Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №17 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №17 InfoMaster May 1, 2024 468 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425262728293031 7-sinf Biologiya №17 V bob. OZIQLANISH 5.1 Organizmlarning oziqlanishi 1 / 31 Suv rejimiga ta’rif bering. A) O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayon suv rejimi deyiladi. B) O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz hujayraga kirib turadi va bu jarayon suv rejimi deyiladi. C) Organizmdan ortiqcha mahsulotlarni chiqarib turulishi yoki organizmga moddalarning qabul qilinishi suv rejimi deyiladi D) O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz tashqariga chiqib turadi va bu jarayon suv rejimi deyiladi. 2 / 31 Bahorda va yozning birinchi yarmida tuproqqa ko‘proq ____o‘g‘itlar berilishi va yozning ikkinchi yarmida o‘simliklar ______o‘g‘itlar bilan oziqlanishi kerak A) Fosforli va kaliyli, azotli B) Barchasi bir vaqtda solinadi C) A Azotli, fosforli va kaliyli D) Kaliyli, azotli va fosforli 3 / 31 Qaysi o’g’it bilan kul birga ishlatmasligi kerak? A) Mochevina B) Ammoniy karbontni C) Ammoniy sulfatni D) A Ammoniy sulfitni 4 / 31 Kaliy yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi B) Yosh barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kiladi C) Barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi, ular buraladi va so‘liydi D) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi 5 / 31 Parazit oziqlanish bosqichlari berilgan javobni belgilang? A) Boshqa organizmidagi tayyor oziq moddalar hisobiga yashaydi. B) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda qonga so‘rilishi. C) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda ichaklarga so‘rilishi. D) Hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, organizm parchalanish mahsulotlarini qabul qilishi. 6 / 31 Organizmlar nimalarning manbaidan foydalanishiga ko‘ra avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi? A) Moddalar va uglevodning B) Energiya va uglerodning C) Energiya va uglevodning D) Moddalar va uglerodning 7 / 31 Mis yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi B) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi C) Barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi, ular buraladi va so‘liydi D) Yosh barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kiladi 8 / 31 Qaysi o‘g‘itlar o‘z ta’sirini uzoq saqlamaydi va tuproqda ko‘p to‘planmaydi? A) Azotli B) Fosforli C) A Kaliyli D) Organik 9 / 31 Fosfor yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar to‘q qizil rangga kiradi, ular buraladi va to‘kiladi B) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi C) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi D) Barglar maydalashadi va sarg‘ayadi, kurtaklar to‘kiladi 10 / 31 Rux yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi B) Barglar oldin oqarib, so‘ng sarg‘ayadi C) Barglar plastinkasida sariq dog‘lar paydo bo‘ladi, barg tomirlari yashillikni saqlab qoladi D) Barglar sarg‘ayadi, ularda qora dog‘lar paydo bo‘ladi 11 / 31 Parazit protoktistalar berilgan javobni belgilang. A) Askarida, jigar qurti B) Ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat, qoqshol kabi kasallik qo‘zg‘atuvchilar C) Amyoba,evgelena,tufelka D) Leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma 12 / 31 Oziqlanish tirik organizmlarning qanday xususiyati hisoblanadi? A) muhim fiziologik B) Barchasi to’g’ri C) muhim morfologik D) muhim anatomik 13 / 31 Qaysi elemennit yetishmasa xlorofill yemiriladi, xloroplastlarda sintez buzilib, o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi. A) Azotni B) Oltingurgutni C) Kalsiyni D) Kaliyni 14 / 31 Marganes yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar sarg‘ayadi, ularda qora dog‘lar paydo bo‘ladi B) Barglar oldin oqarib, so‘ng sarg‘ayadi C) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi D) Barglar plastinkasida sariq dog‘lar paydo bo‘ladi, barg tomirlari yashillikni saqlab qoladi 15 / 31 Golozoy oziqlanish bosqichlari berilgan javobni belgilang? A) Hazm fermentlarining ichki muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, organizm parchalanish mahsulotlarini qabul qilishi. B) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda qonga so‘rilishi. C) Hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, organizm parchalanish mahsulotlarini qabul qilishi. D) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda ichaklarga so‘rilishi. 