Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №2 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №2 InfoMaster Aprel 6, 2023 270 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №2 6-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Neolit davrida B) Mezolit davrida C) Bronza davrida D) Eneolit davrida 2 / 30 2. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Neolit B) Mezolit C) So‘nggi paleolit D) Bronza 3 / 30 3. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi B) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi C) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi D) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi 4 / 30 4. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) qabila C) ibtidoiy to'da D) urug' 5 / 30 5. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 6 6 / 30 6. Misrliklar ta’lim olayotganda nimalarga yozishgan? A) sopol buyumlar parchasi yoki ohaktoshga B) tosh va sopolga C) papirus poyalariga D) xudolarning haykallari va maqbaralar devorlariga 7 / 30 7. Quyidagilardan Misr xudolari bilan bog’liq to’g’ri javobni aniqlang. 1)Tot 2) Anubis 3) Maat 4) Xatxor a)haqiqat va adolat ilohasi b)marhumlar va mumiyolanganlar xudosi c)oy, donishmandlik va tabobat xudosi d)musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 8 / 30 8. Mil. avv. nechanchi ming yillikdan boshlab Amon-Ra Misr fir'avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan? A) mil. avv. I ming yillikdan B) mil. avv. IV ming yillikdan C) mil. avv. III ming yillikdan D) mil. avv. II ming yillikdan 9 / 30 9. O’rta Misr podsholigining poytaxti qaysi shahar bo'lgan? A) Baolbek shahri B) Fiva shahri C) Memfis shahri D) Abidos shahri 10 / 30 10. Qadimgi Misrda qanday kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. A) chiroyli so‘zlashni o‘zlashtirgan; B) husnixat san’atini egallagan; C) tibbiyot ilmidan habardor bo’lganlar; D) o’qishni va yozishni biladiganlar; 11 / 30 11. Misrda O'rta podsholik davrida egallangan hududlarni aniqlang. 1) Arabiston yarimoroli; 2) Liviya; 3) Nubiya; 4) Shimoliy Nubiya; 5) Sinay yarimoroli; 6) Falastin; 7) Janubiy Falastin; 8) Suriya. A) 3, 4, 7 B) 4, 7 C) 1, 2, 3, 5 D) 2, 4, 5 12 / 30 12. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang. A) sevgi xudosi B) musiqa xudosi C) go'zallik xudosi D) she’riyat xudosi 13 / 30 13. Oddiy misrliklarning uyi nimadan qurilgan? A) toshdan B) loy suvalgan papirus poyalaridan C) xom g’ishtdan D) yog’ochdan 14 / 30 14. Quydagi shaxslardan qaysi biri rivoyatda aytilishicha, Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. A) Menes B) Osiris C) Tutmos II D) Yaxmos 15 / 30 15. Qadimgi misrliklarda qaysi omil ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashiga sabab bo’ladi? A) mamlakat hayotida sardorlarning muhim ro’l o’ynay boshlashi B) Nil daryosini o’zashtira boshlaganligi C) Nil daryosi bo’yidagi sermashaqqat turmush tarziga moslashuvi D) Mehnat qurollari takomillashuvi 16 / 30 16. Qadimgi Misr hunarmandlarining qancha kasb-korlari bo’lgan? A) 30 ga yaqin B) 40 dan ziyod C) 50 ga yaqin D) 30 dan ziyod 17 / 30 17. Qachondan boshlab odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar? A) Mil. avv. IV ming yillik oxirlarida B) Mil. avv. IV ming yillik boshlarida C) Mil. avv. Ill ming yillik o’rtalarida D) Mil. avv. V ming yillik o’rtalarida 18 / 30 18. Qaysi Misr firavni davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi? A) Yaxmos B) Tutmos III C) Menes D) Tutmos II 19 / 30 19. Misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni qayerlardan keltirilgan? A) Falastin va Suriyadan B) Nubiya va Liviyadan C) Finikiya va Mesopotamiyadan D) Urartu va Ossuriyadan 20 / 30 20. Qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli misrliklar tomonidan bosib olinib, mahalliy qabilaiar Misrga soliq to'lay boshlashgan? A) So'nggi podsholik davrida B) O'rta podsholik davrida C) Qadimgi podsholik davrida D) Yangi podsholik davrida 21 / 30 21. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang. A) Misr iyerogliflari yozilgan bitiktosh topilgan Rozett shaharchasi Qohira shahridan uncha uzoqda joylashmagan. B) Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar kohinlarga qarab aniqlaganlar. C) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. D) eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida bunyod etilgan. 22 / 30 22. Qadimgi Misr podsholigi davrida .... A) deyarli butun Nubiya va Falastin yerlari zabt etildi B) Janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli zabt etildi. C) Old Osiyo va Liviya zabt etildi D) Nubiya va Liviyaga yurishlar qilindi. 23 / 30 23. 19 birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar. A) misrliklar B) xitoyliklar C) shumerlar D) hindlar 24 / 30 24. Mil, av VII asrda Misr... . A) Eron Ahamoniylari tomonidan bosib olindi. B) Giksoslar tomonidan bosib olindi. C) Itisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi. D) O‘z qudratining cho'qqisiga erishdi. 25 / 30 25. Vaqt o‘tishi bilan kimlar qadimgi Misrda hukmdorlarga podsholarga aylanishdi? A) harbiy sarkardalar B) nomarxlar C) ruhoniylar D) Qabila sardorlari 26 / 30 26. Misr g’arbida qaysi mamlakat joylashgan edi? A) Liviya B) Nubiya C) Xett D) Suriya 27 / 30 27. Misr dehqonlari dalalarga urug’larni qaysi paytda ekishgan? A) qishda B) kuzda C) avgust oyining oxirlarida D) iyul-sentabr oylarida 28 / 30 28. Marhumlarni mumiyolash faqat kimlarga nasib etgan? A) fir’avn amaldorlari va aslzodalarga B) kohinlar va ibodatxona xodimlariga C) marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga D) marhumning qarindoshi bo’lgan shaxslarga 29 / 30 29. Piramidalar qurilishi uchun toshlar qayerdan olib kelingan? A) Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan yerdan; B) Nil daryosining chap sohilidagi yassi tog‘lardan; C) Memfis shahri yaqinidan; D) Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan; 30 / 30 30. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz