Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №1 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №1 InfoMaster Iyun 7, 2023 286 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 1234567891011121314151617181920212223242526272829 8-sinf Jahon tarixi №1 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 1-variant 1 / 29 1. Elektrdan foydalanishning asoslarini yaratgan italiyalik olimni aniqlang. A) A.Volta B) A.Amper C) G.Devi D) M.Faradey 2 / 29 2. Dastlab Italiyada Gumanizm g'oyasi paydo bo'lgan paytda yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)Germaniyadagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashadilar; 2)Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi; 3)turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari yuz bergan; 4)Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati parchalanib ketadi. 5)Oltin O'rdada siyosiy nizolar davri boshlangan; 6)Mustaqil Songai davlati tuzilgan; 7)Usmonli turklarda asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etila boshlangan; A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 2, 5, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 7 3 / 29 3. 14 da fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. A) XIX asr oxiri-XX asr B) XVIII asrning 60-yillari C) XVII asr oxiri -XVIII asr D) XVIII asr oxiri-XIX asr 4 / 29 4. Mashxur gollandiyalik rassom Remrandt tavallud topgan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Avstraliya Gollandiya mulki deb e'lon qilindi. B) Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun tashkil qilindi. C) Polsha Moskvani bosib oldi. D) Xivada Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash va Elbars Sultonlar isyon ko'tardi. 5 / 29 5. XV asrda portugaliyaliklar tomonidan kash etilgan orollarni aniqlang. 1) Kanar; 2) Antil; 3) Madeyra; 4) Azor; 5) Solomon; 6) Melaneziya; 7) Bagama; A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 5, 6, 7 D) 1, 4, 6 6 / 29 6. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr nima deb ataladi? A) Industrial svilizatsiya B) An'anaviy jamiyat C) Postindustrial svilizatsiya D) Kapitalistik jamiyat 7 / 29 7. Quyidagi qaysi davlatda 1524-yilda Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlangan davlat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 12 B) 16 C) 11 D) 2 8 / 29 8. Ingliz Muhandisi Stefenson tomonidan parovoz ixtiro qilingan yilni aniqlang. A) 1784-yil B) 1814-yil C) 1714-yil D) 1775-yil 9 / 29 9. Okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella qachon yaratilgan? A) XIV asr oxirida B) XV asr boshlarida C) XV asr oxirida D) XVI asr boshlarida 10 / 29 10. XV asr oxirida Afrika janubini aylanib o'tib Hind okeanigacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Frensis Dreyk B) Fernando Magellan C) Bartolomeu Diash D) Genrix Dengizchi 11 / 29 11. Arab dengichisi Ahmad ibn Majid yoramida Hindistongacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Vaska da Gama B) Fernando Magellan C) Villem Yanszon D) Bartalameu Diash 12 / 29 12. Yangi tarix davrining birinchi bosqichi qaysi davrni o'z ichiga oladi? A) Buyuk geografik kashfiyotlardan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni B) Birinchi jahon urushi yakunlanganidan Ikkinchi jahon urushi tugashigacha bo'lgan davrni C) Buyuk geografik kashfiyotlardan Birinchi jahon urishining yakunigacha bo'lgan davrni D) An'anaviy jamiyat yakunlanganidan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni 13 / 29 13. Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan dengizchi nomini toping. A) Vasko da Gama B) Amerigo Vispuchchi C) Xristofor Kolumb D) Fernando Magellan 14 / 29 14. X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf etgan. Bu orol xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan A) 12 B) 10 C) 11 D) 9 15 / 29 15. Agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratgan omilni aniqlang. A) Buyuk geografik kashfiyotlar B) Sanoat inqilobi C) Angliya burjua inqilobi D) Buyuk fransuz burjua inqilobi 16 / 29 16. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo‘llari qayerga ko‘chgan? A) O’rtayer dengiziga B) Atlantika okeaniga C) Hind okeaniga D) Tinch okeaniga 17 / 29 17. XVI-XVII asrlarda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar yashagan yillari bilan to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. 1) Nikolay Kopernik; 2) Jordano Bruno; 3) Galileo Galiley; a) 1548-1600-yillar; b) 1473-1543-yillar; c) 1564-1642-yillar; d) 1475-1564-yillar. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-d C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-d, 2-a, 3-b 18 / 29 18. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 19 / 29 19. XVI asrda Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi bo’lgan Antverpen shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan? A) 3 B) 4 C) 12 D) 13 20 / 29 20. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida agrar jamiyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni qancha davom etgan? A) qariyb uch asr B) qariyb ikki asr C) qariyb to'rt asr D) qariyb besh asr 21 / 29 21. Zamonaviy ko'rinishdagi ilk bank paydo bo'lgan asrda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Londonda birinchi yopiq bozor qurib bitkazildi. B) Angliyada qaram dehqonlar to'lov evaziga ozodlikka erishadi C) Fransiyada toifaviy monarxiya shakllana boshladi. D) Kitoblarni tayyorlashda qog'ozdan keng foydalanish boshlandi. 22 / 29 22. Quyidagi rasmda tasvirlangan o’sha davr tarixchisi tomonidan "u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...", deb yozib qoldirilgan asarni aniqlang. A) Leonarda da Vinchining "Jokonda" asari B) Rafael Santining "Sikstin Madonnasi" asari C) Rembrandtning "Adashgan o'g'ilning qaytishi" asari D) Mikelanjelo Buonarrotining "David"asari 23 / 29 23. Yangi davr boshlarida yuz bergan narx-navo inqilobiga sabab bo'lgan omilni aniqlang. A) Yevropada ikki dalali almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o'tilishi B) Yevropaga Amerikadan g'alla va kumushning oqib kelishi C) XV asrdan Sharq mamlakatlari mahsulotlarining Yevropaga keltirilishining cheklanishi D) Yevropadan Amerikaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi 24 / 29 24. Jamiyatda kishilar tabaqalarga bo‘linib yashashi va qadimdan saqlanib kelayotgan an’anaviy urf-odatlar, diniy tasavvurlar qaysi sivilizatsiyaning xarakterli tomonlari hisoblanadi? A) Quldorlik jamiyati B) Ibtidoiy jamoa tuzumi C) Industrial svilizatsiya D) Agrar svilizatsiya 25 / 29 25. Insoniyat tarixida qaysi davr an'anaviy jamiyat deb ataladi? A) XVI boshlaridan XVIII asr 60-yillarigacha B) Neolit davridan XV asr oxirigacha C) Neolit davridan XVIII asrning 60-yillarigacha D) V asr oxiridan XV asr oxirigacha 26 / 29 26. Yevropada ... Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi. A) rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish B) sex ishlab chiqarishi o'rnini manufakturalar egallashi C) demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi D) industrial svilizatsiyaning jadal rivojlanishi 27 / 29 27. Rasmda tasvirlangan, geliosentrik nazariyaga asos solgan olimni aniqlang. A) Nikolay Kopernik B) Isaak Nyuton C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno 28 / 29 28. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat bu… A) Feodal jamiyat B) Kapitalistil jamiyat C) Industrial jamiyat D) Sinfiy jamiyat 29 / 29 29. 6. Qachondan boshlab Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chgan? A) XVII asr birinchi yarmidan B) XV asr ikkinchi yarmidan C) XVI asr birinchi yarmidan D) XVI asr ikkinchi yarmidan Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz