Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №15 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №15 InfoMaster May 1, 2024 160 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920 7-sinf Biologiya №15 IV bob. KOORDINATSIYA VA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISH 4.1 Tirik organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarishi 1 / 20 Refleks yoyining 1 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. B) Retseptor to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib, tashqi yoki ichki ta’sirlar orqali qo‘zg‘aladi. C) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. D) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat 2 / 20 Refleks yoyining 3 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. B) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat C) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. D) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. 3 / 20 Refleks yoyining 4 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. B) Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat C) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. D) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. 4 / 20 Nerv sistemasi qanday xususiyatiga ko‘ra markaziy va periferik bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi? Markaziy bo‘limga bosh va orqa miya, periferik bo‘limga esa ulardan ketuvchi nervlar va nerv tugunlari kiradi. A) Tuzilishi B) Bajaradigan ishiga ko’ra C) Joylashuviga D) Funksiyasiga 5 / 20 Neyronlarnimasiga ko’ra sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi neyronlarga ajratiladi. A) Bajaradigan ishiga ko’ra B) Barchasi C) Funksiyasiga D) Tuzilishi 6 / 20 Nerv sistemasi qanday xususiyatiga binoan somatik va vegetativ (avtonom) bo‘limlarga ajratiladi? A) Bajaradigan ishiga ko’ra B) Funksiyasiga C) Tuzilishi D) B va C to’g’ri 7 / 20 Neyronlar ________bir-biridan farqlanadi? A) Hajmi, shakli va funksiyasiga qarab B) Hajmi, shakli va joylashishiga qarab C) Barchasi D) Tuzilishi va funksiyasiga qarab 8 / 20 Qaysi javobda shartli reflekslar haqida fikr boryapti. A) Odam hayoti davomida gapirishni, o‘qish va yozishni o‘rganadi, mehnat qiladi va ko’payadi. B) Shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘idagi nerv markazlari ishtirok etamaydi. C) Bitta turga kiruvchi barcha hayvonlarning shartli reflekslari bir xil bo‘ladi. D) Hayoti davomida qush o‘ziga zarur oziqni farqlashni o‘rganadi. 9 / 20 ______ neyronlarni oziqlantirish vazifasini bajaradi A) Neyronlar B) Barchasi C) Neyrogliya D) Nervlar 10 / 20 Harakatlantiruvchi neyronlarning vazifasi nima? A) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. B) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. C) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. D) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. 11 / 20 To’g’ri jumlani toping? A) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish sezuvchi neyron orqali oraliq neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o‘tkaziladi. B) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish oraliq neyron orqali harakatlantiruvchi neyrondan sezuvchi neyronga o‘tkaziladi. C) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish harakatlantiruvchi neyron orqali sezuvchi neyrondan oraliq neyronga o‘tkaziladi. D) Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish oraliq neyron orqali sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o‘tkaziladi. 12 / 20 Oraliq neyronlarning vazifasi nima? A) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. B) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. C) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. D) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. 13 / 20 Qaysi javobda shartsiz reflekslar haqida fikr boryapti. A) Odam hayoti davomida gapirishni, o‘qish va yozishni o‘rganadi, mehnat qiladi. B) Shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘idagi nerv markazlari ishtirok etadi. C) Hayvonlar nasl qoldirish uchun qulay joy axtaradi, uya quradi, nasliga g‘amxo‘rlik qiladi. D) Nerv to‘qimasi asosini neyronlar va neyrogliya hujayralari tashkil etadi. 14 / 20 Nasldan naslga o‘tadigan tug‘ma reflekslar ______deyiladi. Bu reflekslar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasining quyi qismlari (______)ning nerv markazlari qatnashadi. A) Shartsiz reflekslar, orqa, uzunchoq, bosh,oraliq miyalar B) Shartli reflekslar, orqa, uzunchoq, o‘rta, oraliq miyalar C) Shartli reflekslar, orqa, uzunchoq, bosh,oraliq miyalar D) Shartsiz reflekslar, orqa, uzunchoq, o‘rta, oraliq miyalar 15 / 20 ______ nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bo‘lib, orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari atrofida joylashgan. A) Neyrogliya B) Barchasi C) Nervlar D) Neyronlar 16 / 20 Miyelin qobiqqa xos xusussiyatni belgilang. A) Dendiritni ustini o’rab turuvchi parda B) Aksonni ostini qoplab turuvchi parda C) Neyrogliya D) Neyronlarga xos 17 / 20 Sezuvchi neyronlarning vazifasi nima? A) Nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o‘tkazadi. B) Bosh va orqa miyadagi sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. C) Periferik nerv sistemasida sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylashgan. D) Nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi. 18 / 20 Refleks haqida quyudagilarning qaysi biri to’g’ri fikr? A) Tashqi ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. B) Organizmning oddiy harakatlaridan tortib eng murakkab hayotiy jarayonlargacha (masalan, fikrlash, nutq, kasb-hunar o‘rganish) reflekslar tufayli amalga oshadi. C) Barchasi to’g’ri D) Ichki ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob reaksiyasidan iborat. 19 / 20 ______– nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi hisoblanadi. A) Neyrogliya B) Neyronlar C) Barchasi D) Nervlar 20 / 20 Refleks yoyining 2 chi qismi qaysi javobda aks etgan? A) Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi. B) Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. C) Retseptor to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib, tashqi yoki ichki ta’sirlar orqali qo‘zg‘aladi. D) Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz