Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №6 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №6 InfoMaster Aprel 7, 2023 247 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №6 26-30-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit C) mezolit D) so‘nggi paleolit 2 / 30 2. Qadimgi Misrliklar nima uchun yozuvni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi”deb nomlashgan? A) har xil voqealarni shu yozuvda o’qib tushintirilganligi uchun; B) yozish va o’qishni har kim ham bilmaganligi uchun; C) duolar va marosimlarni yozib borishganligi uchun; D) uni o’rganish juda ham qiyin bo’lganligi uchun; 3 / 30 3. Qadimgi hind xalqining diniy e’tiqodi to'g'risida berilgan quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan B) Xudolaridan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bo'lgan C) Fil hindlar orasida muqaddas hayvon hisoblanib, uni o’ldirish taqiqlangan D) Inson vafot etsa ham o'lmaydi, balki boshqa mavjudotga aylanadi deb hisoblashgan 4 / 30 4. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri bo'lgan kompasning ko'rinishi qanday bo'lgan? A) Temirdan yasalib, uchburchak shaklda bo'lgan va uning uchi doim janubni ko'rsatib turardi B) Magnitlangan aylanasimon temir shaklida bo'lib, uning markazida o'qi va strelkasi bo'lgan C) Magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi D) To'rtburchak shakldagi chanani eslatar va old qismida taxminan yarim metr keladigan uchli qismi bo'lgan 5 / 30 5. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 2-3 yil B) 3-4 yil C) 6-7 yil D) 5-7 yil 6 / 30 6. Apollon xudosiga taalluqli bo'lmagan xususiyatni aniqlang. A) she’riyat xudosi B) sevgi xudosi C) yorug'lik xudosi D) musiqa xudosi 7 / 30 7. Yunon rivoyatlariga ko’ra,yunonlar Troyani necha yil behuda qamal qilgan? A) o’n yil B) uch yil C) ikki yil D) to’qqiz yil 8 / 30 8. Quyidagi atamalarni ularning ma’nosi bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1)falanga; 2) teatr; 3) triyera; 4) goplit; a)og‘ir qurollangan askar; b) tomoshaxona; c) harbiy kema; d) piyodalarni 16 qator bo’lib zich joylashuvi A) 1 - d; 2 - b; 3 - a; 4 – c B) 1 - b; 2 - d; 3 - c; 4 - a C) 1 - a; 2 - b; 3 - d; 4 - c D) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 - a 9 / 30 9. Quyidagi yunon faylasuflari qaysi o'lka yoki shaharlik ekanligini to'g'ri belgilang.1)Demokrit; 2) Arximed; 3) Sokrat; a)afinalik; b) frakiyalik; c) sirakuzalik. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 10 / 30 10. Yunonistonda bolalikdanoq o'g'il bolalarga ... singdirilardi. A) harbiy san’atga va hayotga muhabbat hissi B) jismoniy mashg'ulot va me’morchilikka muhabbat hissi C) she’riyat va musiqaga muhabbat hissi D) monarxiyaga va hukmdorga muhabbat hissi 11 / 30 11. Yunonistonning Makedoniyaga bo’ysundirilishi qaysi jangdan so’ng ro’y bergan? A) Salamin jangida B) Pletaya shahri yaqinidagi jangda C) Xeroneya yaqinida jangda D) Fermopil jangida 12 / 30 12. IV asrda Olimpiya o'yinlarining to’xtab qolishi qaysi omil bilan bog'liq? A) xristianlik dinining tarqalib borishi bilan B) german qabilalari bosqini bilan C) yuz bergan kuchli zilzila bilan D) Rim imperiyasining parchalanishi bilan 13 / 30 13. Quyidagi mifologik xudolarning qaysi birlari musiqa xudosi ham hisoblangan? 1) Apollon; 2) Ishtar; 3) Xatxor; 4) Venera. A) 1, 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3 14 / 30 14. Quyidagi hikmatlarning qaysi biri mashhur yunon faylasufi Suqrot hayoti va faoliyati bilan bog'liq emas? A) «Shuncha narsadan bemalol voz kechib ham yashash mumkinligi naqadar ajoyib!» B) «O‘z-o‘zingni angla!» C) «Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart» D) «Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak» 15 / 30 15. Tarixda mashhur Xeroneya jangidan so'ng kim: «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», - deya fikr bildirgan? A) Demosfen B) Diogen C) Suqrot D) Demokrit 16 / 30 16. Yunonlar yil hisobini qanday hisoblashgan? A) quyosh yo’nalishiga qarab; B) kun bilan tunning tenglashganligiga qarab hisoblashgan; C) yulduzlar yo’nalishiga qarab; D) Olimpiada o’yinlariga qarab yuritilardi; 17 / 30 17. Qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar ichidan donishmandlik xudosi hisoblanganlarini aniqlang. 1) Apollon; 2) Afina; 3) Yupiter; 4) Ganesha; 5) Ishtar; 6) Tot; 7) Shamash. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 5, 7 D) 3, 4, 5, 6 18 / 30 18. Suqrotning g’oyalari qaysi faylasufning muloqotlari orqali yetib kelgan? A) Demokrit B) Platon C) Arastu D) Diogen 19 / 30 19. Quyidagi qaysi tarixiy obida eng a’lo marmar toshlardan qurilgan bo‘lib, yorug‘lik tushishiga qarab rangini o‘zgartirib turgan? A) Parfenon B) Avliyo Sofiya ibodatxonasi C) Panteon D) Kolizey 20 / 30 20. «U o'smirligidanoq notiq bo'lishni orzu qilardi. Lekin juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozini oshirishni mashq qilarkan, u dengiz shovqinidan balandroq baqirishga harakat qilar edi». Ushbu fikrlar qaysi tarixiy shaxs haqida bormoqda? A) Suqrot B) Demosfen C) Demokrit D) Diogen 21 / 30 21. Quyidagi iboralarning qaysi faylasuflarga tegishli ekanligini aniqlang. 1)«Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir» ; 2)«Bizni qurshab turgan hamma narsa ko'zga ko'rinmaydigan zarrachalar- atomlardan tashkil topgan»; 3)«Menga tayanch nuqtasini topib bering, yerni ag’darib yuboraman»; 4)«Insonda hech qanday ehtiyojlar bo'lmasligi shart»; a)Geraklit; b) Demokrit; c) Diogen; d) Arximed. A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 22 / 30 22. Qadimgi yunon olimlaridan qaysi biri to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratib va ularni mustaqil fanlar sifatida ta‘riflab bergan? A) Aristobul B) Aristafon C) Aristotel D) Arximed 23 / 30 23. Yunon rivoyatlariga ko’ra, yunonlar kimning maslahatiga ko’ra ayyorlikni ishga soladilar. Troya ichiga yog’och otda kirishga ahd qilishadi? A) Axilles B) Odissey C) Gerakl D) Ayaks 24 / 30 24. Quyidagi ijodkorlarning asarlarini to'g'ri belgilang. 1)Zevs haykali; 2) «Diskobol» haykali; 3) Labirint saroyi; a)Dedal; b) Miron; c) Fidiy; A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-c, 2-b, 3-a 25 / 30 25. XIX asrning oxirida qaysi nemis olimi Gomer hikoyalarini tadqiq qilib,Troya joylashgan yerni hisoblab chiqgan? A) F. Rixtgofen B) G. Shlimann C) A. Dyuperron D) ) J. F. Shampolon 26 / 30 26. «Iliada» dostonining bosh qahramoni - . . . A) Gektor B) Odissey C) Paris D) Axilles 27 / 30 27. Quyidagi ma’lumotlar qaysi alloma haqida ekanligini aniqlang. 1)Biz uni «Aflotun» sifatida bilamiz; 2)U, ayniqsa, ochko'zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan; 3)Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan degan g'oyani ilgari surgan; a)Platon; b) Sokrat; c) Geraklit. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-c, 2-a, 3-b 28 / 30 28. Qaysi davlat hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shaharlari ittifoqi tuzilgan? A) Misr B) Afina C) Sparta D) Makedoniya 29 / 30 29. Yunonistondagi Olimpiada o’yinlarida kimlar ishtirok etishi mumkin edi? A) har qanday o’zini sportchiman degan fuqorolar; B) barcha fuqorolar; C) barcha hududda dastlabki turlarda g’olib deb topilganlar; D) jinoyat sodir etmagan sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunon; 30 / 30 30. Yunonistondagi Olimpiada o’yinlarining asoschisi kim? A) Odissey B) Gerakl C) Gomer D) Axilles Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz