Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №5 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №5 InfoMaster Aprel 7, 2023 176 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №5 21-25-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Old Osiyoda B) Kichik Osiyoda C) Sharqiy Yevropada D) O’rta Osiyoda 2 / 30 2. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang. A) go'zallik xudosi B) she’riyat xudosi C) musiqa xudosi D) sevgi xudosi 3 / 30 3. Quyidagi qadimgi xalqlarning qaysi biri qo'shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishganda jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan? A) xettlar B) ossurlar C) urartlar D) finikiyaliklar 4 / 30 4. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) B va C javoblar to'g'ri B) saka-tiay-taradarayya C) saka-xau-movarka D) saka-tigra-xauda 5 / 30 5. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid yozma va arxeologik manbalar O'rta Osiyo xalqlarining ... taraqqiyotida yuksak darajalarga erishganliklaridan dalolat beradi? 1) hunarmandchilik; 2) zargarlik; 3) kemasozlik; 4) kulolchilik; 5) binokorlik; 6) tikuvchilik. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6 6 / 30 6. Quyidagi qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish B) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish C) qul savdosi va hunarmandchilik D) chetga go'sht va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish 7 / 30 7. Qanday sabab bilan Yunonistonda manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) aholi sonining ortishi va yangi hududlarga ehtiyoj sababli B) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan C) qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishlari hisobiga D) qo'shni hududlar bilan keng madaniy munosabatlar o'rnatilishi hisobiga 8 / 30 8. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr boshida yuz bergan? A) Solon islohotlari o‘tkazildi B) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi C) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar D) Fors viloyatida Ahamoniylar davlati tashkil topdi 9 / 30 9. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan? A) 25 yosh B) 30 yosh C) 20 yosh D) 40 yosh 10 / 30 10. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv(alifbo) qachon vujudga kelgan? A) Miloddan avvalgi IX asrda B) Miloddan avvalgi X asrda C) Miloddan avvalgi VIII asrda D) Miloddan avvalgi XII asrda 11 / 30 11. “Disk uloqtiruvchi” haykali kim tomonidan ishlangan? A) Poliklet B) Fidiy C) Miron D) Dedal 12 / 30 12. Afina hukmdori Solon faoliyati bilan bog’liq to’g’ri javobni toping. A) aholini makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan; B) xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlar yozgan; C) Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lashni joriy qilgan; D) taklifi bilan qarzdorlarni qul qilish bekor qilingan; 13 / 30 13. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 3-4 yil B) 6-7 yil C) 5-7 yil D) 2-3 yil 14 / 30 14. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi? A) shimoli-sharqiy B) shimoli-gʻarbiy C) shimoliy D) gʻarbiy 15 / 30 15. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan? A) chorvadorlar va hunarmandlar B) ziroatchilar va savdogarlar C) savdogarlar va hunarmandlar D) dehqonlar va hunarmandlar 16 / 30 16. Drakont qonunlarini arzimagan darajada buzganlik uchun qanday jazo berilgan? A) oila a’zolari asirlikka berilgan B) qullikka mahkum qilingan C) jarima D) oʻlim 17 / 30 17. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 8 ta B) 3 ta C) 7 ta D) 9 ta 18 / 30 18. Miloddan avvalgi 480-yilda bo'lib o'tgan Fermopil darasi jangida yunon qo'shinlariga boshchilik qilgan sarkardani aniqlang. A) mashhur sarkarda Kalliy B) Sparta podshosi Leonid C) mashhur sarkarda Krass D) Afina harbiy sarkardalaridan biri Miltiad 19 / 30 19. Qadimgi qaysi davlatda fuqarolar og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar? A) Sparta B) Afina C) Makedoniya D) Rim 20 / 30 20. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan? A) olov B) yogʻoch C) tuproq D) zaytun yogʻi 21 / 30 21. Marafon tekisligida yunonlar qancha vaqt o’tgandan so’ng forslarga qarshi hujum boshlagan? A) bir oy B) bir hafta C) ikki hafta D) 3 kun 22 / 30 22. Yunonistonda necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o‘rgatilgan. A) 5 yosh B) 7 yosh C) 6 yosh D) 8 yosh 23 / 30 23. Qadimgi yunonlar «varvar»lar deb kimlarni atashgan? A) ularning nazdida madaniyat jihatidan past turuvchi barcha xalqlarni B) Appenin yarimoroli aholisini C) o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni D) bosib olingan hududlardagi qulga aylantirilgan aholini 24 / 30 24. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar fuqarolar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi. So'z kim haqida borayotganligini aniqlang. A) Drakont B) Oktavian C) Perikl D) Solon 25 / 30 25. Qadimgi Yunonistondagi “Buyuk yunon kaloniyalashtirish” davrini aniqlang. A) mil.avv VII-V asrlar B) mil.avv VIII-VII asrlar C) mil.avv IX-VII asrlar D) mil.avv VIII-VI asrlar 26 / 30 26. Qaysi davlatda savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. A) Afina B) Sparta C) Miken D) Bobil 27 / 30 27. Kimlar Afina fuqarosi bo'la olar edi? A) otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklar B) Afinada tug'ilib o'sgan barcha shaxslar C) qullardan tashqari barcha qatlamlar D) ma’lum kasb-hunarni bilgan fuqarolar 28 / 30 28. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan? A) Xalq tribuni B) Beshyuzlar kengashi C) Senat D) Xalq sudyasi 29 / 30 29. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6 30 / 30 30. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta’lim berilgan? 1) astronomiya 2) tibbiyot 3) musiqa 4) geometriya 5) geografiya 6) tarix A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz