Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №5 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №5 InfoMaster Aprel 7, 2023 169 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №5 21-25-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) so'nggi paleolit davrida B) neolit davrida C) bronza davriga kelib D) mezolit davrida 2 / 30 2. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c 3 / 30 3. Qadimgi hind xalqining diniy e’tiqodi to'g'risida berilgan quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Inson vafot etsa ham o'lmaydi, balki boshqa mavjudotga aylanadi deb hisoblashgan B) Xudolaridan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bo'lgan C) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan D) Fil hindlar orasida muqaddas hayvon hisoblanib, uni o’ldirish taqiqlangan 4 / 30 4. Saka-tiay-taradarayyalar qaysi hududlarda yashashgan? 1)Oral dengizi bo'ylarida; 2)Sirdaryoning o'rta oqimida; 3) Pomir tog'i etaklarida; 4) Sirdaryoning quyi oqimida; 5) Farg'ona vodiysida; 6) Toshkent vohasida. A) 2, 6 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 1, 4 5 / 30 5. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) yaxshilikka undash B) chin e’tiqod C) adolatli turmush tarzi D) yuksak axloq 6 / 30 6. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv(alifbo) qachon vujudga kelgan? A) Miloddan avvalgi XII asrda B) Miloddan avvalgi VIII asrda C) Miloddan avvalgi IX asrda D) Miloddan avvalgi X asrda 7 / 30 7. Qadimgi Yunonistondagi “Buyuk yunon kaloniyalashtirish” davrini aniqlang. A) mil.avv VII-V asrlar B) mil.avv VIII-VII asrlar C) mil.avv IX-VII asrlar D) mil.avv VIII-VI asrlar 8 / 30 8. Afina hukmdori Solon faoliyati bilan bog’liq to’g’ri javobni toping. A) taklifi bilan qarzdorlarni qul qilish bekor qilingan; B) xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlar yozgan; C) aholini makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan; D) Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lashni joriy qilgan; 9 / 30 9. Qaysi davlatda savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. A) Bobil B) Miken C) Afina D) Sparta 10 / 30 10. “Disk uloqtiruvchi” haykali kim tomonidan ishlangan? A) Poliklet B) Dedal C) Miron D) Fidiy 11 / 30 11. Qadimgi yunonlar «varvar»lar deb kimlarni atashgan? A) Appenin yarimoroli aholisini B) o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni C) bosib olingan hududlardagi qulga aylantirilgan aholini D) ularning nazdida madaniyat jihatidan past turuvchi barcha xalqlarni 12 / 30 12. Kimlar Afina fuqarosi bo'la olar edi? A) otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklar B) ma’lum kasb-hunarni bilgan fuqarolar C) Afinada tug'ilib o'sgan barcha shaxslar D) qullardan tashqari barcha qatlamlar 13 / 30 13. Quyidagi qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish B) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish C) chetga go'sht va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish D) qul savdosi va hunarmandchilik 14 / 30 14. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan? A) 20 yosh B) 25 yosh C) 30 yosh D) 40 yosh 15 / 30 15. Yunonistonda necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o‘rgatilgan. A) 7 yosh B) 5 yosh C) 8 yosh D) 6 yosh 16 / 30 16. Quyidagilardan qaysi turdagi maktab Afinada mavjud bo’lmagan? A) davlat maktabi B) oliy oʻquv yurti C) xususiy gimnastika maktabi D) palestra 17 / 30 17. Qadimgi qaysi davlatda fuqarolar og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar? A) Sparta B) Rim C) Afina D) Makedoniya 18 / 30 18. Yunonlar qadim o'tgan zamonlarda shug'ullangan mashg'ulotlarni belgilang. A) hunarmandchilik va savdo-sotiq B) savdo-sotiq va dehqonchilik C) dehqonchilik va chorvachilik D) hunarmandchilik va chorvachilik 19 / 30 19. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan? A) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan. B) Aholining o'zi ko'rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan. C) Har yil aholi o'rtasida o'tkaziladigan saylovlar vositasida saylangan. D) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan. 20 / 30 20. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 2-3 yil B) 6-7 yil C) 3-4 yil D) 5-7 yil 21 / 30 21. Spartada necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar? A) 30 yosh B) 20 yosh C) 17 yosh D) 25 yosh 22 / 30 22. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 8 ta B) 3 ta C) 9 ta D) 7 ta 23 / 30 23. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta’lim berilgan? 1) astronomiya 2) tibbiyot 3) musiqa 4) geometriya 5) geografiya 6) tarix A) 1, 2, 3, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6 24 / 30 24. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar fuqarolar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi. So'z kim haqida borayotganligini aniqlang. A) Oktavian B) Solon C) Drakont D) Perikl 25 / 30 25. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5 26 / 30 26. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan? A) ziroatchilar va savdogarlar B) savdogarlar va hunarmandlar C) dehqonlar va hunarmandlar D) chorvadorlar va hunarmandlar 27 / 30 27. Qanday sabab bilan Yunonistonda manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) aholi sonining ortishi va yangi hududlarga ehtiyoj sababli C) qo'shni hududlar bilan keng madaniy munosabatlar o'rnatilishi hisobiga D) qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishlari hisobiga 28 / 30 28. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan? A) tuproq B) zaytun yogʻi C) olov D) yogʻoch 29 / 30 29. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi? A) shimoli-sharqiy B) gʻarbiy C) shimoliy D) shimoli-gʻarbiy 30 / 30 30. Doriylar Mikenni … bo‘ysundirdilar. A) mil.avv. VIII asrda B) mil.avv. XIII asrda C) mil. avv. XII sarda D) mil.avv. IX asrda Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz