Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Aprel 1, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 136 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gap bir xil so‘z turkumidan tashkil topgan? A) Odamlarga unim bor-bunim bor deb maqtanmangki, so‘rab bezor qilishadi. B) Tarbiyasiz odam jamiyatga jinoyatchidan ko‘proq zarar keltiradi. C) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. D) Gunoh qanchalik katta bo‘lmasin, kechirishning savobi undan ham kattadir. 2 / 10 2. Qaysi javobda berilgan gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim. B) “Olim bo‘lsang, olam seniki” – deydi xalqimiz. C) Chini kosalarga suzulgan issiq sho‘rva ishtahani yana ham ochib yubordi. D) Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi. 3 / 10 3. Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumiga oid qanday birlik(lar) ishtirok etgan? A) yuklama B) bog‘lovchi, ko‘makchi C) ko‘makchi D) bog‘lovchi 4 / 10 4. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli so‘zlar berilmagan? A) ziqna − saxiy B) tekis − sekin C) mehr – nafrat D) mushkul − oson 5 / 10 5. Sizdan talab shuki, vaqtni qadriga yetishingiz, uni behuda o‘tkazmasligingiz lozim. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi uslubiy jihatdan xato qo‘llangan? A) jo‘nalish kelishigi B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi D) chiqish kelishigi 6 / 10 6. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshi xato berilgan javobni toping. A) yozdim B) to‘qidim C) tanladim D) qoraladim 7 / 10 7. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan javobni toping. A) Yurak yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q. B) Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar. C) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. D) Bir ko‘ngil imorati – Ming Маkkа ziyorati. 8 / 10 8. Qaysi gapda suzmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. B) U kishi sho‘rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go‘shtini yeydi, quruq suvini va suyak beradi biz bechoralarga. C) Ko‘k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko‘yga solar edi. D) U suvda qo‘l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi. 9 / 10 9. Berilgan qaysi so‘zlar qatori imloviy jihatdan xato yozilgan? A) juz’iy, zahm B) tafsiya, taasuf C) qurulla, supra D) zahil, immunitet 10 / 10 10. Qaysi gapda har ikkala o‘rinda –li qo‘shimchasini qo‘llash mumkin? A) Anvar aql..., tirishqoq juda harakat... bola. B) Vazmin va chiroy... gapiradigan bu shahar... kishi ustozimiz edi. C) Yo‘lning ikki tomoniga hosil... meva... daraxtlar ekilgan. D) Bilib qo‘y, reja... ish hamisha samara... bo‘ladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok