Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 252 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. B) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. C) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. D) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. 2 / 30 2. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Buxoro B) Eron C) Kaspiy dengizi D) Qozoq juzlari 3 / 30 3. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) imperiyani qayta tiklash B) respublika tuzumi o‘rnatish C) ishchilarga saylov huquqi berish D) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish 4 / 30 4. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi? A) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan B) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish C) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish D) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish 5 / 30 5. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun kim “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirdi? A) Muhammad Rahimxon I B) Muhammad Rahimxon II C) Olloqulixon D) Eltuzarxon 6 / 30 6. VI asr oxirlarida qanday xavf Xitoyning birlashuviga sabab bo’ldi? A) mamlakatdagi qo’zg’olon xavfi B) Turk hoqonligining hujumi xavfi C) iqtisodiy inqiroz xavfi D) aholining kamayib ketish xavfi 7 / 30 7. Rim papasining gunohlarni avf etganlik to’g’risidagi maxsus yorlig’i qaysi javobdagi atamaga mos keladi? A) individualizm B) interdikt C) reformatsiya D) indulgensiya 8 / 30 8. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri nechta dahaga bo’lingan va shaharning nechta darvozasi bo’lgan? A) 10 daha, 8 ta darvoza B) 2 daha, 12 darvoza C) 4 daha, 12 darvoza D) 3 daha, 6 darvoza 9 / 30 9. Rossiyadan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy B) I.Volf, V.Perovskiy C) M.Murkford, A.Byorns D) P.Lessar, M.Murkford 10 / 30 10. Buxoro amirligida aholi bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida qanday yig’im to’lashgan? A) kafsan B) cho’p puli C) tanobona D) solg’ut 11 / 30 11. Nechanchi asrdan boshlab arab va fors manbalarida “Dashti Qipchoq” deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) XI asrdan B) X asrdan C) XII asrdan D) XV asrdan 12 / 30 12. Muhammad Shayboniyxon nima uchun 1507-yilda pul islohotini o’tkazdi? A) xonlik xazinasini boyitish uchun B) xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish uchun C) xonlik xonadoni xarajatlarini qoplash uchun D) soliqlarni 4 barobar oshirish va tangadagi kumush foizini pasaytirish uchun 13 / 30 13. Makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so’ng, u barpo etgan davlat qaysi qismlarga bo’linib ketadi? A) Misr, Xitoy, Hindiston B) Makedoniya, Misr, Suriya C) Bobil, Parfiya, Eron D) Makedoniya, Eron, Hindiston 14 / 30 14. G’azna hukmdorlaridan kim Hindistonning shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlarini uyushtirgan? A) Alptegin B) Ma’sud G’aznaviy C) Sobuqtegin D) Mahmud G’aznaviy 15 / 30 15. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1868-1880-yillarda B) 1870-1887-yillarda C) 1845-1890-yillarda D) 1847-1885-yillarda 16 / 30 16. Usmonli davlati tarixida kimning davri “zulm davri” nomini olgan? A) Abdulhamid II B) Anvarbey C) Murod V D) Abdulaziz 17 / 30 17. Yunon-shahar davlatlar qo’shinlarining asosini kimlar tashkil etgan? A) otliqlar B) goplitlar C) senturiylar D) legionlar 18 / 30 18. Eftallar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 25 B) 32 C) 22 D) 28 19 / 30 19. Avstriya-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarini toping 1.Chexiya 2.Xorvatiya 3.Galitsiya 4.Bukovina 5. Transilvaniya 6. Slovakiya 7. Moraviya A) 2,5,6 B) 1,2,7 C) 3,4,5 D) 4,6,7 20 / 30 20. Tarixda “Vabo isyoni” deb nom olgan qo’zg’olon qachon yuz bergan? A) 1892-yil B) 1885-yil C) 1882-yil D) 1878-yil 21 / 30 21. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar va o’zlarini xo’jayinlardek tutardilar? A) 17 B) 10 C) 26 D) 22 22 / 30 22. Yevropada uchinchi salib yurishlarining tashkil qilinishiga sabab bo’lgan voqeani toping A) musulmon hukmdorlarining salibchilar ustidan g’alaba qilayotgani uchun B) Misr sultoni Salohiddin Ayubiyning 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib olgani uchun C) Fransiya qirolining taklifiga ko’ra D) Rim papasi Urban II xohlagani uchun 23 / 30 23. Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri o’z poyoniga yetdi? A) mezolit B) eneolit C) neolit D) bronza 24 / 30 24. Qo’qon xonligida qaysi lavozim nafaqat Bosh qo’mondon va ayni paytda Bosh vazir vazifasini ham bajargan? A) mirzaboshi B) mingboshi C) parvonachi D) devonbegi 25 / 30 25. 800-yilda Rim papasi Lev III qaysi hukmdorga imperatorlik tojini kiygizadi? A) Buyuk Karl B) Buyuk Alfred C) Xlodvig D) Otton III 26 / 30 26. Toshkentda qachon “Shahar nizomi” joriy etilgan va unga muvofiq Shahar boshqaruvi Dumaga o’tgan edi? A) 1877-yil B) 1867-yil C) 1892-yil D) 1868-yil 27 / 30 27. Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo’zg’oloni yuz bergan vaqtda bo’lgan voqeani toping A) Yaponiya konstitutsiyasi qabul qilindi B) Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi C) Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi D) Braziliyada Pedru II taxtdan voz kechdi 28 / 30 28. 1898-yilda ikkinchi jadid maktabi kim tomonidan va qaysi shaharda ochilgan? A) Shamsiddin domla, Andijonda B) Mannon qori, Toshkentda C) Salohiddin domla, Qo’qonda D) Abdurauf Fitrat, Buxoroda 29 / 30 29. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining to’rtinchi bosqichida kimlar bo’ysundirilgan? A) Qo’qon xonligi B) turkmanlar C) Xiva xonligi D) qozoqlar 30 / 30 30. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish uchun eng muhim markazlar bo’lgan? A) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand B) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo C) Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent D) Toshkent, Jizzax, Buxoro 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6