Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №6 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №6 InfoMaster Aprel 7, 2023 251 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №6 26-30-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 2 / 30 2. Quydagi shaxslardan qaysi biri rivoyatda aytilishicha, Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. A) Yaxmos B) Menes C) Osiris D) Tutmos II 3 / 30 3. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko'ra mavjud bo'lgan tabaqalar nimaga qarab ajratilgan? A) qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab B) mol-mulkining miqdoriga qarab C) xudoning qaysi a’zosidan yaratilganligiga qarab D) qaysi xudoga e’tiqod qilishiga qarab 4 / 30 4. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid yozma va arxeologik manbalar O'rta Osiyo xalqlarining ... taraqqiyotida yuksak darajalarga erishganliklaridan dalolat beradi? 1) hunarmandchilik; 2) zargarlik; 3) kemasozlik; 4) kulolchilik; 5) binokorlik; 6) tikuvchilik. A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 5 / 30 5. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 7 ta B) 3 ta C) 9 ta D) 8 ta 6 / 30 6. Quyidagi mifologik xudolarning qaysi birlari musiqa xudosi ham hisoblangan? 1) Apollon; 2) Ishtar; 3) Xatxor; 4) Venera. A) 1, 2 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 3 7 / 30 7. Quyidagi qaysi tarixiy obida eng a’lo marmar toshlardan qurilgan bo‘lib, yorug‘lik tushishiga qarab rangini o‘zgartirib turgan? A) Kolizey B) Avliyo Sofiya ibodatxonasi C) Panteon D) Parfenon 8 / 30 8. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir», - kabi mashhur hikmatlar muallifini aniqlang. A) Suqrot B) Demokrit C) Geraklit D) Diogen 9 / 30 9. Qadimgi yunon olimlaridan qaysi biri to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratib va ularni mustaqil fanlar sifatida ta‘riflab bergan? A) Aristafon B) Aristobul C) Aristotel D) Arximed 10 / 30 10. IV asrda Olimpiya o'yinlarining to’xtab qolishi qaysi omil bilan bog'liq? A) german qabilalari bosqini bilan B) yuz bergan kuchli zilzila bilan C) xristianlik dinining tarqalib borishi bilan D) Rim imperiyasining parchalanishi bilan 11 / 30 11. Quyidagi ma’lumotlar qaysi alloma haqida ekanligini aniqlang. 1)Biz uni «Aflotun» sifatida bilamiz; 2)U, ayniqsa, ochko'zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan; 3)Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan degan g'oyani ilgari surgan; a)Platon; b) Sokrat; c) Geraklit. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b 12 / 30 12. Yunon rivoyatlariga ko’ra,yunonlar Troyani necha yil behuda qamal qilgan? A) uch yil B) to’qqiz yil C) o’n yil D) ikki yil 13 / 30 13. Quyidagi iboralarning qaysi faylasuflarga tegishli ekanligini aniqlang. 1)«Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir» ; 2)«Bizni qurshab turgan hamma narsa ko'zga ko'rinmaydigan zarrachalar- atomlardan tashkil topgan»; 3)«Menga tayanch nuqtasini topib bering, yerni ag’darib yuboraman»; 4)«Insonda hech qanday ehtiyojlar bo'lmasligi shart»; a)Geraklit; b) Demokrit; c) Diogen; d) Arximed. A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 14 / 30 14. Apollon xudosiga taalluqli bo'lmagan xususiyatni aniqlang. A) sevgi xudosi B) she’riyat xudosi C) musiqa xudosi D) yorug'lik xudosi 15 / 30 15. Quyidagi ijodkorlarning asarlarini to'g'ri belgilang. 1)Zevs haykali; 2) «Diskobol» haykali; 3) Labirint saroyi; a)Dedal; b) Miron; c) Fidiy; A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 16 / 30 16. Qaysi davlat hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shaharlari ittifoqi tuzilgan? A) Misr B) Afina C) Makedoniya D) Sparta 17 / 30 17. Suqrotning g’oyalari qaysi faylasufning muloqotlari orqali yetib kelgan? A) Platon B) Demokrit C) Diogen D) Arastu 18 / 30 18. Quyidagi yunon faylasuflari qaysi o'lka yoki shaharlik ekanligini to'g'ri belgilang.1)Demokrit; 2) Arximed; 3) Sokrat; a)afinalik; b) frakiyalik; c) sirakuzalik. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a 19 / 30 19. Yunonistondagi Olimpiada o’yinlarida kimlar ishtirok etishi mumkin edi? A) har qanday o’zini sportchiman degan fuqorolar; B) barcha hududda dastlabki turlarda g’olib deb topilganlar; C) jinoyat sodir etmagan sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunon; D) barcha fuqorolar; 20 / 30 20. «Shoh Edip», «Antigona» singari mashhur tragediyalarni muallifini aniqlang. A) Gerodot B) Sofokl C) Gomer D) Aristofan 21 / 30 21. Qaysi faylasuf Afinadagi ba’zi tartibotlarni qo’rqmasdan tanqid qilgani sababli o’limga maxkum etilgan edi? A) Arastu B) Suqrot C) Platon D) Aflotun 22 / 30 22. «Iliada» dostonining bosh qahramoni - . . . A) Axilles B) Odissey C) Gektor D) Paris 23 / 30 23. Yunonistonda bolalikdanoq o'g'il bolalarga ... singdirilardi. A) monarxiyaga va hukmdorga muhabbat hissi B) jismoniy mashg'ulot va me’morchilikka muhabbat hissi C) she’riyat va musiqaga muhabbat hissi D) harbiy san’atga va hayotga muhabbat hissi 24 / 30 24. Yunonistondagi Olimpiada o’yinlarining asoschisi kim? A) Gomer B) Gerakl C) Axilles D) Odissey 25 / 30 25. Yunon rivoyatlariga ko’ra, yunonlar kimning maslahatiga ko’ra ayyorlikni ishga soladilar. Troya ichiga yog’och otda kirishga ahd qilishadi? A) Ayaks B) Gerakl C) Axilles D) Odissey 26 / 30 26. Miloddan avvalgi 337-yilda qayerdan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfda yig’iladilar? A) Fiva B) Afina C) Sparta D) Bobil 27 / 30 27. Qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar ichidan donishmandlik xudosi hisoblanganlarini aniqlang. 1) Apollon; 2) Afina; 3) Yupiter; 4) Ganesha; 5) Ishtar; 6) Tot; 7) Shamash. A) 2, 4, 5, 7 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 4, 6 28 / 30 28. Quyidagi atamalarni ularning ma’nosi bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1)falanga; 2) teatr; 3) triyera; 4) goplit; a)og‘ir qurollangan askar; b) tomoshaxona; c) harbiy kema; d) piyodalarni 16 qator bo’lib zich joylashuvi A) 1 - d; 2 - b; 3 - a; 4 – c B) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a C) 1 - a; 2 - b; 3 - d; 4 - c D) 1 - b; 2 - d; 3 - c; 4 - a 29 / 30 29. «U o'smirligidanoq notiq bo'lishni orzu qilardi. Lekin juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozini oshirishni mashq qilarkan, u dengiz shovqinidan balandroq baqirishga harakat qilar edi». Ushbu fikrlar qaysi tarixiy shaxs haqida bormoqda? A) Demosfen B) Demokrit C) Diogen D) Suqrot 30 / 30 30. Qadimiy xudolarning qaysi biri hosildorlik xudosi hisoblanmaydi? A) Mitra B) Ishtar C) Apis D) Demetra Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz