Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 911 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Misr va Kavkazortida B) Mesopotamiya va Indoneziyada C) Kichik Osiyo va Eronda D) Falastin va Hindistonda 2 / 30 2. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi B) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi C) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi D) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi 3 / 30 3. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Neolit davrida B) Mezolit davrida C) Bronza davrida D) Eneolit davrida 4 / 30 4. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 5 / 30 5. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Eneolit B) Neolit C) Bronza D) Mezolit 6 / 30 6. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) Ilk paleolit B) O'rta paleolit C) So'nggi paleolit D) Mezolit 7 / 30 7. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi B) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari C) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari 8 / 30 8. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan B) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan C) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi D) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan 9 / 30 9. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi B) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi C) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi D) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan 10 / 30 10. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Obishir B) Qo'shilish C) Machay D) Zarautsoy 11 / 30 11. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan B) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan C) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan D) qoyatosh suratlari bilan 12 / 30 12. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi B) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi C) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi D) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi 13 / 30 13. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Neolit B) So‘nggi paleolit C) Mezolit D) Bronza 14 / 30 14. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Sharqiy Yevropada B) Old Osiyoda C) Kichik Osiyoda D) O’rta Osiyoda 15 / 30 15. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 4, 5, 2, 3, 6, 1 16 / 30 16. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5 17 / 30 17. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi B) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi C) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi D) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi 18 / 30 18. Mezolit davri oxirida... A) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. B) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. C) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. D) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. 19 / 30 19. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 6 20 / 30 20. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Surxondaryoda B) Ispaniyada C) Misrda D) Kavkazda 21 / 30 21. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) so'nggi paleolit davrida B) neolit davrida C) bronza davriga kelib D) mezolit davrida 22 / 30 22. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya C) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti D) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim 23 / 30 23. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) so‘nggi paleolit B) o‘rta paleolit C) ilk paleolit D) mezolit 24 / 30 24. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 3, 4 B) 4 C) 2, 3, 6 D) 1, 5, 7 25 / 30 25. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5 26 / 30 26. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Germaniya B) Yunoniston C) Xitoy D) Fransiya 27 / 30 27. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) urug' jamoalarining vujudga kelishi B) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi C) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi D) Buyuk muzlik davrining boshlanishi 28 / 30 28. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-b, 2-c, 3-d B) 1-a, 2-c, 3-d C) 1-b, 2-d, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c 29 / 30 29. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) qabila B) urug' C) Ibtidoiy jamoa tuzumi D) ibtidoiy to'da 30 / 30 30. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi B) muzlik davrining poyoniga yetishi C) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi D) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz