Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №8 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №8 InfoMaster Iyun 12, 2023 181 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №8 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 5-variant 1 / 30 1. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 4, 5, 6 2 / 30 2. Yangi davr boshlarida Yevropada ... ga o‘tilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. A) ko‘p dalali almashlab ekish B) ikki dalali almashlab ekish C) uch dalali almashlab ekish D) mineral og’itlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishga 3 / 30 3. Zamonaviy ko’rinishdagi ilk bank qachon(a), qayerda(b) paydo bo’lgan. A) a-XVII asr, b-Florensiyada Avliyo Mark banki B) a-XIV asr, b-Sevilyada Avliyo Loyal banki C) a-XVI asr, b- Venetsiyada Avliyo Georgiy banki D) a-XV asr, b-Genuyada Avliyo Georgiy banki 4 / 30 4. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Islom sivilizatsiyasi B) Yunon sivilizatsiyasi C) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi D) Yevropa sivilizatsiyasi 5 / 30 5. Rus podshosi Pyotr I faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tarixiy voqeani aniqlang. A) Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi B) Shimoliy urushdagi g’alaba C) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi D) Rossiya imperiyasining tashkil topishi 6 / 30 6. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan «ma’rifatparvarlar» ga oid ma’lumotlar to’gri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. a)dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan; b)uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi; c)uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi; d)uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 7 / 30 7. Nechanchi yildan Angliya Buyuk Britaniya deb ataladigan bo’ldi? A) 1688-yildan B) 1660-yildan C) 1716-yildan D) 1707-yildan 8 / 30 8. AQSH davlati tuzilganligini, uning mustaqilligi va suverenitetini 1783-yilda tan olgan davlatni belgilang. A) Buyuk Britaniya B) Fransiya C) Rossiya D) Ispaniya 9 / 30 9. Quyidagi ijodkorlarni asarlari bilan mos ravishda berilgan javobni toping. 1)V. A. Motsart; 2) L. Betxoven; 3) I. Bax. a)«Fantaziya yo’lida sonata»; b) «Rekviyem»; c) «Makr va muhabbat»; d) « Matto bayon etgan buyuk musibat ». A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-d D) 1-c, 2-a, 3-d 10 / 30 10. 1613-yilda Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori... A) Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib sayladi B) yangi «Sobor nizomi»ni qabul qildi C) krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun (26-noyabr) bilan cheklab qo‘ydi D) Boris Godunovni Rossiya podshosi etib sayladi 11 / 30 11. Angliyada qaysi qirol hukmronligi davrida savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi? A) Yakov II B) Karl II C) Yakov I D) Karl I 12 / 30 12. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) Rossiyada Ivan IV oprichninani bekor qilishga majbur bo‘ldi, Rossiya Usmonlilar imperiyasining Ashtarxon orqali Haj safari yo’lini ochish talabini qondirdi; B) Ismoil Safaviy Tabriz shahrini ishg‘ol etgach, u o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi, Xiva xonligiga asos solindi. C) Liviya Usmonlilar imperiyasiga qo’shib olindi, Muhammad Islomning ko‘magida Abdullaxon II Buxoro taxtini egalladi. D) Tripoli ispanlar tomonidan zabt etildi, Muhammad Shayboniyxon pul islohoti o’tkazdi. 13 / 30 13. XVI-XVII asrlarda Germaniya siyosiy hayotining xarakterli xususiyatlarini ko'rsating. 1)kuchli markazlashgan hokimiyatning mavjudligi; 2)reyxstag barcha knyazliklarga majburiy yakuniy qarorlar qabul qila olmasligi; 3)Imperator o'zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega emasligi; 4)imperiyada yagona fuqarolik yo'qligi; 5)Prussiya qirolligi ostida davlat birlashuvi; 6)konstitutsiyaviy monarxiya tuzumining o'rnatilishi A) 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 4, 5, 6 14 / 30 14. 1789-yilda «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi » qabul qilingan davlatni aniqlang. A) Gollandiya B) Italiya C) AQSh D) Fransiya 15 / 30 15. Angliyada qaysi qirol davrida burjua inqilobi boshlangan? A) Karl II B) Yakov I C) Yakov II D) Karl I 16 / 30 16. Quyidagilardan XVII asrning ikkinchi yarmida hukmronligi boshlangan hukmdorlarni belgilang. 1) Fransiya qiroli Genrix IV; 2) Angliya qiroli Villem van Oranye; 3) Rossiya podshosi Pyotr I; 4) Eron shohi Og‘a Muhammad. A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 17 / 30 17. Quyidagilardan XVIII asrda Fransiya tarixida bo’lib o‘tgan voqealarni belgilang. 1)Qonun chiqaruvchi Majlis «Vatan xavf ostida» chaqirig’i bilan xalqqa murojaat qildi; 2)Rossiya va Fransiya o‘rtasida «Tilzit shartnomasi» tuzildi; 3)Karl X o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, mamlakat parlamentini tarqatib yubordi; 4)Fransiya birinchi marta Respublika deb e’lon qilindi; 5)M. Robespyer hukumati agdlarildi; 6)Fransiya birinchi marta imperiya deb e’lon qilindi. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 6 18 / 30 18. XVIII asrning II yarmida Buyuk Britaniya tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Angliyada cheklangan yoki konstitutsion monarxiya o‘rnatildi B) Parlament Angliya va Shotlandiya o'rtasidagi uniyani qonuniylashtirdi. C) Hindiston va Shimoliy Amerikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‘tdi D) Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari o'rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan urush o‘z nihoyasiga yetdi. 19 / 30 19. Angliyada … natijasida qirolning cheklanmagan hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. A) reformatsiya B) qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos bo’lishi C) muntazam qo’shnning shakllanishi D) qirolning ingliz parlamenti va puritanlarga qarshi kurashi 20 / 30 20. XVIII asr oxirida Besh yuzlar kengashi va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasi tuzilgan davlatni belgilang. A) Rossiya B) Buyuk Britaniya C) Germaniya D) Fransiya 21 / 30 21. XVI –XVII asrlarda Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyotdagi qoloqligi sabablarini aniqlang. 1)mutlaq monarxiyaning qroe topganligi; 2)siyosiy tarqoqlik; 3)Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltirilishi; 4)burjuaziya sinfining vujudga kelganligi; 5)dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi; 6)nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmasligi; 7)feodal munosabatlarning saqlanib qolganligi; 8)savdo vositasi sifatida oltin tangalar o’rnini mis tangalar egallashi A) 1, 3, 5, 7, 8 B) 2, 3, 5, 6, 7 C) 2, 4, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6, 7 22 / 30 22. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida qanday yangi alomatlar paydo bo'la boshladi? A) dehqonlar 3 dalali almashlab ekin ekishga o‘tishi B) sanoat to'ntarishining amalga oshirilishi C) manufakturalar vujudga kelishi D) fabrika ishlab chigarishiga o‘tishi 23 / 30 23. Rossiyaning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan tenglashishi (a) va Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylanishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Pyotr I; 3) Nikolay I; 4) Aleksandr II. A) a-2, b-3 B) a-2, b-4 C) a-1, b-3 D) a-1, b-2 24 / 30 24. 1768-yili Rossiyaga qarshi urush boshlagan Usmoniylar sultonini belgilang. A) Mustafo III B) Mustafo II C) Murod II D) Mahmud II 25 / 30 25. Fransuz burjua inqilobi davrida mamlakatda yuz bergan voqealar to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1)Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat konstitutsiyasi qabul qilindi; 2)Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirdi; 3)Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4)M.Robespyer hokimiyati ag'darildi A) 2, 3, 1, 4 B) 1, 3, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 1, 3, 4 26 / 30 26. Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirgan yilda. .. A) AQSH konstitutsiyasi qabul qJIindi B) J.Vashington AQSHning birinchi prezidenti bo'ldi C) Eronda qojaxlar sulolasi hokimiyatni egalladi D) Qrim xonligi Rossiyaga qo‘shib olindi 27 / 30 27. Quyida berilganlardan qaysi biri XVII asrda Angliya tarixida sodir bo‘lgan? A) reformatsiya B) respublika tuzumining o‘rnatilishi C) sanoat to‘ntarishining tugallanishi D) parlament vakolatining 6 yil qilib belgilanishi 28 / 30 28. 1700-yilda boshlangan urushni belgilang. A) tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirgan Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi urush B) tarixga «Qrim urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi urush C) rus tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi urush D) Rossiya va Rech-Pospolita o‘rtasidagi urush 29 / 30 29. Prussiya mutlaq monarxiyaga aylanishi (a) va Rossiyada mutlaq monarxiyaning to’la qaror topishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Fridrix II; 3) Fridrix I; 4) Pyotr I. A) a-3, b-4 B) a-2, b-1 C) a-2, b-4 D) a-3, b-1 30 / 30 30. Lyudovik XVIII qatl etilgach Fransiyaga hujum uyushtirgan davlatlarni aniqlang. A) Avstriya, Rossiya, Prussiya B) Gollandiya, Germaniya va Buyuk Britaniya C) Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya D) Avstriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz