Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 684 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz yakunlandi. Bunga sabab nima edi? A) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami B) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi C) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi D) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar 2 / 30 2. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1832-yilda B) 1825-yilda C) 1844-yilda D) 1843-yilda 3 / 30 3. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Kebekxon B) Abulxayrxon C) Munke D) Tug‘luq Temur 4 / 30 4. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Samarqand shahrida B) Buxoro shahrida C) Qarshi shahrida D) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan 5 / 30 5. XIX asr oxiri Germaniyada nechta monopoliya faoliyat ko’rsatgan? A) 167 B) 100 C) 185 D) 250 6 / 30 6. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlardan iborat bo’lgan? A) Zarafshon va Farg’ona B) Sirdaryo va Yettisuv C) Buxoro va Zarafshon D) Kaspiyorti va Yettisuv 7 / 30 7. 1870-yilda qaysi davlatlar o’rtasida urush boshlangan? A) Fransiya-Buyuk Britaniya B) Fransiya-Prussiya C) Germaniya-Rossiya D) Rossiya-Yaponiya 8 / 30 8. Rossiya imperyasidan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiyalar muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy B) Lessar, M. Murkford C) M. Murkford, A. Byorns D) I. Volf, V. Perovskiy 9 / 30 9. Rimda qaysi lavozim qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etib, “veto” so’zini ham aytishi mumkin bo’lgan? A) diktator B) konsul C) xalq tribuni D) liktor 10 / 30 10. 1809-1874-yillarda yashab ijod qilgan Ogahiy nechta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi hisoblanadi? A) 21 ta B) 10 ta C) 25 ta D) 16 ta 11 / 30 11. XIX asr oxiri-XXasr boshlarida qaysi davlatlar juda katta mustamlakalarga ega bo’lib oldilar? A) Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya B) Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya C) Italiya, Ispaniya, Rossiya D) Germaniya, Italiya, Yaponiya 12 / 30 12. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil topgan? A) 1867-yil B) 1886-yil C) 1865-yil D) 1847-yil 13 / 30 13. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1868-1880-yillarda B) 1845-1890-yillarda C) 1870-1887-yillarda D) 1847-1885-yillarda 14 / 30 14. “Uchlar ittifoqi”ni tashkil etilganligi qaysi davlatlarni yaqinlashishga majbur etdi? A) Fransiya va Rossiyani B) Buyuk Britaniya va Germaniyani C) Italiya va Germaniyani D) Avstriya-Vengriya va Rossiyani 15 / 30 15. Buxoro amirligi va Xiva xonligida qo’shinlarning bosh qo’mondoni nomlanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping A) sadr va mehtar B) to’pchiboshi va yasovulboshi C) mirshab va muxtasib D) ko’kaldosh va devonbegi, 16 / 30 16. Ershi shahri qadimda qaysi davlatning poytaxti bo’lgan? A) Xorazm B) Qang’ C) Davan D) Eron 17 / 30 17. Kudzula Kadfiz davrida qaysi hududlar kushonlar davlatiga qo’shib olingan? A) Baqtriya va Xorazm B) Afg’oniston va Kashmir C) Hindiston va Eron D) Parfiya va Xitoy 18 / 30 18. O’rta asrlarda shaharlar qaysi qismlardan iborat bo’lgan? A) shahriston, kuhandiz, mahkama B) shahriston, rabod, ichan qal’a C) qal’a, rabod, shahriston D) ko’handiz, shahriston, rabod 19 / 30 19. Germaniyada 1524-yilda boshlangan dehqonlar qo’zg’oloniga kim boshchilik qilgan? A) Martin Lyuter B) Tomas Myunser C) Jan Kalvin D) Ignatiy Lyola 20 / 30 20. Qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni anglatuvchi atamani toping A) burjuaziya B) manufaktura C) birja D) aksiya 21 / 30 21. O’rta Osiyo xonliklarida “amlok” deb qanday yer egaligiga nisbatan ishlatilgan? A) xususiy yerlarga B) davlat yerlariga C) jamoa yerlariga D) madrasa yerlariga 22 / 30 22. Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga kimning hukmdorligi davrida erishgan? A) Feodora B) Velisariy C) Yustinian I D) Boleslav I 23 / 30 23. Fransiya Prussiya bilan bo’lgan jangda qancha zarar ko’rgan? A) 13 mlrd frank B) 10 mlrd. frank C) 5 mlrd. frank D) 15 mlrd. frank 24 / 30 24. Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857- yilda Rossiya bo’ylab sayohat qilgan ma’rifatparvarni toping A) Ahmad Donish B) Ogahiy C) Mirxond D) Munis 25 / 30 25. Arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga kimlar boshchilik qilishgan? A) Abruy va Divashtich B) Muqanna va Rofe ibn Lays C) Tohir ibn Husayn va Abruy D) Amir ibn Lays va Xudoydod 26 / 30 26. Xonliklarda sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan kimlar shug’ullanganlar? A) miroblar B) muxtasiblar C) mehtarlar D) mutavalli 27 / 30 27. Abu Rayhon Beruniy nechta yulduzning koordinatalari va kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan? A) 1014 B) 1029 C) 1018 D) 1001 28 / 30 28. Ilk o’rta asrlarda qayerlarning hokimlari “ixshid” deb atalgan? A) Ustrushona va Choch B) Tohariston va Kesh C) Buxoro va Xorazm D) Sug’d va Farg’ona 29 / 30 29. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 4-bosqichida kimlar bo’ysundirildi? A) qirg’izlar B) turkmanlar C) xivaliklar D) qo’qonliklar 30 / 30 30. Qaysi Xuroson noibi VIII asr boshlarida arablarning Movarounnahrga harbiy yurishlariga boshchilik qilgan? A) Nasr ibn Sayyor B) Ashros C) Qutayba ibn Muslim D) Ubaydulloh ibn Ziyod 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz