Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №3 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №3 InfoMaster Aprel 6, 2023 280 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №3 11-15-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) qoyatosh suratlari bilan B) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan C) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 2 / 30 2. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 3, 4 B) 4 C) 1, 5, 7 D) 2, 3, 6 3 / 30 3. Misrliklar e'tiqodicha, ular sig'ingan qaysi iloh shunchalik qudratliki uni asl qiyofada ko‘rishni iloji bo’lmagan? A) Set B) Ptax C) Isida D) Osiris 4 / 30 4. Quyidagi qaysi hududlar qadimda mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan? A) Falastin va Nubiya B) Suriya va Falastin C) Nubiya va Liviya D) Sinay yarimoroli va Liviya 5 / 30 5. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 6 / 30 6. Ossuriyaning qaysi hukmdori davrida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo'lgan kutubxona jamlangan edi? A) Salamansar B) Oshshurbanipal C) Navuxodonosor D) Kiaksar 7 / 30 7. Noto'g'ri mulohazani aniqlang. A) Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug'ulianishiga qarab tabaqalarga ajratilgan edi. B) Xammurapi qonunlarning matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo‘yilardi. C) Qadimgi Mesopotamiyada podsholar shahar-davlatlarni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo'shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi. D) Qadimgi finikiyaliklar qo'shnilariga yog'och, metall va zeb-ziynat buyumlari sotardilar. 8 / 30 8. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang. 1)«Uch yuz spartalik jasorati»; 2)Misrning bosib olinishi; 3)Lidiyaning istilo qilinishi; 4)Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks; A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a 9 / 30 9. Qaysi hukmdor davrida forslar Finikiya va Falastinni bo’ysundiradilar? A) Doro I B) Kir II C) Kambiz I D) Kserks 10 / 30 10. «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar janga kirdilar. Men daryodan o'tgach saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim». Yuqoridagi jumlalar qaysi manbadan olingan? A) Naqshi Rustam qoyatosh yozuvlaridan B) Gerodotning «Tarix» asaridan C) Behistun bitiklaridan D) Persopol shahri devorlaridagi yozuvlardan 11 / 30 11. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan? A) Midiya B) Bobil C) Baqtriya D) Parfiya 12 / 30 12. Shumerlardan tashqari yana qaysi qadimiy xalqning yozuvi ham mixxatsimon shaklda bo'lgan? A) xitoylarning B) urartlarning C) hindlarning D) forslarning 13 / 30 13. Qadimgi finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotini belgilang. A) savdo-sotiq B) hunarmandchilik C) chorvachilik D) kulolchilik 14 / 30 14. Quyidagi qaysi davlatda dori-darmon tayyorlash bo'yicha dasturulamal tuzilgan edi? A) Xitoyda B) Mesapotamiyada C) Misrda D) Hindistonda 15 / 30 15. Qadimiy mifologiyaga ko'ra, osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etib, yeryuzini qurg'oqchilikdan qutqargan ilohni aniqlang. A) Indra B) Poseydon C) Sina D) Xapi 16 / 30 16. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo'lgan saroyi qoldiqlari saqlanib qolgan? A) Suza shahrida B) Ekbatana shahrida C) Bobil shahrida D) Persepol shahrida 17 / 30 17. Moxenjodaro shahri aholining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan? A) savdo-sotiq B) chorvachilik C) dehqonchilik D) hunarmandchilik 18 / 30 18. Fors shohlarining qayerlarga o'yib yozilgan bitiklari hozirgacha saqlanib qolgan? 1)Naqshi Rustam qoyalariga; 2)Ekbatana shahri devorlariga; 3)Behistun qoyalariga; 4)Suza shahri devorlariga; 5)Kiropolis saroyi devorlariga; 6)Persepol saroyi devorlariga. A) 3, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 6 19 / 30 19. Qadimgi Mesopotamiya tarixiga oid quyidagi voqealardan qaysi biri miloddan avvalgi IV mingyillikda yuz bermagan? 1)shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshlash 2)shumerlar tomonidan mixxat yozuvining ixtiro qilinishi 3)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketd 4)Sargon I davlat tuzdi A) 1, 2 B) 1, 4 C) 3, 4 D) 2, 3 20 / 30 20. Boqiy hayotga erishish uchun yordam beradigan sehrli giyohni ilon o'g'irlab ketgach, Gilgamish uni nima umrboqiy qilishini tushunib yetadi? A) ezgu ishlari B) yovuz maxluqotlarga qarshi kurashlari C) ota-onasining duolari D) jonajon shahri devorlari 21 / 30 21. Quyidagi tarixiy voqealardan bir asrda sodir bo'lganlarini belgilang. 1)Misrga giksos qabilalari bostirib kirdi; 2)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi; 3)Bobil podsholigida Xammurapi hukmronlik qildi; 4)Ossuriya o'z ravnaqining cho'qqisiga erishdi; 5)Xett davlati tashkil topdi; 6)Krit oroliga mikena qabilalari bostirib kirishdi; 7)Mohenjodaro va Xarappa sivilizatsiyalari zavolga uchray boshladi; 8)Eron hududiga midiyaliklar va forslar ko'chib kelib o'rnashishdi. A) 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 8 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7 22 / 30 22. Quyidagi qaysi davlat Yangi Bobil podshotigi tomonidan bosib olingan? A) Urartu podsholigi B) Misr podsholigi C) Fors podsholigi D) Midiya podsholigi 23 / 30 23. Quyidagi davlatlarning barham topgan davrini to'g'ri belgilang. 1) So'nggi Misr podsholigi; 2) Ossuriya davlati; 3)Bobil podsholigi; 4) Fors podsholigi; a)mil. avv. 605-yil; b) mil. avv. 525-yil; c) mil. avv. 539-yil; d) mil. avv. 330-yil. A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 24 / 30 24. Mil. avv. X asrda .... A) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. B) Ossuriya podsholigi qayta yuksala boshtagan. C) Midiya podsholigi o'z ravnaqi cho'qqisiga ko'tarilgan. D) Isroil podsholigi tashkil topgan. 25 / 30 25. Doro I hukmronligining birinchi yili... A) Saklar ustiga yurish boshlangan. B) Misrda Ahamoniylarga qarshi yirik qo'zg’olon bo'lib o'tgan. C) Marg'iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo'zg'oloni ko'tarildi. D) Sug'diyonada yirik qo'zg'olon boshlangan. 26 / 30 26. Qadimgi Finikiya o'lkasi qisman bo’lsa-da, hozirgi qaysi davlatlarning hududiga muvofiq keladi? A) Suriya va Falastin B) Suriya va Liviya C) Suriya va Livan D) Turkiya va Suriya 27 / 30 27. Qachon Urartu davlati o'z rivojlanishining yuqori cho'qqisiga erishadi? A) mil. avv. IX-VIII asrlarda B) mil. avv. XIII asrda C) mil. avv. VIII-VII asrlarda D) mil. avv. VII asrda 28 / 30 28. Qaysi manbada Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar - Odam ato va Momo havo yaratilishi, Yer yuzini To'fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud? A) Rigvedada B) Marhumlar kitobida C) Bibliyada D) Gilgamish haqidagi dostonda 29 / 30 29. Elam davlati vujudga kelgan ming yillikka kelib .... A) Qadimgi Sharqda ilk shahar- davlatlar vujudga keldi. B) patriarxat davri boshlandi. C) Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi. D) O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilikka o'tildi. 30 / 30 30. Quyidagi qadimiy xalqlardan qaysi birining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq bo'lgan? A) etrusklarning B) baqtriylarning C) ossurlarning D) xettlarning Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz