / 30 11. Salavkiylar saltanatining yirik shaharlarini aniqlang. 1) Bityan; 2) Baqtra; 3) Maroqanda; 4) Naxshab;5) Marv; 6) Ko'zaliqir; 7) Termiz. A) 2, 3, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 7 D) 1, 2, 4, 7 12 / 30 12. Quyidagi davlatlarning qaysi biri miloddan avvalgi III asrda tashkil topmagan? A) Xan imperiyasi B) Salavkiylar davlati C) Qang' davlati D) Parfiya podsholigi 13 / 30 13. Kushon davlatiga oid quyidagi ma’lumotlar qaysi hukmdor davriga tegishli ekanligi to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)Kudzula Kadfiz; 2) Kanishka; 3) Vima Kadfiz; a)mamlakatda hukmdor nomi ko‘rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi; b)davlat poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko‘chirildi; c)Afg’oniston va Kashmir hududlari qo‘shib olindi. A) 1-b; 2-a; 3-c B) 1-b; 2-c; 3-a C) 1-a; 2-b; 3-c D) 1-c; 2-b; 3-a 14 / 30 14. Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi qachon bo'lib o'tgan? A) mil. avv. 328-yilning kuzida B) mil. avv. 327-yilning qishida C) mil. avv. 328-yilning boshida D) mil. avv. 329-yilning yozida 15 / 30 15. Kushonlar davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Xolchayondan B) Fayoztepadan C) Ayritomdan D) Dalvarzintepadan 16 / 30 16. Quyidagi ma’lumotlardar Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) qal’asiga muvofiq keladiganlarini aniqlang. 1)baqtriylarning isyonlarini bostirib turish uchun barpo etilgan; 2)Sirdaryo bo'yida joylashgan; 3)saklarga qarshi kurashda tayanch markaz sifatida qurilgan; 4)Zarafshon daryosi bo'yida joylashgan; 5)Xo'jand yaqinida barpo etilgan. A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3 17 / 30 17. Milodiy III asrda Kushon davlati qanday sabab oqibatida zavolga yuz tutgan? A) mamlakat xo'jaligidagi ketma-ket hosilsizliklar sababli B) bosqinchi xalqlarning tinimsiz hujumlari natijasida C) to’xtovsiz urushlar oqibatida D) yirik xalq qo‘zg‘oloni oqibatida 18 / 30 18. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan? A) Ko‘zaliqir B) Qo'yqirilganqal’a C) Qal’aliqir D) Tuproqqal’a 19 / 30 19. Qaysi davlatning hududi Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan edi? A) Salavkiylar imperiyasi B) Kushon podsholigi C) Yunon-Baqtriya podsholigi D) Qadimgi Baqtriya davlati 20 / 30 20. Xato javobni toping. A) Qang' mil. avv. II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. B) Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. C) milodiy I asrda Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan. D) Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z taraqqiyoti cho'qqisiga erishadi. 21 / 30 21. Buddaviylik ya zardushtiylik dinlari qachongacha O'rta Osiyoda mavjud bo’lgan? A) milodiy VI asrgacha B) milodiy VIII asrgacha C) milodiy VII asrgacha D) milodiy IX asrgacha 22 / 30 22. O'rta Osiyoda buddaviylik ibodatxonalarida o‘sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari o‘rganilgan hududlarni aniqlang. 1) Eski Termiz; 2) Ayritom; 3) Yerqo'rg'on;4) Dalvarzintepa; 5) Qo'yqirqilganqal’a. A) 2, 3, 5 B) 3, 4 C) 1, 5 D) 1, 2, 4 23 / 30 23. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid ma’lumotlarni to'g'ri muvofiqlashtiring. 1) Qo'yqirilgan qal’a; 2) Tuproqqal’a; 3)Oybo'yirqal’a; 4) Qal’aliqir; a)O'rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilgan; b)Mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal’a bunyod etilgan; c)Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan; d)Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlarva qushlar tasviri bilan bezatilgan. A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 24 / 30 24. Quyidagi qadimiy shaharlardan qaysi biri Dovon davlatiga taalluqli emas? A) Ershi B) Bityan C) Uchqo'rg’on D) Sho'rabashat 25 / 30 25. Milodiy I asrda vujudga kelgan davlatni belgilang. A) Yunon-Baqtriya davlati B) Parfiya davlati C) Kushon imperiyasi D) Dovon davlati 26 / 30 26. Quyidagi qaysi hukmdor hukmronligi davrida oltin, kumush va misdan tanga pullar zarb ettirilgan edi? A) Kserks davrida B) Vima Kadfiz davrida C) Oshshurbanipal davrida D) Ashoka davrida 27 / 30 27. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan qaysi birining davri xronologik jihatdan xato ko'rsatilgan? A) Jonbosqal’a - Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid shahar bo'lgan. B) miloddan avvalgi VI-V asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. C) miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida ko'chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar. D) Qadimshunoslar topgan dalillarga ko'ra, miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg'ona (Dovon) yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan. 28 / 30 28. Fors shohi Kir II davrida bosib olingan hududlar quyidagi qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A) Parfiya va Marg'iyona B) Falastin va Finikiya C) Baqtriya va Su'g'diyona D) Midiya va Bobil 29 / 30 29. Kushonlar davriga oid qaysi yodgorliklarni o'rganish natijasida oromiy yozuviga asoslangan kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan? A) Surxko'tal yodgorliklarini B) Dalvarzintepa yodgorliklarini C) Ajinatepa yodgorliklarini D) Qadimgi Termiz yodgorliklarini 30 / 30 30. Xorazmiy va su‘g‘diy yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan? A) lotin B) oromiy C) yunon D) finikiya Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz