Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №8 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №8 InfoMaster Aprel 7, 2023 277 Ko'rishlar 667 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №8 36-40-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Ispaniyada B) Misrda C) Surxondaryoda D) Kavkazda 2 / 30 2. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang. A) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. B) Misr iyerogliflari yozilgan bitiktosh topilgan Rozett shaharchasi Qohira shahridan uncha uzoqda joylashmagan. C) eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida bunyod etilgan. D) Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar kohinlarga qarab aniqlaganlar. 3 / 30 3. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan? A) Midiya B) Parfiya C) Bobil D) Baqtriya 4 / 30 4. Zardusht qaysi davrda yashab o’tgan? A) mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmida B) mil. avv. I mingyillikning ikkinchi yarmida C) mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida D) mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmida 5 / 30 5. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi? A) gʻarbiy B) shimoli-sharqiy C) shimoliy D) shimoli-gʻarbiy 6 / 30 6. Tarixda mashhur Xeroneya jangidan so'ng kim: «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», - deya fikr bildirgan? A) Demosfen B) Diogen C) Demokrit D) Suqrot 7 / 30 7. Quyidagi ma’lumotlardar Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) qal’asiga muvofiq keladiganlarini aniqlang. 1)baqtriylarning isyonlarini bostirib turish uchun barpo etilgan; 2)Sirdaryo bo'yida joylashgan; 3)saklarga qarshi kurashda tayanch markaz sifatida qurilgan; 4)Zarafshon daryosi bo'yida joylashgan; 5)Xo'jand yaqinida barpo etilgan. A) 3, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5 8 / 30 8. Qadimda savdo yo'llari orqali Hindistondan O'rta Osiyoga asosan qanday mahsulotlar olib kelingan? A) tuya va jun mahsulotlari B) ip-gazlama matolar va paxta chigiti C) shisha buyumlar va qimmatbaho toshlar D) turli ziravorlar, shoyi matolar 9 / 30 9. Oʻnta patrisiydan iborat hay’at qonunlar yozma majmuasini tuzishni oxiriga yetkaza olmagach, plebeylardan iborat Rim qoʻshinlari isyon koʻtaradilar. Ular Rim atrofidagi qaysi togʻga ketib qoladilar? A) Muqaddas B) Vezuviy C) Alp D) Golgof 10 / 30 10. Buyuk Ipak Yo’li qaysi asrlarda mavjud bo’lgan? A) mill.avv. II asr- milodiy XVI asr B) milodiy I-VIII asrlar C) mill.avv. IV asr- milodiy X asr D) mill.avv. III asr- milodiy VII asr 11 / 30 11. Qadimgi Rimda qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sadoga va hokazolarga qarab fol ochish bilan shug’ullangan kohinlar? A) Vestalkalar B) Avgurlar C) Pontifiklar D) Buyuk pontifik 12 / 30 12. Quyidagilardan qay biri Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar sanalgan? A) g’alla B) qurbonlik uchun ho’kizlar, qo’ylar yoki echkilar C) qullar D) oq-harir liboslar 13 / 30 13. Qadimgi Rim armiyasida necha yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olardi? A) 30 yosh B) 19 yosh C) 17 yosh D) 20 yosh 14 / 30 14. Qaysi omil Rim va Karfagen oʻrtasida urush boshlanishiga sabab boʻladi? A) Korsika masalasi B) Ispaniya masalasi C) Sitsiliya masalasi D) Sardiniya masalasi 15 / 30 15. Ipak yo'li orqali O'rta Osiyoning turli hududlaridan Xitoyga qanday mahsulotlar chiqarilganligini aniqlang.1) Su'g'diyonadan; 2) Baqtriyadan; 3)Farg'onadan; 4) Badaxshondan; a)jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar; b) tuyalar; c) la’l; d) zotli otlar. A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 16 / 30 16. Buyuk Ipak yo'li orqali O'rta Osiyo xalqlari .... A) G'arb va Sharqning faqat iqtisodiy yutuqlari bilan tanishdilar. B) G'arb va Sharqning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanishdilar C) qator istilolarga uchrab, jahon madaniy taraqqiyotidan orqada qolib ketdilar D) dunyo madaniyatining ilg'or yangiliklaridan bahramand bo'lolmadilar 17 / 30 17. Karfagen sarkardasi Gannibalni nima uchun rimliklarni mag’lubiyatga uchratganidan so’ng aholi qo’llab quvvatlamadi? A) yollanma qo’shinlarning mamlakatni talon-taroj qilib tashlaganligi; B) bundan buyon Karfagen g’alaba qila olmas edi; C) muvaffaqiyatlardan g’ururlangan askarlar uy-uyiga tarqagan edi; D) oddiy xalq jangda yuraverib toliqib bo’lgan edi; 18 / 30 18. Plebeylar kimlar? A) Rim senatorlarining avlodlari; B) Rimga ko`chib kelgan odamlar va ularning avlodlari; C) Rimning to`la to`kis huquqga ega bo`lmagan fuqarolari; D) Qadimgi Rimning tub aholisi; 19 / 30 19. Buyuk Ipak yo'lining yo'nalishini to'g'ri ketma-ketlikda ko'rsating. A) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, 0‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari B) Sariq dengiz sohili, O'rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari C) Sariq dengiz sohili, O'rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston, Mesopotamiya, O'rtayer dengizi sohillari D) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Mesopotamiya, Eron, O'rtayer dengizi sohillari 20 / 30 20. Qachonga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan? A) miloddan avvalgi VI asr boshlariga kelib B) miloddan avvalgi V asr oxirlariga kelib C) miloddan avvalgi III asr o'rtalariga kelib D) miloddan avvalgi III asr boshlariga kelib 21 / 30 21. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davridan beda ekini ekila boshlangan bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Xitoy bo'ylab keng tarqalgan? A) Shan sulolasi B) Xan sulolasi C) Chjou sulolasi D) Sin sulolasi 22 / 30 22. Mil. avv. 509-yilda kim mamlakatga saylab qoʻyilgan hukmdorni oʻldirib, hokimiyatni egallab oldi? A) Oktavian Avgust B) Trayan C) Magʻrur Tarkviniy D) Mark Krass 23 / 30 23. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar? A) gʻarbiy B) shimoli-gʻarbiy C) shimoliy D) shimoli-sharqiy 24 / 30 24. Puna urushlari natijasida Sitsiliyadagi yo’qotishlar uchun Karfagen quldorlari qaysi hududni bosib oldilar? A) Krit B) Kichik Osiyo C) Ispaniya D) Sardiniya 25 / 30 25. Aka-uka Romul va Remni Ona boʻridan soʻng kim topib oladi va tarbiyalaydi? A) dehqon B) savdogar C) bogʻbon D) choʻpon 26 / 30 26. Qadimgi Rim qonunchiligiga oid asosiy xususiyatni aniqlang. A) qonunlar og’zaki bo’lgan B) qonunlar plebeylar va patritsiylar tomonidan yaratilgan C) qonunlar mohiyatini diniy tushunchalar tashkil etardi D) qonunlar imperatorning cheksiz hokimiyatini ta’minlar edi 27 / 30 27. Qaysi xudo Rim davlatining homiysi deb hisoblangan? A) Morfey B) Neptun C) Mars D) Yupiter 28 / 30 28. Qadimgi Rimda diniy marosimlar oʻtkazilishini kimlar nazorat qilishgan? A) pontifiklar B) patrisiylar C) vestalkalar D) avgurlar 29 / 30 29. Kann yaqinidagi jangda nechta rimlik legioner halok boʻladi? A) 80 ming B) 100 ming C) 70 ming D) 120 ming 30 / 30 30. Afrikaning shimoliy sohillarida joylashgan Karfagen shahar davlati qaysi xalqlar koloniyasi hisoblanadi? A) italiklar B) etrusklar C) yunonlar D) finikiyaliklar Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz