Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Aprel 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 131 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda har ikkala o‘rinda –li qo‘shimchasini qo‘llash mumkin? A) Anvar aql..., tirishqoq juda harakat... bola. B) Bilib qo‘y, reja... ish hamisha samara... bo‘ladi. C) Vazmin va chiroy... gapiradigan bu shahar... kishi ustozimiz edi. D) Yo‘lning ikki tomoniga hosil... meva... daraxtlar ekilgan. 2 / 10 2. Qaysi javobda berilgan gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi. B) O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim. C) “Olim bo‘lsang, olam seniki” – deydi xalqimiz. D) Chini kosalarga suzulgan issiq sho‘rva ishtahani yana ham ochib yubordi. 3 / 10 3. Sizdan talab shuki, vaqtni qadriga yetishingiz, uni behuda o‘tkazmasligingiz lozim. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi uslubiy jihatdan xato qo‘llangan? A) chiqish kelishigi B) qaratqich kelishigi C) tushum kelishigi D) jo‘nalish kelishigi 4 / 10 4. Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumiga oid qanday birlik(lar) ishtirok etgan? A) yuklama B) bog‘lovchi, ko‘makchi C) ko‘makchi D) bog‘lovchi 5 / 10 5. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshi xato berilgan javobni toping. A) to‘qidim B) tanladim C) yozdim D) qoraladim 6 / 10 6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan javobni toping. A) Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar. B) Bir ko‘ngil imorati – Ming Маkkа ziyorati. C) Yurak yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q. D) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. 7 / 10 7. Qaysi gap bir xil so‘z turkumidan tashkil topgan? A) Gunoh qanchalik katta bo‘lmasin, kechirishning savobi undan ham kattadir. B) Odamlarga unim bor-bunim bor deb maqtanmangki, so‘rab bezor qilishadi. C) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. D) Tarbiyasiz odam jamiyatga jinoyatchidan ko‘proq zarar keltiradi. 8 / 10 8. Qaysi gapda suzmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) U kishi sho‘rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go‘shtini yeydi, quruq suvini va suyak beradi biz bechoralarga. B) U suvda qo‘l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi. C) Ko‘k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko‘yga solar edi. D) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. 9 / 10 9. Berilgan qaysi so‘zlar qatori imloviy jihatdan xato yozilgan? A) qurulla, supra B) juz’iy, zahm C) zahil, immunitet D) tafsiya, taasuf 10 / 10 10. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli so‘zlar berilmagan? A) tekis − sekin B) mushkul − oson C) ziqna − saxiy D) mehr – nafrat 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok