Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 InfoMaster May 2, 2024 8 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 2 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №10 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Suhbat birdan jonlanib ketdi, hamma o’z fikrini dadil o’rtaga tashlay boshladi. Ushbu gapda qo’llangan jonlanmoq so’zi qanday ma’nolarni ifodalash uchun qo’llangan? A) sog’aymoq, tuzalmoq B) namoyon bo’lmoq, gavdalanmoq C) qizg’in tus olmoq, qizimoq D) ravnaq topmoq, rivojlanmoq 2 / 10 2. Qaysi javobda berilgan so’zlar ajratib yozilishi kerak? A) dev//sifat, sovuq//mijoz, B) hamma//yoq, taklif//noma C) tim//qora, har//zamon D) to’q//qizil, dardi//sar 3 / 10 3. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni belgilang. A) mushoyira, mansabdor B) teleskop, sazoi C) tavakkal, taqriz D) diversifikatsiya, birifing 4 / 10 4. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo’llangan? A) Elchi o’rnidan turib, ko’zlari katta-katta, bo’yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. B) Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora qiz edi. C) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. D) Yomg’irlarda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go’zal ko’rinardi. 5 / 10 5. Qaysi gapda o’zaro ma’nodosh so’zlar ishtirok etgan? A) Qon yugurdi ol yanog’iga, Bargi g’ubor – chandan aridi. B) Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi. C) Quyosh chiqdi, gul yaprog’iga Tunda qo’ngan shabnam aridi. D) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol. 6 / 10 6. Quyidagi gapda ko’p nuqta o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy jihatdan tog’ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko’plab chiroyli bog’lar… A) qurildi B) barpo qilindi C) taxlab chiqildi D) farovon qildi 7 / 10 7. Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanilishi uchraydi? A) Furqat mahalla maktabida o’qish bilan birga o’z davrining turli ilmlarini o’rgangan kishi edi. B) U Navoiy asarlarini shunchalik sevib o’qiydiki, hatto bir kuni ulug’ shoirning o’zi unga oq fotiha beradi. C) Hamma qoyil qolibdi va yakdillik bilan shoirni mushoirani g’olibi deb e’lon qilishibdi. D) U Alisher Navoiy otlig’ bog’ni bir umr parvarish qilib o’tgan bog’bon edi. 8 / 10 8. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) muovin, maxfiy B) sharoit, taraqqiyot C) xushmuomila, tushinmoq D) qanoat, madad 9 / 10 9. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Biz ichki intizomga rioya qilishga majburmiz, hurmatli hamkasblar. B) Ustoz abadiy tiriklikka erishkan avliyolar haqida so’zlab berdi. C) Suv yuziga suzub chiqgan baliqlarni ko’rdi. D) Uy to’rida ilingan surat unga yoshligini eslatti. 10 / 10 10. Tog’lar qo’ynidadir mening qishlog’im, Cho’qqilari osha ko’rinar olam. Ushbu she’riy parchadagi kesimlarni toping. A) qishlog’im, ko’rinar B) qo’ynidadir, ko’rinar C) qishlog’im, olam D) osha, ko’rinar 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 17 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29