Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №6 Biologiya olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №6 InfoMaster Avgust 19, 2024 195 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Biologiya olimpiada №6 2023-yil 20-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Tok shillig‘i, midiya kabi ….. 1) yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 2) ayrim jinsli hayvon; 3) chig‘anoq hosil qiladi; 4) yurakka ega; 5) og‘iz teshigiga ega; 6) maxsus sezgi organiga ega A) 1, 3, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 4, 6 D) 3, 4, 5 2 / 30 2. DNK fragmentida 56 ta timin nukleotidi mavjud bo`lib, umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etadi. Mazkur DNK fragmentidagi jami nukleotidlar sonini toping? Tekshirish 3 / 30 3. Maxsus ozuqa muhitida bittadan ichak tayoqchasi va pichan bakteriyasi o‘stirildi. Birinchi bakteriya 25 daqiqada, ikkinchisi 30 daqiqada bo‘linadi. 2,5 soatdan so‘ng ikkala bakteriyaning 25 foizi nobud bo‘lsa, ja’mi qancha bakteriya nobud bo‘lganligini aniqlang. Tekshirish 4 / 30 4. Yassi suyaklar (a) va uzun g‘ovak suyaklar (b) odam tanasining qaysi qismlarida uchraydi? 1) miya qutisi; 2) qo‘l skeleti; 3) oyoq skeleti; 4) yelka kamari; 5) ko‘krak qafasi; 6) umurtqa pog‘onasi. A) a-4, 5; b-2, 3 B) a-2, 3; b-4, 5 C) a-1, 5; b-4 D) a-1, 4; b-5, 6 5 / 30 5. Suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi turkumlarni ular uchun xos bo‘lgan xususiyatlar bilan juftlang. 1)boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi; 2) toq suzgichlari soni 4 ta: 3) skeleti tuzilishi quruqlikda yashovchi umurtqalilarga o‘xshaydi; 4) tana skeleti suyakdan iborat; 5) tana tuzilishi suv tubida yashashga moslashgan, dumi xivchinga aylangan. a)lassosimonlar; b) karpsimonlar; c) bakra baliqlar; d) skatlar; e) panjaqanotlilar. A) a - 2; b - 4; c - 1; d - 5 B) a - 4; b - 4; c - 1; e - 5 C) a - 2; b - 4; c - 1; d - 5; e - 3 D) a - 2; b - 4; c - 1; e - 3 6 / 30 6. Oddiy gulqo‘rg‘onga ega, bir urug‘li, quruq mevali o‘simlikni aniqlang. A) chuchmoma B) greyg lolasi C) bug‘doy D) g‘o‘za 7 / 30 7. Odam yuragining chap bo‘lmacha diastola holatida bo‘lgan vaqtda … 1) ikki tavaqali klapan yopiq bo‘ladi; 2) qorincha sistola holatida bo‘ladi; 3) yarimoysimon klapan yopiq bo‘ladi; 4) sistolik bosim kuzatiladi; 5) qorincha diastola holatida bo‘ladi A) 1, 5 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 2, 3 8 / 30 8. O‘simlik tanasidagi tirik (a) va o‘lik (b) hujayralarni juftlab ko‘rsating. 1) elaksimon nay hujayralari; 2) yog‘ochlik naylari hujayralari; 3) yetuk po‘kak hujayralari; 4) epiderma hujayralari; 5) kambiy hujayralari; 6) sklerenxima hujayralari; 7) kollenxima hujayralari. A) a-1, 4, 5, 7; b-2, 3, 6 B) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5, 7 C) a- 1, 6, 7; b-2, 3, 4, 5 D) a-1, 3, 7; b-2, 4, 5, 6 9 / 30 9. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 10 / 30 10. Gormon (a), karbonsuv (b), lipid (c), aminokislota (d) larni aniqlang. 1) tirozin; 2) somatotrop; 3) esterogen; 4) tiroksin; 5) xolesterol; 6) timozin; 7) lipaza; 8) triptofan; 9) laktoza; 10) xitin. A) a-3, 6; b-9, 10; c-3, 5; d-1, 8 B) a-1, 8; b-4, 5; c-9, 10; d-3, 6 C) a-1, 6; b-5, 10; c-2, 5; d-7, 8 D) a-2, 5; b-8, 9; c-3, 7; d-1, 6 11 / 30 11. “osminog – ustritsa – chuchuk suv shillig‘i”. Quyida keltirilgan hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. A) boshida ko‘zlari va bir juft paypaslagichlar rivojlanadi B) bir necha paypaslagichlari bo‘lib ularda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan C) chig‘anoq chetiga nafas teshigi ochiladi D) hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat 12 / 30 12. Oshqozonda sodir bo‘ladigan jarayonni aniqlang. A) lisotsim ta’sirida bakteriyalarning nobud bo‘lishi B) oqsillarning aminokislotalargacha parchalanishi C) amilazaning kraxmalga ta’siri D) o‘t suyuqligining yog‘larga ta’siri 13 / 30 13. Prokariot organizmlarga xos xususiyatni aniqlang. A) sentriolalar soni ikkita B) hujayra qobig‘i xitindan iborat C) hujayra qobig‘i mureindan iborat D) ribosomalarida ATF sintezlanadi 14 / 30 14. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang. 1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong‘oq; 4) na’matak; 5) yeryong‘oq; 6) yantoq. A) 1, 5 B) 3, 6 C) 4, 6 D) 2, 3 15 / 30 15. Yo‘sinlarning sporofiti uchun mos keladigan to‘g‘ri javobni aniqlang. A) rizoid, poya va bargga ega B) sporangiyband va sporangiydan iborat, zigota hosil qiladi C) zigotadan rivojlanadi, sporangiyband va sporangiydan iborat D) sporadan rivojlanadi, gametofitda rivojlanadi 16 / 30 16. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xato fikrni aniqlang. A) baqaning oldingi oyoq skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat B) salamandra suvda yashab quruqlikka tuxum qo`yadi C) miyachasi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan D) qurbaqa orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo`lganidan o`rmalab yuradi 17 / 30 17. Sistematik guruhlarni eng kichik taksonomik birlikdan boshlab ketma-ketligini aniqlang. Berilgan javoblar raqamlarini to‘g‘ri ketma-ketlik asosida yozing. 1) suvsarsimonlar; 2) sutemizuvchilar; 3) xordalilar; 4) bo‘rsiq; 5) umurtqalilar; 6) yirtqichlar (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 18 / 30 18. Batsilla hujayrasi xlorella hujayrasidan farq qilib unda… 1) mitoxondriya yo‘q; 2) sitoplazma mavjud; 3) ribosoma mavjud; 4) yadro yo‘q; 5) hujayra membranasi mavjud; 6) xromatofor mavjud; 7) mitoxondriya va yadro mavjud. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 6, 7 C) 1, 4 D) 2, 3, 5 19 / 30 19. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori o‘simligida 60 ta urug‘ hosil bo‘di. Ushbu jarayonda ishtirok etgan mikrosporotsit hujayralar sonini aniqlang. Tekshirish 20 / 30 20. To‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Qo’ng’ir suvo‘ti porfira fotosintez qiladi va undan olinadigan moddadan marmelad tayyorlanаdi. B) Chaqaloqlarda to‘sh suyagi orqasida joylashgan bezning massasi 1 gr. C) Kollenxima mexanik to‘qima bo‘lib,uning hujayrasi qalin qobiq va xloroplastga ega. D) Asalarilarning ko‘zi sariq va yashil ranglarni hamda infraqizil nurlarni yaxshi farqlaydi. 21 / 30 21. Quyidagilarni hayotning tuzilish darajalari bilan moslang. 1)xloroplast; 2) ildiz A) 1 - hujayra; 2 - to‘qima B) 1 - molekula; 2 - organ C) 1 - hujayra; 2 – organ D) 1 - molekula; 2 - to‘qima 22 / 30 22. Odam ko‘zidagi to‘r parda uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aniqlang. 1) ko‘z soqqasining optik funksiyasini bajaradi; 2) unda ko‘rish analizatorining periferik qismi joylashgan; 3) qon- tomir parda va fibroz parda oralig‘ida joylashgan; 4) ko‘zning retseptorlik funksiyasini bajarishda ishtirok etadi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 23 / 30 23. Siydik ayirish organlari orqali moddalarning filtratsiya jarayoni sodir bo‘ladigan qismdan boshlab harakatlanish yo‘lini aniqlang. Berilgan javoblarni raqamlarini to‘g‘ri ketma-ketlik asosida yozing. 1) kalavasimon kanalchalar; 2) nefron kapsulasi; 3) qovuq; 4) buyrak kosachalari; 5) siydik yo‘li; 6) buyrak jomi (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 24 / 30 24. Quyidagi atamalarni ularga mos keluvchi ta’riflar bilan juftlang. 1)turgor; 2) plazmoliz; 3) deplazmoliz; 4) buferlik; a)vakuolaga suv kirib, hujayraning tarangligini saqlashi; b) hujayra tarangligining yo‘qolishi; c) tarangligi yo‘qolgan hujayraning toza suvda o‘z holatiga qaytishi; d) hujayraning kuchsiz ishqoriy holatni saqlab turishi. A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 25 / 30 25. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi (Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5) Tekshirish 26 / 30 26. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini yozing. (Javobni kichik lotin harflarida kriting.) Tekshirish 27 / 30 27. Sutemizuvchilarning sistematik guruhlarini ularga xos xususiyatlari bilan juftlab ko‘rsating. 1)kloakalilar; 2) xaltalilar; 3) qo‘lqanotlilar; 4) kemiruvchilar; 5) yirtqichlar; a)tishlari charxlanib turadi; b) sut bezlari so‘rg‘ichlari rivojlanmagan; c) kurak tishlari mayda; d) oldingi oyoqlari suzgichga aylangan; e) bolalash uchun quruqlikka chiqadi; f) ultratovushdan foydalanadi; g) bachadoni kuchsiz rivojlangan. A) 1-b; 2-g; 3-d; 4-c; 5-a B) 1-b; 2-g; 3-f; 4-a; 5-c C) 1-d; 2-g; 3-f; 4-c; 5-a D) 1-e; 2-f; 3-g; 4-a, 5-c 28 / 30 28. A vitamin (a), B1 vitamini (b) yetishmaganda kuzatiladigan holatlar to‘g‘ri juftlangan qatorni toping. 1) qorong‘ida ko‘rish qobiliyati pasayadi; 2) organlarning ichki qavati yallig‘lanadi; 3) muskullar uvushib og‘riydi; 4) milklar shishib, qonaydi; 5) aqliy faoliyat pasayadi; 6) umumiy xolsizlik kuzatiladi A) a-2, 6; b-4, 5 B) a-1, 4; b-3, 6 C) a-3, 5; b-1, 2 D) a-1, 2; b-3, 5 29 / 30 29. Sxemada organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi jarayoni ko‘rsatilgan. C harfi o‘rniga mos keluvchi organlar sistemasini aniqlang. (Javobni kichik lotin harflarida kiriting.) Tekshirish 30 / 30 30. Quyidagi rasmdagi qo‘l harakati qaysi muskul qisqarishi natijasida amalga oshishini aniqlang. (Javobni kichik lotin harflarida kiriting.) Tekshirish 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz