Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Noyabr 22, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 ga fikr bildirilmagan. 0% 5 1234567891011121314151617181920 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 20 1. Qaysi gap(lar)da belgilash olmoshi ishtirok etgan? 1) Bolalarining ikkovi ham juda odobli.2) Bolalarning hammasi darsda qatnashdi. 3) Har vaqt qizi bilan оnasi esiga tushib ketardi. A) 1, 2 B) 2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 2 / 20 2. Вilimdon va tadblrkor, raqobatbardosh yosblar Vatanimizning kelajagi sanaladi. Ushbu gapda jarangli undoshdan iborat nechta qo'shimcha bor? A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 3 / 20 3. Qaysi javobda berilgan terminlarning barchasi bitta fanga oid? A) milod, mikroskop, tub son B) kurtak, xujayra, tenglama C) tenglama, kesma, milod D) ildizpoya, ra`noguldoshlar, mikroskop 4 / 20 4. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ot B) ravish C) fe’l D) ravishdosh 5 / 20 5. Qaysi qatorda shevaga oid so`z ot so`z turkumida emas? A) Yo ulimdi musobaqaga yuborganim uchun menga bir so‘m bering? (Zulfiya Qurolboy qizi) B) Qishloqdi dunyo tanidi nima, tanimadi nima? (Zulfiya Qurolboy qizi) C) Sen meni boshimdi aylantirma, - deya muallimning gapini to`xtatdi u. (Zulfiya Qurolboy qizi) D) Juringlar! Qaytishda cho`milamiz! – dedi Oqboy (Sh.Xolmirzayev) 6 / 20 6. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq B) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna C) ko’p, ancha, mo’l, xiyol D) chiroyli, go’zal, suluv, barno 7 / 20 7. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 8 / 20 8. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -guncha, -gani, -ib B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -guncha, -la, -in, -il, -gan D) -gach, -t, -ir, -n, -i 9 / 20 9. Qaysi so`zda yopiq bo`g`in mavjud emas? A) sharshara B) asarlar C) ijodiy D) kinochi 10 / 20 10. Yengil so`zi qaysi so`z bilan birikma hosil qilsa, ko`chma ma`noda qo`llangan bo`ladi? A) g`isht B) sumka C) ovqat D) tosh 11 / 20 11. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq B) ravnaq topmoq, rivojlanmoq C) sog’aymoq, tuzalmoq D) qizg’in tus olmoq, qizimoq 12 / 20 12. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. B) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. C) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. D) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. 13 / 20 13. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) muovin, maxfiy B) xushmuomila, tushinmoq C) sharoit, taraqqiyot D) qanoat, madad 14 / 20 14. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. B) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. C) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. D) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. 15 / 20 15. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) tavakkal, taqriz B) mushoyira, mansabdor C) diversifikatsiya, birifing D) teleskop, sazoi 16 / 20 16. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. B) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. C) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. D) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. 17 / 20 17. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qishlog’im, olam B) osha, ko’rinar C) qishlog’im, ko’rinar D) qo’ynidadir, ko’rinar 18 / 20 18. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) farovon qildi B) qurildi C) barpo qilindi D) taxlab chiqildi 19 / 20 19. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) dev//sifat, sovuq//mijoz, B) to’q//qizil, dardi//sar C) tim//qora, har//zamon D) hamma//yoq, taklif//noma 20 / 20 20. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. B) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. C) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. D) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok