Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №5 Biologiya olimpiadaViloyat 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 168 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Biologiya olimpiada №5 2022-yil 7-noyabr: 2022-2023 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 48 B) 76 C) 12 D) 24 2 / 24 2. Odam yuragiga xos bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlang. A) chap qorincha qisqarganda qon o‘pka venasiga chiqadi B) o‘ng qorincha qisqarganda venoz qon o‘pka arteriyasi chiqadi C) chap bo‘lmacha qisqarganda ikki tavaqali klapan ochiladi D) o‘ng bo‘lmacha qisqarganda uch tavaqali klapan ochiladi 3 / 24 3. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori A) a-2,3 b-1,7 B) a-2,6 b-3,5 C) a-4,5 b-6,7 D) a-3,4 b-1,2 4 / 24 4. Barbadenze g‘o‘zasida urug'lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 240 B) 180 C) 120 D) 360 5 / 24 5. Postembranal davri to`gri kechuvchi(a) va to`g`ri kechmaydigan(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi A) a-2,4,6 b-1,3,5 B) a-2,4,5 b-1,3,6 C) a-2,3,4 b-1,5,6 D) a-1,5,6 b-2,3,4 6 / 24 6. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) bangidevona, turp, arpa B) beda, burchoq, loviya C) oddiy jag‘-jag‘, g‘o‘za, karam D) lola, boychechak, bug‘doy 7 / 24 7. Mutatsiya turi va sababi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1)xromosoma mutatsiyasi; 2) gen mutatsiyasi a)xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi; b) xromosoma sonining kamayishi; c) nukleotidlar ketma-ketligining o‘zgarishi; d) bir purinning boshqa puringa almashinishi; e) nukleotidlarning yo‘qolishi; f) xromosoma gaploid to‘plamining kamayishi A) 1 - a; 2 - c, d B) 1 - b; 2 - a, c C) 1 - c, d, e; 2 - a, b, f D) 1 - a, d, f; 2 - c, b, e 8 / 24 8. Organik olamda evolutsiya natijasida himoya rangi (a), maskirovka (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) gornostayning yozda bir, qishda boshqa rangda bo‘lishi; 2) qovog‘ari tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanishi; 3) ninabaliqning suv o‘tlarini eslatishi; 4) kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; 5) kvaksha baqasining yashil rangda bo‘lishi A) a-3; b-1 B) a-2; b-5 C) a-4; b-2 D) a-1; b-4 9 / 24 9. Pleyotrop (I) va letal (II) genga ega organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turli miqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariq sichqonlarning o‘limi; 3) tovuq patining jingalak bo‘lishi, nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko‘rsatadi A) I-1; II-2 B) I-3; II-2 C) I-2; II-1 D) I-2; II-3 10 / 24 10. Oddiy lipidni aniqlang. A) fosfolipid B) mum C) glikoprotein D) glikolipid 11 / 24 11. Ikki shoxli nosorog (1), to‘ng‘iz (2), o‘rdak (3) ga xos xususiyatlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. A) 1 − tabiiy holda Habashiston biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; 3 − yuragi to‘rt kamerali B) 1 − diafragmaga ega; 2 − oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 3 − yuragi uch kamerali C) 1 − tabiiy holda Neotropik biogeografik viloyatda uchraydi; 2 – tuyoqli sutemizuvchilar turkumi vakili; 3 − jish bola ochadi D) 1 − zubr bilan bir turkumga mansub; 2 − diafragma rivojlangan; 3 − bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud 12 / 24 12. Kemiruvchilar (I) va hasharotxo‘rlar (II) turkumiga kiruvchi sutemizuvchilarni aniqlang. a)ko‘k sug‘ur; b) kutora; c) yerqazar; d) jayra; e) nutriya; f) vixuxol A) I – a, d, e; II – b, c, f B) I – c, d, e; II – a, b, f C) I – a, d, f; II – b, c, e D) I – b, c, f; II – a, d, e 13 / 24 13. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi 25%. B) Ushbu oilada daltonik qizlarning tug‘ilish ehtimolligi 0%. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. 14 / 24 14. Latchaga (a) va turnaga (b) tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi A) a-2, 7; b-3, 5 B) a-2, 3; b-4, 6 C) a-6, 7; b-1, 5 D) a-1, 5; b-2, 6 15 / 24 15. Quyidagi xususiyatlardan aktiniya uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. 1) mezoderma qavatidan spermatozoidlar rivojlanadi; 2) midiya bilan bir sinfga mansub; 3) endoderma qavatida soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralari bo‘ladi; 4) murtak varaqasi uch qavatdan tashkil topgan; 5) ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. A) 1, 4 B) 2, 5 C) 3, 5 D) 1, 2 16 / 24 16. Qulonning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang. A) aorta qon tomiri - arteriya qoni; o‘pka arteriyasi - vena qoni B) o‘pka venasi - arteriya qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni C) o‘pka venasi - vena qoni; aorta qon tomiri - arteriya qoni D) aorta qon tomiri - vena qoni, o‘pka arteriyasi - arteriya qoni 17 / 24 17. Quyida berilgan qaysi sistematik birlik makroevolutsiya natijasida paydo bo‘lgan? A) qirg‘ovulning Murg‘ob kenja turi B) tovus kaptar C) sudralib yuruvchilar sinf D) tovuqlarning Pervomaysk zoti 18 / 24 18. G‘izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr; 2) tarpan; 3) muflon; 4) kornuel; 5) kostroma; 6) arxar; 7) romanov; 8) axaltaka; A) a-1, 2; b-4, 8 B) a-3, 6; b-5, 7 C) a-1, 7; b-2, 8 D) a-1, 3; b-5, 8 19 / 24 19. Seleksiya sohasiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) geterozis turlararo chatishtirishda olingan birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi; 2) yalpi tanlash orqali olingan nav genetik jihatdan bir xil bo‘lmaydi; 3) kakao, oshqovoq, makkajo‘xori, qalampirning vatani Efiopiya markazi hisoblanadi; 4) yakka tanlash orqali genetik jihatdan bir xil organizmlar olinadi; 5) duragay kuchi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi oqibatida namoyon bo‘ladi. A) 2, 5 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 1, 2 20 / 24 20. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A) zamburug‘larning paydo bo‘lishi; ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi B) suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi C) xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi D) jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi 21 / 24 21. Qaysi xususiyatlari bilan saxaroza maltozadan farq qiladi? 1) tarkibiga glukoza kiradi; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) lavlagi yoki shakarqamish shakari hisoblanadi A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3 22 / 24 22. Diploid navli karam (2n=18) o‘simligi changdonida mikrosporaning mitoz bo‘linishini anafaza bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari tarqalmay bir qutbga o‘tib qolsa, hosil bo‘lgan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 14 yoki 22 B) 16 yoki 20 C) 11 yoki 7 D) 10 yoki 8 23 / 24 23. Monomerlarning birikishidan hosil bo‘lgan birikmalarni aniqlang. 1) treonin; 2) interferon; 3) xolesterol; 4) globin; 5) transpozaza; 6) triptofan; 7) tripsin; 8) tirozin; 9) maltoza; 10) xitin A) 2, 3, 4, 6, 10 B) 3, 5, 7, 8, 9 C) 4, 5, 7, 9 D) 1, 2, 6, 10 24 / 24 24. Ulotriks (I) va nostok (II) uchun xos bo‘lgan belgilarni toping. 1) hujayra markazi hujayra bo‘linishida ishtirok etadi; 2) tarkibida xlorofill pigmenti mavjud; 3) erkin azotni o‘zlashtiradi; 4) irsiy material yadroda joylashgan; 5) donador endoplazmatik to‘rda oqsillar sintezlanadi; 6) mitoxondriyada kislorodli oksidlanish sodir bo‘ladi A) I – 3, 6; II – 4, 5 B) I – 4, 6; II – 2, 3 C) I – 1, 4; II – 5, 6 D) I – 3, 5; II – 2, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6