Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 InfoMaster May 2, 2024 53 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) ravnaq topmoq, rivojlanmoq B) sog’aymoq, tuzalmoq C) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq D) qizg’in tus olmoq, qizimoq 2 / 10 2. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) qanoat, madad B) xushmuomila, tushinmoq C) muovin, maxfiy D) sharoit, taraqqiyot 3 / 10 3. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qo’ynidadir, ko’rinar B) osha, ko’rinar C) qishlog’im, ko’rinar D) qishlog’im, olam 4 / 10 4. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. B) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. C) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. D) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. 5 / 10 5. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. B) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. C) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. D) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. 6 / 10 6. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) dev//sifat, sovuq//mijoz, B) tim//qora, har//zamon C) to’q//qizil, dardi//sar D) hamma//yoq, taklif//noma 7 / 10 7. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) barpo qilindi B) farovon qildi C) qurildi D) taxlab chiqildi 8 / 10 8. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. B) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. C) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. D) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. 9 / 10 9. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. B) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. C) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. D) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. 10 / 10 10. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) teleskop, sazoi B) mushoyira, mansabdor C) tavakkal, taqriz D) diversifikatsiya, birifing 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 26 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29