16 / 31 Avtotroflar CO2 , suv va mineral tuzlardan organik moddalarni sintez qiladi. Ular biosintez reaksiyalari uchun energiya manbai sifatida qaysi enrgiyadan foydalanadi? A) Yorug‘lik energiyasidan B) A va B javoblar to’g’ri C) Kimyoviy bog’ energiyasidan D) Organik moddlar parchlanishidan ajralgan energiyadan 17 / 31 Saprofit oziqlanish bosqichlari berilgan javobni belgilang? A) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda ichaklarga so‘rilishi. B) Oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar ta’sirida parchalanishi hamda qonga so‘rilishi. C) Hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, organizm parchalanish mahsulotlarini qabul qilishi. D) Hazm fermentlarining ichki muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, organizm parchalanish mahsulotlarini qabul qilishi. 18 / 31 Oziqlanish nima? A) Tirik organizmlar tomonidan energiyani o‘zlashtirishi oziqlanish deyiladi B) Oziq moddalarning parchalanish jarayoni oziqlanish deyiladi. C) Tirik organizmlarning modda va energiyani o‘zlashtirishi oziqlanish deyiladi D) Tirik organizmlar tomonidan moddalarni o‘zlashtirishi oziqlanish deyiladi. 19 / 31 Prokariot organizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni belgilang. A) Amyoba,evgelena,tufelka B) Ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat, qoqshol kabi kasallik qo‘zg‘atuvchilar C) Leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma D) Askarida, jigar qurti 20 / 31 Harorat pasaysa, ildiz suvni sekin so‘ra boshlaydi, bu esa ________olib keladi. Kislorod yetishmaydigan sharoitda ildizning nafas olishi sekinlashadi va bu esa _______sabab bo‘ladi. A) Energiya almashunuvi buzilishiga, o‘simlikning so‘lib qolishiga B) O’simliklarning nobud bo’ishiga, o‘simlikning so‘lib qolishiga C) O‘simlikning so‘lib qolishiga, o’simliklarning nobud bo’ishiga D) O‘simlikning so‘lib qolishiga, energiya almashunuvi buzilishiga 21 / 31 Temir yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi, ular buraladi va so‘liydi B) Yosh barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kiladi C) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi D) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi 22 / 31 Geterotrof organizmlarning qanday guruhlari mavjud? golozoy, saprofit, parazit. A) Golozoy, saprofit, parazit. B) Golozoy, saprofit,xematatrof. C) Golozoy, fototroflar, parazit. D) Geterotrov va avtotrof. 23 / 31 Oziq zanjirida o‘simliklar –_______bakteriya -________ hayvonlar –_______, zamburug‘lar –________hisoblanadi. A) hosil qiluvchi (redutsentlar), iste’mol qiluvchi (konsument), parchalovchi (redutsent) parchalovchi (produtsent) B) iste’mol qiluvchi (konsument), hosil qiluvchi (produtsent), parchalovchi (redutsent) parchalovchi (redutsent) C) hosil qiluvchi (produtsent), parchalovchi (redutsent), iste’mol qiluvchi (konsument), parchalovchi (redutsent), D) hosil qiluvchi (produtsent), iste’mol qiluvchi (konsument), parchalovchi (redutsent) iste’mol qiluvchi (konsument), 24 / 31 Molibden yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi B) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi C) Barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi, ular buraladi va so‘liydi D) Yosh barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kiladi 25 / 31 Azot yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar oldin sariq, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi B) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi C) Barglar maydalashadi va sarg‘ayadi, kurtaklar to‘kiladi D) Barglar to‘q qizil rangga kiradi, ular buraladi va to‘kiladi 26 / 31 Oltingugurt yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar sarg‘ayadi, ularda qora dog‘lar paydo bo‘ladi B) Barglar plastinkasida sariq dog‘lar paydo bo‘ladi, barg tomirlari yashillikni saqlab qoladi C) Barg markazlarida yashil dog‘lar, chetlarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘ladi D) Barglar oldin oqarib, so‘ng sarg‘ayadi 27 / 31 Qaysi element yetishmasa kurtakalr nobud bo’ladi va to’kiladi? A) Rux va kalsiy B) Azot va rux C) Kaliy va kalsiy D) Azot va kaliy 28 / 31 Raffleziya, devpechak, zarpechak, shumg‘iya kabi o’simlilarga xos xususiyat. A) Tirik organizmlarda endoparazit hisoblanadi B) Anorganik moddalardan organic moddalarni sintezlay oladi C) Hujayrasi asosiy uch qismdan iborat D) Avtotrof oziqlanadi 29 / 31 Qaysi elementni o‘simlik tuproqdagi chirindi va minerallar tarkibidan qabul qiladi? A) Kalsiyni B) Oltingurgutni C) Azotni D) Kaliyni 30 / 31 O‘simliklar fotosintez qilish hisobiga o’n yil davomida Yer yuzida o‘rtacha necha tonna uglerodni biomassaga aylantirib beradi. A) 1000–1150 mlrd B) 200–230 mlrd C) 100–115 mln D) 200–230 mlrd 31 / 31 Magniy yetishmasligining alomatlari qaysi javobda keltirilgan? A) Barglar sarg‘ayadi, quriydi va to‘kiladi B) Barglar maydalashadi va sarg‘ayadi, kurtaklar to‘kiladi C) Yosh barglarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kiladi D) Barglar to‘q qizil rangga kiradi, ular buraladi va to‘kiladi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz