Fizika fanidan attestatsiya savollari №15

 
0%
0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

OMAD YOR BO'LSIN!


Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Fizika fanidan attestatsiya savollari №15

test.uzedu.uz saytidagi

 Repetitsion testlar 2024-yil

1 / 50

Quyidagi rasmda bir xil qarshilikka ega lampalar, ichki qarshiligi nol bo'Igan tok manbai hamda A va B kalitlari ochiq bo'Igan elektr zanjiri keltirilgan. A va B kalitlar yopilganda K va L, lampalarning yonish yorqinligi o'zgarishi haqida nima deyish mumkin?

2 / 50

Mass-spektrografda (rasmga.q) zaryadlangan zarralar KL uchastkada elektr maydon ta'sirida tezlashadi va induksiyasi B bo'lgan magnit maydonga tushib, R radiusli aylana chizadi. Tezlashtiruvchi kuchlanish U ga teng bo'lsa, boshlang' ich tezligini nolga teng deb hisoblab, bitta zarraning solishtirma zaryadi q/m ni formulasini aniqlang.

3 / 50

Quyidagi mulohazalardan qaysilari to'g'ri?
1) qizil nurning 3-maksimumi binafsha nurning 3-maksimumiga qaraganda markaziy maksimumdan uzoqroqda joylashgan.
2) qizil va binafsha ranglarning markaziy maksimumlari bir nuqtada joylashadi.
3) qizil va binafsha ranglarning markaziy maksimumlari bir nuqtada joylashmaydi.
4) binafsha nurning 3-maksimumi qizil nurning 3-maksimumiga qaraganda markaziy maksimumdan uzoqroqda joylashgan.
5) qizil nurning jami maksimumlari soni binafsha nurning maksimumlari sonidan ko'p bo'la olmaydi.

4 / 50

Darslarda mavzuga mos keladigan ko'rgazmali va targatma materiallardan ganday magsadda foydalaniladi?

5 / 50

O'quvchi bir loyiha ustida ishladi. O'qituvchi tomonidan loyiha taqdimotiga to'g'ri bildirilgan fikr variantlarini toping.
1) Vazifani belgilangan muddatdan oldin bajarganligini ta'kidlamoqchiman, ammo taqdimotdagi 1-muammo uchun keltirilgan ma’lumotlarni joriy yil
bo'yicha yangilash lozim.
2) Umuman olganda yomon emas. Ba'zi joylarida xatolikliklar bor, ularni birga tahlil qilishimiz lozim bo'Igani uchun, keyinroq ko’rishsak, yaxshiroq
tushuntirib beraman,.
3) Loyiha ishi talab darajasida bajarilgan. Taqdimotga ba'zi o'zgartirishlar kiritish lozim. Darsdan so'ng ular haqida batafsil gaplashib olish uchun
ko'rishsak ma'qul bo'lardi.
4) Barakalla. Taqdimot ustida zo'r ishlabsan. Menga juda yoqdi.

6 / 50

Yerdan 12 km balandlikda uchib ketayotgan samolyotdan 1:16000 masshtab bilan joyning fotografiyasini olish uchun obyektivning fokus masofasi qanday bo'lishi kerak (m)?

7 / 50

Yosh mutaxassis yangi mavzuni tushuntirib bo'Igach, o'quvchilarning quyidagi savoliga duch keldi: "Bularning bizga nima keragi bor? Biz bu narsani o'rganishni xohlamaymiz". Bu holatda o'qituvchi o'quv jarayonining qaysi tarkibiy qismlarini to'liq amalga oshirmagan?
1) Maqsad
2) Mazmun
3) Nazorat qilish
4) Baholash

8 / 50

Quyida keltirilgan birliklardan qaysilari kuchlanishning birligi bo Imaydi?
1) A*s;
2) J/C;
3) AΩ;
4) N/C;
5) N*m/C;
6) W/A;
7) V.

9 / 50

Zaryadsiz AB jism - q zaryad maydoniga kiritilib, ikki bolakka (A va B) bo'lindi. Agar jism: 1) metalldan; 2) dielektrikdan yasalgan bo'lsa, shu bo'laklar
qanday zaryadlarga ega bo'ladi?

10 / 50

Quyudagi jadvalni birinchi usunida optik qurulmalari nomi keltirilgan, ikkinchi ustundagi qaysi rasmga mos kelishini aniqlang

11 / 50

O'gituvchi muayyan mavzu bo'yicha o'quvchilarga tayyor bilimlarni taqdim etib, so'ng mustahkamlash, umumlashtirish, tizimlashtirish va nazorat qilish jarayonini tashkil etdi. Bu jarayon qanday ta'lim turiga taalluqli?

12 / 50

Elementar zarra pi-nol-mezon (π°) ikkita y- kvantga parchalanadi. Agar bu zarraning tinchlikdagi massasi 264,3 elektron massasiga teng bo'Isa, y- nurlanish chastotasini toping.

13 / 50

Quyidagi lampalarning qaysi biri yonadi?

14 / 50

O'qituvchi yangi mavzuga oid faktlar va mulohazalarni keltirdi hamda ularga doir savollar bilan murojaat qildi. Bunda o'quvchida qanday ko'nikma turi shakllantiriladi?

15 / 50

Ekrandagi teshik ichiga fokus masofasi 10 cm bo'lgan sochuvchi linza o'rnatilgan. Linzaga parallel nurlar dastasi tushmoqda. Linzadan 30 cm masofada uning tekisligiga parallel ravishda ekran joylashgan. Sochuvchi linza xuddi shunday diametrli yig'uvchi linzaga almashtirilganda ekrandagi yorug' dog'ning radiusi o'zgarmay qoldi. Yig'uvchi linzaning fokus masofasi (cm da) qanchaga teng?

16 / 50

600 W quvvatli lazer nurlanishi 20 ms davom etdi. Nurlangan yorug'lik 2 mg massali ideal qaytaruvchi folga bo' lagiga tushganda, folga bo'lagi qanday tezlik (mm/s) oladi? Folga nurning tarqalish yo'nalishiga tik holda joylashgan.

17 / 50

O'quvchiga amaliy topshiriqni bajarish uchun muayyan vazifa va uni amalga oshirish shartlari belgilab berildi. O'quvchi o'z faoliyatini shunga muvofiq rejalashtirdi. Bu qobiliyat qaysi faoliyat turiga kiradi?

18 / 50

Sportchi rasmda ko'rsatilgan yugurish yo'lida teng vaqt oralig'ida teng masofalarni bosib o'tadi. Shunga ko'ra, yo'Ining KL, LM va MN oraliqlarida yuguruvchining harakati to'g'risidagi fikrlarning qaysi biri yoki qaysilari to'g'ri?

19 / 50

Rejalashtirilayotgan darsning shakl va usullari nimalarga mos kelishi lozim?

20 / 50

Koordinata-vaqt grafigi rasmda berilgan bir jismning tezligi qaysi sohalarda yo'nalish va moduli o'zgarmaydi?

21 / 50

O'qituvchi o'quvchining mustaqil faoliyatlari darajasini oshirishmoqchi.
Buning uchun u o'qitish usullari ketma-ketligini qanday tanlashi lozim?
1. Reproduktiv usul
2. Axborot to'plash - reseptiv usul
3. Muammoli ta'lim usuli
4. Tadqigot usuli

22 / 50

Yerdan 80 m balandlikdan bir xil jismlar 1 s vaqt intervali bilan erkin tashlanmoqda. 4-jism tashlangan onda, 1-tashlangan jismning yerdan balandligi
necha metr bo'ladi? (g-10 m/s², qarshilik kuchi hisobga olinmasin.)

23 / 50

X. Y, Z jismlarning dastlabki haroratlari, oxirgi haroratlari va jismlarga berilgan issiqlik energiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
X jism temperaturasining o'zgarishi Z jismning temperaturasi o'zgarishidan ikk marta katta bo'ladi.
Ushbu tasdiqlarning qaysilari to'g'ri?
1. X va Y jismlarning issiqlik sig'imlari teng.
II. X va Y jismlarning solishtirma issiqlik sig'imlari teng.
III. Agar X va Z jismlarga teng miqdorda issiqlik miqdori (energiyasi) berilsa.

24 / 50

Rasmdagi K nuqtadan erkin tushayotgan bir jism L nuqtadan 20 m/s tezlik bilan o'tib, yerga tushadi. Jismning erkin tushish vaqti 3 s davom etgan bo'lsa, h1/h2 nisbat nimaga teng?

25 / 50

Radiyda 25*106 ta atom bor. Agar radiyning yarim yemirilish davri 1620 yil bo'lsa, 1 sutkada qancha atom yemiriladi?

26 / 50

O'qituvchi o'quvchiga mustaqil bajarish uchun vazifa berdi. Vazifani bajarishda fagatgina berilgan adabiyotlar ro'yxatidan foydalanmasdan, o'z shaxsiy fikr va mulohazalari bilan boyitishni so'radi. Shunda o'qituvchi o'quvchining ijodkorligini rivojlantirish uchun qanday ta'lim turidan foydalandi?

27 / 50

Faoliyat doirasida o'qituvchi o'quvchilarning kognitiv va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun turli usullardan foydalanadi. O'qitish usullari va ularni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlarini moslashtiring

28 / 50

Rasmdagidek joylashgan A va B idishlarda gaz bor. Tashqaridagi bosim 70 cm H ga teng. Har bir gazli idishga simobli manometrlar tutashtirilgan, rasmdagi ma'lumotlardan foydalaninb A va B gazlarining bosimlari nisbati Pa/Pb ni aniqlang.

29 / 50

Ta'lim - bu..

30 / 50

Qaysi holatlarda namunaviy o'quv rejalariga o'zgartirish kiritish mumkin?

31 / 50

4 m uzunlikdagi narvon silliq devorga gorizontga 60° burchak ostida tirab qo'yilgan. Narvon va pol orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. Narvon sirpana boshlagunga qadar kishi narvon bo'ylab qanday masofaga (cm da) ko'tarila oladi? Narvon massasi inobatga olinmasin. √3 =1,7?

32 / 50

Quyidagi rasmning A-E diagrammalarda to'rtta harakatdagi jism uchun masofa-vaqt grafiklari keltirilgan.
Jadvalning birinchi ustunida yozilgan harakat turiga mos grafikni (yoki grafiklarni) jadvalning ikkinchi ustuniga yozing.
1. O'zgarmas tezlikdagi harakat III
2. Tinch holat I
3. Sekinlanuvchan harakat  IV
4. Tezlik o'zgaradigan harakat I

33 / 50

1 μF sig'imli kondensator energiyasi unga parallel ulangan 2 μF sig'imli kondensator energiyasidan 0,02 J ga kam bo'Isa, ularga necha Volt kuchlanish
berilgan bo 'ladi?

34 / 50

4 μC zaryad kuchlanganligi bir jinsli elektrostatik maydonda rasmdagi kabi A nuqtadan B nuqtaga ko'chirilganda 96 μJ ish bajarilgan bo'Isa, maydon kuchlanganligi moduli qanday(V/m)? sin53°0,797, cos53°0,60.

35 / 50

Yerdan 135 m balandlikda gorizontal yo'nalishda uchib ketayotgan dronni razvedkachi durbin yordamida nazorat qilmoqda. Biror paytda dron vertikalga nisbatan 45º burchak ostida ko'rindi. Shundan 6 s o'tgach 53º burchak ostida ko'rindi.

Bu ma'lumotlardan foydalanib, dronning tezligini (km/h) aniqlang. sin53°0,8;cos53°=0,6.

36 / 50

Ampermetrning ichki qarshiligi 12 Ω bo'lib, u 2,5 A gacha tokni o'lchashga mo'ljallangan. Shu ampermetr bilan 15 A gacha tokni o'lchash uchun unga necha Ω li shunt ulash kerak?

37 / 50

Samarqanddagi (φ=39º35') kuzatuvchi uchun pastki kulminatsiyada matematik gorizontning shimoliy nuqtasiga urinuvchi yoritgichning og’ishini toping?

38 / 50

Quyidagi rasmda K radioaktiv element massa soni va protonlar soni orasidagi bog'lanish grafigi tasvirlangan.
I. K element 20 va 1ß yemirilib N elementga aylandi.
II. M va N elementlar izotop.
III. K element bitta o yemirilib L elementga aylangan.

Ushbu fikrlardan qaysilari to'g'ri?

39 / 50

100 m balandlikdagi vertolyotdan massasi 60 kg bo'lgan yuk qor uyumiga tashlandi. Oorga tegish vaqtida yukning tezligi 40 m/s bo'lsa, havoning qarshiligini yengish uchun necha kJ ish bajarilgan? (g-10 m/s².)

40 / 50

Tomonlari a =5 cm va b = 4 cm bo'lgan ramka 1 m/s tezlikda harakatlanib, induksiyasi 0,2 Tl bo'lgan bir jinsli magnit maydonga kiradi (rasmga. q). Maydon kengligi l>b. Maydonni kesib o'tishda ramkada 444 mJ issiqlik miqdori ajraldi. Ramka kesim yuzi 1 mm², solishtirma qarshiligi 10-7 Ω*m bo'lgan yopiq o'ramlardan iborat bo'lsa, o'ramlar sonini aniqlang.

41 / 50

Maktabda ta'lim sifatini aniqlash uchun monitoring o'tkazish rejalashtirildi. Uning vazifalari to'g'ri ko'rsatilgan variantlarni belgilang:
1. Ta'lim sifati, uni tahlil qilish va baholash haqida kerakli va yetarli ma'lumotlarni to'plash
2. Sifatli ta'lim uchun ijtimoiy buyurtmaning bajarilishini nazorat qilish
3. Ta'lim jarayoni ishtirokchilariga rag'batlantiruvchi va motivatsion ta'sirni
tashkil etish
4. Ta' lim jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy hotirjamligi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish
5. Ta'limni yanada rivojlantirish prognozi va zarur tuzatishlar kiritish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish

42 / 50

2-rasmda berilgan jadvalda ko'rsatilgan kataklarning qiymatlari musbat "+", manfiy "-" yoki 0 belgilaridan birini qo'yib chiqing (javoblardan mosini tanlang).

43 / 50

O'zgaruvchan EYK qiymatining (voltlarda o'lchangan) vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni berilgan: E= 50sin80πt.
Barcha to'g'ri tasdiqlarni ko'rsating:
1) EYK amplitudasi 100 V.
2) Davr 0,025 s ga teng.
3) Chastota 40 Hz ga teng.

44 / 50

Tajribada katodning sirtiga 5,1 eV energiyali fotonlar tushganda fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 0,6 eV ekanligi aniqlandi. Quyidagi jadvaldan foydalanib, katodning materialini aniglang.

45 / 50

Sirt yuzi 20 cm² boIgan qurilmaning sirtiga 1 μm qalinlikda oltin qatlami qoplandi. Qoplamda nechta oltin atomi bor? Avogadro doimiysi Na= 6,02 ·10-23 mol-1, oltinning atom massasi 197 u, zichligi esa 19,3 g/cm³.

46 / 50

Rasmda EYK ning vaqt bo'yicha o'zgarish grafigi berilgan. Grafikdan foydalanib, jadvaldagi ma'lumotlarni moslashtirib chiqing: Fizik kattaliklar Fizik kattaliklarning qiymati (SI birliklarida)
I) EYK ning amplitudasi
2) Tebranish davri
3) Tebranish chastotasi
a)60
b) 90
c) 0.3
d) 0,4
e) 2.5
f) 10

47 / 50

Rasmdagi naycha orqali 8 s da 1*1018 ta elektron I yo'nalishda, 2*1018 ta vodorod ionlari esa II yo'nalish bo'yicha o'tadi. Shunga ko'ra trubadan o'tgan tok uchun quyidagilardan qaysi biri to'g'ri?

48 / 50

O'qituvchi mualliflik dasturi va maktabni rivojlantirish konsepsiyasi ustida ish olib bordi. Bunday jarayon o'qituvchining qaysi faoliyat turiga kiradi?

49 / 50

Nuqtaviy I1 va I2 yorug'lik manbalari va shaffof bo'Imagan jismlar teng bo'laklarga bo'lingan tekislikda bir ekranning oldida rasmda ko'rsatilganidek joylashtirilgan.
Bunga asosan quyidagilardan qaysilari to'g'ri?
I. K nuqtaga har ikki yorug'lik manbaidan ham yorug'lik tushmaydi;
II. L nuqtani faqat bitta manba yoritadi;
III. M nuqtani har ikki manba yoritadi;

50 / 50

O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratib, bir necha yo'nalishlarda loyiha ishlari mavzularini taqdim etdi. Quyida berilganlardan ekologik loyiha turiga kiradigan variantlarni belgilang:
1. Maktabda chigindilarni saralab yig'ish ishlarini tashkil etish
2. Maktab hududidagi sport maydonchasini yoritish uchun shamol generatorini yaratish
3. Tog' chang'i dam olish zonasiga sayohat harajatlarini hisoblash
4. Maktabda "Ekologik muammolar" mavzusidagi tadbirni tashkillashtirish

0%

Testni tahlili dars.info-master.uz saytida berib boriladi.

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0