Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №3 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №3 InfoMaster Iyun 7, 2023 145 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №3 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 3-variant 1 / 30 1. Jamiyatda kishilar tabaqalarga bo‘linib yashashi va qadimdan saqlanib kelayotgan an’anaviy urf-odatlar, diniy tasavvurlar qaysi sivilizatsiyaning xarakterli tomonlari hisoblanadi? A) Quldorlik jamiyati B) Ibtidoiy jamoa tuzumi C) Industrial svilizatsiya D) Agrar svilizatsiya 2 / 30 2. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi B) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi C) siyosiy tarqoqlik D) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi 3 / 30 3. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri potugaliyalik emas? A) Bartolomeu Diash B) Vasko da Gama C) F.Magellan D) Abel Tasman 4 / 30 4. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqib, Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni taklif qilgan shaxsni aniqlang. A) Xristofor Kolumb B) Genrix Dengizchi C) Bartolomeu Diash D) Fernando Magellan 5 / 30 5. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5 6 / 30 6. To’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni toping. 1.Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’atning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi 2.Yangi tarix kishilarning tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyo qarashning shakllanishi bilan O‘rta asrlardan farq qiladi. 3.Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi; 4.Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan Birinchi jahon urushining yakuni -1918-yilgacha davom etadi. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4 7 / 30 7. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang. A) Sharl Furye B) V.Belinskiy C) Jon Lokk D) N.Muravyov 8 / 30 8. Ashtarxoniylar hukmdori Nodir Muhammad taxtga o’tirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Avrangzeb hukronligi davri boshlandi B) Angliyada «Uzoq muddatli parlament» ish boshladi C) Isaak Nyuton tug’ildi D) Galileo Galiley vafot etdi 9 / 30 9. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr bu… A) Postindustrial sivilizatsiya B) Sotsialistik jamiyat C) Kapitalistik jamiyat D) Industrial sivilizatsiya 10 / 30 10. Quyidagi qaysi davrga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi ? A) Birinchi jahon urushidan keyin B) Yangi davr oxiri C) Yangi davr boshlari D) Ikkinchi jahon urushidan keyin 11 / 30 11. Bir yilda vafot etgan mashhur shaxslarni aniqlang. 1)Muhammad Shayboniyxon; 2)Nikolay Kopernik; 3)Kamoliddin Behzod; 4)Rafael Santi; 5)Sultonali Mashhadiy; 6)Leonardo da Vinchi; A) 2, 3 B) 1, 6 C) 4, 5 D) 1, 2 12 / 30 12. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XVI asr boshlaridan B) XVIII asr oxiridan C) XVII asr o’rtalaridan D) XIX asr oxiridan 13 / 30 13. Yevropada reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmay, ... A) diniy nizolar ham bartaraf etilshiga sabab bo'ldi B) u qirol hokimiyatining zaiüashuviga sabab bo'ldi C) u Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi D) u industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi 14 / 30 14. Quyidagilardan XVI asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang. A) Yangi mustaqil davlat - Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topdi. B) Fransiyada burjua inqilobi boshlandi. C) Fransiyada diniy urushlar va vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. D) Angliyada burjua inqilobi boshlandi. 15 / 30 15. Bir-biridan o’n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping. A) Genrix VII Tyudor vafot etdi; Leonardo da Vinchi vafot etdi; B) Chingizxon taxtga chiqdi; Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Mahmud Yalavoch boshchiligida o’z elchilarini yubordi; C) Marafon jangi; Plateya jangi; D) Aleksandrning sharqqa yurishi boshlandi; Salavkiylar davlatining tashkil topdi; 16 / 30 16. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Orleanda B) Parijda C) Jenevada D) Veneda 17 / 30 17. Zamonaviy ko’rinishdagi ilk bank qachon(a), qayerda(b) paydo bo’lgan. A) a-XVI asr, b- Venetsiyada Avliyo Georgiy banki B) a-XV asr, b-Genuyada Avliyo Georgiy banki C) a-XVII asr, b-Florensiyada Avliyo Mark banki D) a-XIV asr, b-Sevilyada Avliyo Loyal banki 18 / 30 18. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. A) Rafael Santi B) Rembrandt C) Mikelanjelo D) Leonardo da Vinchi 19 / 30 19. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida 1606-yil qanday voqea bilan izohlanadi? A) Abel Tasman Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi B) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar C) Luis Torres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi D) Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg‘oqlari kashf etildi 20 / 30 20. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat ( hudud) kim tomonidan kashf etilgan? A) Luis Torres B) Abel Tasman C) Villem Yanszon D) Bartolomeu Diash 21 / 30 21. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; B) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; C) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; D) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; 22 / 30 22. Yangi davr boshlarida o‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari...deb atalgan. A) Ma'rifatparvarlar B) ateistlar C) dahriylar D) gumanistlar 23 / 30 23. Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan birini aniqlang. A) asosiy savdo yo’llarini Atlantika okeaniga ko’chganligi B) qul savdosini xalqaro miqyosda rivojlanishi C) jahon mustamlaka tizimini shakllanishi D) qadimgi sivilizatsiyalarning ko’plab o’choqlari yo’q qilinishi 24 / 30 24. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5 25 / 30 25. XVI asrning birinchi choragida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1) Germaniyada ruhoniy Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi; 2) Angliyada Genrix VII Tyudor hukmronligi tugadi; 3) Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlandi; 4) Dengizchilar tomonidan Amerika qit’asini janubdan aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’li ochildi; 5) Avstraliya qit’asi kashf etildi; 6) Bobur Mirzo kobulda o’z hokimiyatini o’rnatdi. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 5, 6 26 / 30 26. Rasmda tasvirlangan shaxsning yashagan yillarini aniqlang. A) 1632-1704-yillar B) 1749-1832-yillar C) 1703-1770-yillar D) 1684-1781-yillar 27 / 30 27. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Venetsiya B) Antverpen C) Amsterdam D) Florensiya 28 / 30 28. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Uilyam Shekispir B) Leonardo da Vinchi C) Migel de Servantes D) Rafael Santi 29 / 30 29. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan mos ravishda to’gri berilgan javobni toping. 1)sex; 2) manufaktura; 3) gildiya; 4) faktoriya; a)o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi; b)ma’lum kasbdagi usta-hunarmandlar uyushmasi; c)O’rta asrlarda O’rta yer dengizi sohillari bo’ylab joylashgan savdogarlar manzilgohlari; d)ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 30 / 30 30. Quyidagi berilgan kashfiyotlar sanasini aniqlang. 1)Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi; 2)Portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi; 3)Dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetdi; 4)L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi; a) 1606-yil; b) 1522-yil; c) 1519-yil; d)1498-yil; A) 1b, 2a, 3d, 4c B) 1a, 2d, 3c, 4b C) 1c, 2b, 3a, 4d D) 1d, 2c, 3b, 4a Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz